Malakaviy amaliyot dasturi o‘quv, ishchi o‘quv rejalar va o‘quv dasturiga mos xolda ishlab chiqilgan


Download 184.5 Kb.
bet12/15
Sana05.05.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1428445
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Malakaviy pedagogik amaliyot 2020 2021 o\'quv yili 2 kurs

Hisobotning tarkibiy qismlari:
(namunaviy)



  1. Tituli

  2. Mundarija

  3. Kirish

  4. Amaliyot joyining texnik ta’minoti haqida ma’lumot (AKT vositalari, 2-ilova)

  5. Asosiy qism (mavzular bo’yicha topshiriqlarni bajarish)

  6. Xulosa va takliflar

  7. Ilovalar

  8. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



AMALIYOT MOBAYNIDA TALABANING AMAL QILISHI LOZIM BO’LGAN QOIDALAR
Amaliyotchi-talaba malakaviy amaliyotni o’tash chog’idagi quyidagi qoidalarga rioya qilishi lozim:

  • amaliyot dasturida ko’zda tutilgan va amaliyotga rahbarlik qiluvchi o’qituvchi tomonidan berilgan individual topshiriqlarni to’liq bajarish;

  • AKT vositalaridan foydalanish, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va boshqa mehnat faoliyatiga tegishli qoidalarni o’rganib, ularga qat’iy rioya qilish;

  • o’z kundaligida kunlik bajarilgan ishlarini aks ettirib borish va kun oxiriga kelib amaliyot rahbariga tekshirtirish va imzolash uchun taqdim etish;

  • hisobot uchun materiallarni yig’ish va o’rganish bilan doimiy ravishda shug’ullanish;

  • malakaviy amaliyot tugashi bilan amaliyot bo’yicha hisobotni kafedraga taqdim etish.

Amaliyot dasturi bo’yicha topshiriqlarni bajarmagan, salbiy taqriz olgan yoki amaliyot hisobotini himoya qilish chog’ida qoniqarsiz baho olgan amaliyotchi-talaba malakaviy amaliyotni o’tamagan deb hisoblansin.


MALAKAVIY AMALIYOT NATIJALARINI YAKUNLASH VA HISOBOTINI HIMOYA QILISH
Amaliyot hisoboti barcha ilovalar bilan birgalikda universitetning “Amaliy matematika va informatika” kafedrasiga amaliyotdan qaytgandan so’ng bir kun davomida topshiriladi. Kafedra tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarlari hisobotlarni tekshiradi, o’z mulohazalarini bayon etadi va taqriz yozadi. Kafedrada belgilangan grafikka binoan kafedra tomonidan tuzilgan hay’at oldida (fakultet dekani yoki muovini qatnashishi shart) amaliyot hisoboti talaba tomonidan himoya qilinadi. Malakaviy amaliyot hisoboti kafedra tomonidan ishlab chiqilgan “Talabalar malakaviy amaliyotini tashkil etish va reyting tizimida baholash bo’yicha uslubiy ko’rsatma”ga binoan baholanadi.

Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling