Malakaviy amaliyot bo’yicha hisobot


Download 0.81 Mb.
bet5/15
Sana22.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1377192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
amaliyot

Bank majburiyatlariga kelsak, bankning moliyalashtirish strategiyasi, bank biznesining oʼsib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun oʼz kapitali, ichki va xalqaro resurslar jalb qilishda optimal muvozanatni taʼminlagan holda moliyalashtirish bazasini rivojlantirish hamda davlat resurslariga boʼlgan ehtiyojni bosqichma-bosqich kamaytirib borishdan iborat.
Bank resurs bazasi, asosan 38,7 foiz ulush bilan mijozlar depozitlarlari, 34,1 foiz ulush bilan davlat (Moliya vazirligi va OʼTTJ)dan jalb qilingan mablagʼlar hamda 26,7 foiz ulush bilan xorijiy va maxalliy moliya institutlaridan jalb qilingan qarz mablagʼlari hisobiga shakllangan.
Davlatdan va qimmatli qogʼozlar chiqarish orqali qarz mablagʼlari jalb qilish hajmi yil boshiga nisbatan mos ravishda 25,7 va 28,9 foizga oshgan boʼlib, bu ijobiy oʼzgarish bank tomonidan maxalliy ipoteka bozorini kreditlash uchun Moliya vazirligidan uzoq muddatli resurs jalb qilinishi hamda xalqaro kapital bozoriga milliy valyutada 75,0 mln. dollar ekvivalentida Yevrobond chiqarilishi bilan izohlanadi.
Umumiy kapital joriy yil boshidan buyon, asosan, bank foydasi oshishi hisobiga,
21,9 foizga oshgan holda 4 927,0 mlrd. soʼmga yetdi. Bankning 1-darajali kapitali yetarliligi koʼrsatkichi 11,1 foizni, regulyativ kapital yetarliligi koʼrsatkichi esa 14,4 foizni tashkil qilib, Markaziy bank meʼyorlariga javob beradi.
BАNK HАQIDА
Oʼzbekistonda eng yirik banklardan biri hisoblangan Ipoteka-bank maxalliy bank tizimida asosiy rol oʼynaydi va bank bozorida 8,4 foiz ulush bilan yuqori pozitsiyalarda joylashgan. Shuningdek, bank, yetakchi sifatida, ipoteka kreditlash bozorining uchdan bir qismini egallagan.
Bugungi kunda bank reytinglari suveren darajada boʼlib, 2021 yilda S&P Global reyting agentligi tomonidan “BB-” darajada istiqboli “Barqaror”ga, Moody's reyting agentligi tomonidan “B1” darajada istiqboli “Ijobiy”ga oshirildi.
Ipoteka-bank, ulushi davlat tomonidan nazorat qilinuvchi aktsiyadorlik jamiyati boʼlsada, deyarli barcha bank mahsulotlari tijorat asosida taqdim etiladi. Prudentsial kredit siyosati va keng koʼlamli mahsulotlar, jarayonlar va strukturaviy optimizatsiya, bozor tamoyillarida kreditlash – bu omillarning barchasi birgalikda bank samaradorligining oshishiga imkon beradi.
Oʼtgan 2021 yilni, mubolagʼasiz, Ipoteka-bankni Xalqaro moliya korporatsiyasi ekspertlari bilan hamkorlikda transformatsiya qilishning 2-bosqichi - Tashabbuslarni amaliyotga joriy qilish yili boʼldi, deb aytish mumkin.
Shu oʼrinda, roʼy berayotgan geosiyosiy vaziyatning Ipoteka-bankka bevosita va bilvosita taʼsiri va risklar yetarlicha past darajada ahamiyatga ega.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling