Malala Yusufzoy Men Malalaman Tik turib taʼlim olgan va tolibonlar
bob. Boshidan jarohat olgan qiz Birmingemda
Download 0.59 Mb.
|
1Malala Yusufzoy. Men Malalaman uz-assistant.uz
bob. Boshidan jarohat olgan qiz BirmingemdaSuiqasddan roppa-rosa bir hafta o‘tgach,16 oktabr kuni ko‘zimni ochdim. Uyimdan minglab kilometr uzoqlikda. Ko‘zimni ochganim bilanoq gapirmoqchi bo‘ldim Ammo tomog‘imga qo‘yilgan naychalar bunga to‘sqinlik qildi. Ko‘z oldimda kompyuter tomografiyasidan so‘ng reanimatsiya bo‘limiga aravada olib borilayotganim namoyon bo‘ldi. Shundan so‘ng, yana xushimni yo‘qotib, bir necha soatdan keyingina o‘zimga keldim. Allohga shon-sharaflar bo‘lsin, men tirikman — bu xayolimga kelgan birinchi fikr bo‘ldi. Qayerda ekanligimni aniq bilmasam ham, Pokistonda emasligimni taxmin qildim. Shifokorlar va hamshiralar ingliz tilida gaplashishar, ko‘rinishidan ular pokistonlikka o‘xshashmasdi. Men ular bilan gaplashmoqchi bo‘ldim, biroq tomog‘imdagi naycha bunga halaqit berdi. Faqat chap ko‘zim bilan g‘ira shira ko‘rayotganim sababli ikkita burun va to‘rt ko‘zli odamlar qarshimda gavdalandi. Sal-pal o‘zimga kelganimdan so‘ng, miyamga bir qancha fikrlar kela boshladi: Men qayerdaman? Qanday qilib bu yerga kelib qoldim? Ota-onam qayerda? Ular tirikmi? Uyg‘onganimda yonimda bo‘lgan doktor Javid keyinchalik qo‘rqib ketganini va bu holatimni hech qachon unutmasligini aytgandi. U menga urdu tilida nimalardir dedi. Mening bilganim — Olloh menga umrimni qaytarib bergani. Boshiga ro‘mol o‘rab olgan bir ko‘hlikkina ayol qo‘limdan ushlab musulmonlarning anʼanaviy salomi — «As-salamu алайкум» dedi. So‘ngra u namoz o‘qishni va Qurʼon oyatlarini o‘qishni boshladi. U menga ismi Rehanna ekanini, o‘zi otinoyi bo‘lib ishlashini aytdi. Uning muloyim ovozi oz-moz taskin berganday tuyuldi va yana uxlab qoldim. Tushimga uyim kirib чиқибди… Ertasi kuni uyg‘onganimda, derazalari bo‘lmagan, juda yorug‘ chiroqli xonada o‘zimni ko‘rdim. Bu qirolicha Yelizaveta kasalxonasining reanimatsiya bo‘limi edi. Mingora shahridagi kasalxonadan farqli o‘laroq, bu yerda hamma narsa yaraqlab turardi. Hamshira menga qalam va bitta qog‘oz yopishtirilgan planshet berdi. Barmoqlarim o‘zimga bo‘ysunmadi. Biror so‘z yoza olmadim. Aslida, otamning telefon raqamini yozmoqchi edim, lekin bu qo‘limdan kelmadi. So‘ngra doktor Javid menga alifbo yozilgan stolni olib keldi va men harflarni birma-bir ko‘rsatishni boshladim. Dastlabgi ko‘rsatgan so‘zlarim «ota” va «mamlakat” so‘zlari bo‘ldi. Hamshira menga Birmingemda ekanligimni aytdi, lekin bu shahar haqida oldin eshitmagandim. Keyinchalik ular men uchun geografik atlas olib kelishdi va shu orqali Angliyada ekanligimni bilib oldim. Suiqasddan so‘ng menga nima bo‘lgani haqida so‘raganimda, hamshiralar menga hech narsa deyishmadi. Meni hatto ismim bilan ham chaqirishmaganidan so‘ng yuragimga g‘ulg‘ula oraladi. Men hali ham Malalamanmi? Boshim og‘riqdan yorilib ketay derdi. Ukollar zarracha taʼsir qilmasdi. Chap qulog‘imdan muntazam qon oqar, chap qo‘lim sholdek bo‘lib qolgandi. Hamshiralar va shifokorlar bir paydo bo‘lib, yana g‘oyib bo‘lib qolishardi. Ular menga bir nechta savollar berib, agar javob ijobiy bo‘lsa, ikki marta ko‘zimni yumib-ochishimni so‘rashdi. Ammo hech kim menga bu yerga qanday yetib kelganim haqida maʼlumot bermasdi. Ular ham bu haqida xabardor emas degan xulosaga kelib qo‘ya qoldim. Yuzimning chap tomoni qimirlamagani qo‘rquvimni yanada oshirdi. Bir nuqtaga juda uzoq tikilib tursam, chap ko‘zim suvlana boshladi. Chap qulog‘im eshitmay qoldi. Chap tarafdagi jag‘larimni siljita olmadim. Imo-ishoralar yordamida shifokorlar va hamshiralarga o‘ng tomonda turishlari kerakligini tushuntirishga harakat qildim. Doktor Fiona ismli mehribon ayol menga o‘yinchoq ayiq olib keldi. U o‘yinchog‘imni Junayd deb chaqirishim kerakligini va buni keyinroq tushuntirib berishini aytdi. Ammo men Junayd kimligini bilmasligim bois ayiqqa Lily ismini qo‘ydim. Bir necha kun o‘tib doktor Fiona menga pushti daftar va qalam olib keldi. Endi men bir nechta so‘zlarni yoza olardim. Dastlabki yozgan gapim shu bo‘ldi: “Otam qani?“ Keyingisi esa : “Otamning puli yo‘q. Davolanish uchun kim to‘laydi? “ Otang tirik va sog‘lom, — dedi doktor Fiona. — U Pokistonda qoldi. Pul haqida qayg‘urma. Bu savollarni xonaga kirganlarning barchasiga berdim va bir xil javob qabul qildim — otam xavfsiz, davolanish uchun pul to‘lashdan tashvishlanmaslik kerak ekan. Ammo ular menga haqiqatni aytayotganlariga amin emasdim. Agar otam tirik va sog‘lom bo‘lsa, nega bu yerda, mening yonimda emas? Ehtimol, ota-onam mening qayerdaligimni, menga nima bo‘lganini bilishmas? Ehtimol meni Mingora ko‘chalaridan va bozorlaridan axtarishayotgandir? Men ularning xavfsiz ekanligiga ishonmadim. Dastlabki kunlarda barcha xotiralarim o‘chib ketar, tag‘in aqlim qaytishi bilan daftarimga: “Otam qani?“ deb yozaverardim. Baʼzida suiqasd paytida otam yonimda bo‘lgandek tuyular, lekin bu tushimda yoki haqiqatda bo‘lganiga amin emasdim. Bu yerda qancha muddat qolishim ham meni tashvishga sola boshladi. Bonuslarimdan hech narsa qolmagandi — pul maktabga va Shangladan yer uchastkasi sotib olishga sarflangandi. Shifokorlar menga eshittirmay suhbatlashayotganida, «Malalada pul yo‘q. Malala davolanish uchun pul to‘lay olmaydi.» deyotgandek tuyulardi. Polshadan kelgan shifokorlardan biri juda g‘amgin ko‘rinardi. Men uni bemorlaridan biri to‘lovga layoqatsizligidan xafa bo‘lgan kasalxona xo‘jayini deya taxmin qildim. Ishoralar orqali hamshiradan qog‘oz va qalam so‘radim: «Nega buncha g‘amginsiz?» deb yozdim. «Men umuman xafa emasman”, deb javob berdi u. «Men uchun kim pul to‘laydi? Bizda pul yo‘q.» tag‘in yozdim. «Xavotir olma, sen uchun hukumating to‘laydi”, deb javob qildi doktor. Shundan so‘ng, polshalik shifokor har safar meni ko‘rganida tabassum qila boshladi. Ota-onamga qo‘ng‘iroq qilishning turli yo‘llarini o‘ylay-o‘ylay, qabulxonadagi telefon hayolimga keldi. Shifoxona bo‘lgandan keyin, qabulxonasi bo‘ladi, qabulxonada esa telefon albatta bo‘ladi. Аммо… Xalqaro telefon qo‘ng‘irog‘i uchun menda pul yo‘q. Va men Pokiston kodini bilmayman. Hechqisi yo‘q. Tez orada sog‘ayib ketaman, ishlay boshlayman, pul topaman va otamga qo‘ng‘iroq qilaman deb o‘zimni tinchlantirdim. Ertami-kechmi oilamiz yana birlashadi. Miyam chalkashib ketdi. Doktor Fiona menga sovg‘a qilgan ayiqcha yashil bo‘lib ko‘ringandi va yotoqxona stolida oq ayiq o‘yinchog‘ini ko‘rsam, uni boshqa o‘yinchoq deb o‘ylardim. Yashil ayig‘im qayerda? Ming marotaba bu gapni yozgan bo‘lsam, ming marotaba «yashil ayiq йўқ» degan javob keldi. Ehtimol, reanimatsiya bo‘limining yashil devorlari tufayli ayiq menga yashil bo‘lib tuyulgandir, ammo men buni tushunadigan ahvolda emasdim va jahlim chiqdi. Ustiga-ustak, inglizcha so‘zlar ham esimdan chiqib keta boshladi. Bir marta hamshiraga «tishimni yuvish uchun сим» olib kelishini so‘rab xat yozdim. Men tish kovlagichni nazarda tutgan edim. Hamshira nima so‘rayotganimni bilmasdan, xunob bo‘ldi. Mening yagona taskinim Rehannaning tashrifi edi. U uzundan-uzoq duo o‘qir, uning kelganidan kuch olib lablarim ham beihtiyor qimirlay boshladi. Namoz oxirida hatto «omin” deydigan bo‘ldim. Xonadagi televizor doimiy ravishda o‘chirilgan turardi. To‘g‘ri, bir marta menga Mingoradaligimda ko‘rgan va men sevib tomosha qiladigan realiti-shou hisoblangan «Usta ошпаз» ni tomosha qilishga ruxsat berishdi. Biroq ekrandagi tasvir xiraligi bois bu menga zavq bag‘ishlamadi. Keyinchalik bilsam, shifokorlar va hamshiralar ataylab men bilan gaplashishdan qochishgan va meni tashvishlanishimni istamasliklari sababli gazeta-jurnal olib kelishmagan ekan. Otam tirik yoki tirik emasligi haqida o‘ylash ich-etimni kemirib yubordi. Nihoyat, doktor Fiona menga bir hafta oldingi Pokiston gazetasini ko‘rsatdi. Unda otamning general Kayani bilan suhbatlashayotgani aks etgan fotosuratni ko‘rib ancha taskin topdim. Otamning yonida ukam Xushal va boshdan oyoq paranju bilan o‘ralgan bir ayol bor edi. Yuzi yopiq bo‘lishiga qaramay, men uni darhol tanib oldim. «Bu mening onam!» Darhol qog‘ozga yozdim. Xuddi shu kuni doktor Javid yonimga uyali telefon bilan kirib keldi. Endi ota-onangga qo‘ng‘iroq qilamiz. Buni eshitib qanchalik quvonganimni tasvirlab bera olmayman. Faqat yig‘idan o‘zingni tiyishga vaʼda ber. Uning ovozi qo‘pol eshitilsa ham, aslida juda mehribon inson ekanligini tushunib yetdim. U raqamni terdi, go‘shakka bir nechta so‘zlarni gapirdi va telefonni menga uzatdi. Men otamning ovozini eshitdim! Tomog‘imdagi naycha tufayli gapira olmasdim. Ammo baribir, otamning ovozini eshitish o‘zgacha hissiyotlarni hadya etdi. Yuz mushaklarim menga bo‘ysunmagani tufayli tabassum qila olmasdim, ruhimga tabassum yugurdi. Tez orada yoningda bo‘laman, — vaʼda berdi otam. — Ikki kundan keyin sochingni silayotgan bo‘laman. Hozircha dam ol. Keyinchalik otam menga doktor Javid meni hafa bo‘lmasligim uchun uni yig‘lamaslikka chaqirganini aytgandi. Shifokor ikkalamizning ham kuchli bo‘lishimizni xohlardi. Suhbat uzoq davom etmadi, chunki ota- onam meni zeriktirib qo‘yishni istashmasdi. Otam telefonni onamga uzatdi, u mening sog‘ayishim uchun kechayu kunduz ibodat qilayotganini aytdi. Telefonda gaplashib bo‘lgandan so‘ng miyamga bir fikr keldi. Ota-onam nega bu yerga kelmaganini tushungandek bo‘ldim. Ular mening davolanishim uchun pul to‘plash maqsadida ular qishloqdagi yer uchastkasini va maktabni sotish uchun Pokistonda qolishgan. Ammo uchastka juda kichik edi, maktab binosi ham ijaraga olingandi. Ular pulni qayerdan topishadi? Ehtimol, birorta boydan qarz ko‘tarishar... Men bilan telefon orqali suhbatlashgandan keyin ham, ota-onamning mening tirikligim va tuzalishimga ishonchi komil emasdi. Axir ular mening ovozimni eshitmadilar-da! Uyimizga tashrif buyurgan odamlar turli-tuman yangiliklar bilan kelishardi. Svat vodiysidagi harbiy operatsiyani boshqargan general G‘ulom Qamar otamga Buyuk Britaniyadan xushxabar borligini aytdi. «Biz qizimiz omon qolganidan xursandmiz”, dedi general meni butun xalqning qizi deb biladigan tarzda. General shuningdek, Svat vodiysi va uning atroflarida menga o‘q uzgan jangarilarni qidirish ishlari olib borilayotganini aytdi. Ular yigirma ikkita tolibdan tashkil topgan qaroqchi guruhga tegishli ekanlar. Xuddi shu to‘da aʼzolari ikki oy oldin Zohid Xonga o‘q uzishgan. Otamning ichidagi g‘azab to‘lib-toshgan bo‘lsa ham, hech nima demadi. Armiya rahbariyati uzoq vaqt oldin Mingorada toliblar qolmaganiga, vodiyimiz jangarilardan tozalanganiga ishontirishgan edi. Generallar Zohidxonga qilingan suiqasdning Tolibon bilan hech qanday aloqasi yo‘q va u oilaviy janjal natijasida aziyat chekdi, deya bayonot berishdi. Endi esa Zohidxon bilan men bitta to‘daning nishoni bo‘lganimizni aytishyapti. Otam generalga «Vodiyni Toliblar boshqaradi va siz bu haqida kamida ikki oy oldin bilgansiz”, «Siz ular mening qizimni o‘ldirmoqchi bo‘lganlaridan xabardor edingiz. Nega ularni to‘xtatmadingiz?» degan savollarni berishni istar, biroq bunday savollar befoyda ekanligini anglab, sukut saqladi. General faqat yaxshi yangilik keltirmagandi. U hushimga kelgan bo‘lsamda, ko‘rish qobiliyatim yo‘qolganini aytdi. Otamning o‘ylari chalkashib ketdi. Nega notanish odam o‘ziga ham nomaʼlum bo‘lgan maʼlumotga ega ekanligini tushunolmasdi. Mening ko‘r bo‘lib qolishim haqida o‘ylab, daxshatga tushdi. Nima endi sevimli qizining ko‘zi mangulikka ochilmaydimi? Umidsiz zulmatda yashayveradimi? Doimo “Men qayerdaman, aba?“ deb so‘rayveradimi? Bu haqida o‘ylash otam uchun chidab bo‘lmas edi. Garchi ilgari hech qachon sir yashirmagan bo‘lsada, bu safar onamga ushbu mashʼum gapni aytmadi. Ko‘zimni saqlab qolishini so‘rab xudoga iltijolar qildi. Mayli, mening ko‘zlarimni ol, unikini қайтар… Otam menga o‘z ko‘zini berishga tayyor edi, lekin qirq uch yoshli erkakning ko‘zi transplantatsiya uchun yaroqsiz bo‘lib qolishidan qo‘rqardi. U tunni bedor o‘tkazdi va ertasi kuni ertalab shifoxona xavfsizlik xizmati boshlig‘idan polkovnik Junaydga qo‘ng‘iroq qilib berishni so‘radi. Malalaning hech narsani ko‘ra olmayotganidan xabar topdim,- dedi u titroq ovozda. Bemaʼnilik, — javob berdi shifokor. – U o‘qiyapti, yozyapti. Demak hammasi joyida. Doktor Fiona bilan aloqadaman. Malala uyg‘onishi bilan, darhol siz haqingizda so‘raydi. Xavotir olmang. Kundan-kunga hayotga qayta boshladim. Hamshiralardan ko‘zgu keltirishlarini iltimos qildim, aniqrog‘i pushti daftarimga «oyna” so‘zini yozdim. Qay ahvoldaligimni bilishni xohladim. Hamshiralardan biri menga kichkina oq plastik ko‘zgu olib keldi. Oynadagi aksimni ko‘rib, hayron qoldim. Endi uzun sochlarim yo‘q edi. «Endi sochlarim kalta”, deb yozdim daftarimga. Toliblar sochlarimni qirqib olishgan deb o‘yladim. Aslida bu ishni Pokiston kasalxonasida qilishgan ekan. Yuzim bint bilan o‘ralgan bo‘lib, chap ko‘zimda ulkan chandiq bor edi. — Buni kim qidli? — daftarga yozdim. — Menga nima bo‘ldi? Hayajonlanganimdan harflar o‘rni almashib ketdi. Oz-moz o‘zimga kelganimdan so‘ng, «chiroqni o‘chirib қўйинг» deb yozdim, chunki kuchli yorug‘lik boshimni og‘ritayotgandi. « Shunchaki, baxtsiz hodisa”, dedi doktor Fiona. — Ular meni otishdimi? Otamni ham otib ketishdimi? Doktor Fionaning aytishicha, maktab avtobusida uyga qaytayotganimizda hayotimga suiqasd uyushtirishgan. Men bilan birga yana ikki qiz yaralangan ekan. Doktor bu qizlarning ismlarini aytgan bo‘lsa- da, eslay olmadim. Shuningdek, o‘q peshonamga chap ko‘zimning yuqorisidan kirganini, bu yerda chandiq qolganini, o‘q qirq olti santimetr uzunlikda yurib, chap yelkamga tiqilib qolganini bilib oldim. O‘q miyamga yoki ko‘zimga kirishi ham mumkin edi. Doktor bunday bo‘lmagani uchun xudoga shukrona aytishim zarurligini taʼkidladi. Ha, tirik qolganim haqiqiy mo‘ʼjiza эди… Baxtli ekanligimni umuman his qilmay qo‘ydim. «Shunday qilib, ular buni bajarishdi”, — deb yozdim o‘zimda qandaydir g‘alati mamnuniyat his qilib. Suiqasd sodir etgan jangarilar bilan suhbatlashishga, ularga qilayotgan ishlarining naqadar yomon ekanligini tushuntirishga ulgurmaganimdan afsuslanardim. Endi ular meni hech qachon eshita olmaydi. Men ularga nisbatan nafrat his qilmadim, qasos olish xayolimga ham kelmadi. Yagona istagim Svat vodiysiga qaytish edi. Uyga qaytish. Ushbu hayollardan so‘ng, xotiramda baʼzi tasvirlar tiklana boshladi, lekin men ularning haqiqat yoki hayol ekanligini farqlay olmasdim. Suiqasd haqidagi xotiralarim menga aytilganlardan ancha farq qilardi. Hayolimda, avtobusda men va boshqa qizlardan tashqari otam ham bor edi. Uyga qaytayotganimizda avtobusni boshidan oyog‘igacha qora kiyimda bo‘lgan ikki Tolibon jangarisi to‘xtatdi. Ulardan biri mening boshimga avtomat tiradi va o‘q otdi. Nazarimda ular otamga ham o‘q uzgandek tuyulgandi. So‘ng zulmatga tushib qoldim. Zulmat biroz nari ketgach, zambilda yotganimni va notanish odamlar atrofimda gavjum bo‘layotganini sezdim. Xorg‘in nigoh bilan otamni qidirdim va bir amallab uni topdim. Ammo men u bilan gaplasha olmasdim, chunki so‘zlar tomog‘imga tiqilib qolgandi. Baʼzi paytlarda suiqasd maktab avtobusida emas, balki turli joylarda — Islomobodning asosiy maydonida, Mingoradagi Xitoy bozorida sodir bo‘lgandek tuyuldi. Baʼzida esa meni davolayotgan shifokorlar ko‘zimga toliblar bo‘lib ko‘rina boshladi. O‘zimni tiklay boshlashim bilan suiqasd tafsilotlari haqida ko‘proq bilmoqchi bo‘lardim. Mening xonamga kelgan odamlarning yonida mobil telefonlar bo‘lishi taqiqlangan bo‘lsa-da, doktor Fiona hech qachon jonajon ayfonidan ajralmasdi. Bir kuni doktor adashib uni mening palatamda qoldirib ketdi. Men uni darhol olib, o‘z ismimni gugllashga harakat qildim. Afsuski, urinishim muvaffaqqiyatsiz yakunlandi. Ko‘zim g‘ira-shira ko‘rgani bois noto‘g‘ri tugmalarni bosib yuborgan ekanman. Men elektron pochtamni tekshirishni juda xohlardim, lekin parolim yodimga kelmadi. O‘zimga kelganimdan besh kun o‘tgach, nafas olish naychasidan «xalos bo‘ldim”. Erkin gapira olgan bo‘lsam ham, o‘z ovozimni taniy olmadim ovozim juda g‘alati va xirillagan holda chiqayotgan edi. Shu paytda Rehanna kelib qoldi. Uni ko‘rishim bilan darhol suiqasd haqida gapira boshladim. Ular menga o‘q uzishdi, — dedim og‘ir ovozda. Ha, men bu haqida bilaman, — dedi u bosh irg‘ab. Islom olamidagi ko‘pchilik odamlar musulmonlar buni amalga oshirishi mumkinligiga ishonishni xohlamashmaydi. Albatta, bu qaroqchilar musulmon emas. Baʼzilar o‘zlarini musulmon deb atashsa ham, ularning amallari Islomga to‘la ziddir. Rehanna bilan men bilan sodir bo‘lgan fojianing sabablari haqida suhbatlashdik. Unga «aybim” faqat qizlarning taʼlim olish huquqini himoya qilganim ekanligini aytdim. Shu asosga ko‘ra Tolibon meni haqiqiy musulmon deb hisoblash mumkin emas deya eʼlon qilgandi. Ayni paytda, Islomda ayollarning erkaklar bilan teng ravishda o‘qishiga hech qanday qarshilik yo‘q. Shunday qilib, men jaholat qurboniga aylandim. Gapira boshlaganimdan keyin doktor Javid ota-onam bilan gaplashishim uchun yana telefon olib keldi. Mening xirillagan ovozimni eshitib yomon ahvolga ularning tushishlaridan qo‘rqardim. Meni tanidingizmi? – otamga aytgan birinchi so‘zim shu bo‘ldi. Albatta, — javob berdi otam. – Ovozing o‘zgaribdi, yanada yoqimli bo‘libdi. O‘zingni qanday his qilyapsan? Yaxshi, — javob berdim men. — Faqat ozroq boshim og‘riyapti. Baʼzan og‘riq chidab bo‘lmas darajaga yetadi. Buni eshitgan otam xavotirga tushdi. O‘ylashimcha, suhbatdan so‘ng unda mendagidan ham battar boshog‘riq paydo bo‘ladi. Suhbatimiz shu zaylda davom etdi: Havotirlanadigan yeri yo‘q, ota, — ozroq taskin bergandek bo‘lib. Garchi bo‘ynimga qilinayotgan ukol jonimni og‘ritayotgan bo‘lsada, otamni xafa qilishni xohlamasligim bois shikoyat qilmadim. Qachon kelasiz? Bu savolni berishdan ham ko‘ra javobini kutish og‘irroq bo‘ldi. «Bora олмайман» degan gapni hazm qila olmasdim... Ota-onam haligacha Ravalpindidagi kasalxona mehmonxonasida yashab kelayotgan edi. Ularga Birmingemga uchishga qachon ruxsat berilishi haqida esa hech qanday xabar yo‘q edi. Onam shu qadar umidsizlikka tushdi-ki, ochlik eʼlon qilmoqchi bo‘ldi. Otam xavfsizlik xizmati rahbariga onamning niyati haqida aytib berdi. Xodim bu quruq tahdid emasligini tushundi. Xuddi shu kuni ota-onamga Islomobodga borishlari mumkinligi haqida xabar berildi. — Sen yaxshi odamsan! — dedi otam onamga. - Malala va men tajribali «jangchi”larmiz deb o‘ylardim. Ammo natijalarga qanday erishish mumkinligini bizdan yaxshiroq bilar ekansan! Ota-onam Islomobodda parlament aʼzolari uchun mo‘ljallangan Kashmir mehmonxonasiga joylashishdi. U yerda ham qattiq xavfsizlik choralari ko‘rilgandi. Otam soqolini oldirmoqchi bo‘lib, sartaroshxonaga borishni so‘raganida politsiya xodimi tepasida turishini aytishdi. Ehtimol, u sartaroshga mijozining tomog‘ini kesishga to‘sqinlik qilishi mo‘ljallangandi. Ammo endi ularning telefonlari qaytarib berilib, dunyo bilan qayta aloqa o‘rnatishdi. Doktor Javid, otamga qo‘ng‘iroq qilib, men bilan qancha vaqt gaplashishi mumkinligini so‘ramoqchi bo‘ldi, ammo otamning telefoniga tushib bo‘lmasdi. Aloqa doimiy ravishda band edi, chunki otam telefonda tinmay gaplashardi. Nihoyat onamning o‘n bitta raqamdan iborat bo‘lgan raqamini esladim. Doktor Javid xotiram bu qadar tez tiklanganidan hayratda qoldi. Nihoyat ota-onam bilan gaplashganimda, ularning kelishi masalasi hali ham ochiq ekanligini bilib oldim. Doktor Javid muammo nimada ekanligini aniqlay olmadi. Ota-onamga ham buning sababi qorong‘u edi. Doktor Javid o‘z aloqalaridan foydalanishga urindi, ammo unga bu muammoni hal qilish harbiylar qo‘lida emas, balki hukumatga bog‘liq ekanligini tushuntirishdi. Keyinchalik hammasi ayon bo‘ldi. Ichki ishlar vaziri Raxmon Malik ota- onamni dastlabki samolyotdayoq kasal qizi ularni intiqlik bilan kutayotgan Birmingemga olib borish o‘rniga, ular bilan birga uchib, kasalxonada matbuot anjumani o‘tkazishni niyat qilib, qasddan to‘xtatib qo‘ygani ayonlashdi. Bunday tadbirga tayyorgarlik uzoq davom etgani bois men ota-onamni uzoq muddat ko‘ra olmadim. Bundan tashqari, vazir ota- onamning Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘ramasligiga, shu bilan Pokiston hukumatini xijolatga solib qo‘ymasligiga ishonch hosil qilishni xohladi. Oxir oqibat vazir ota-onamdan shunday niyatlari bor-yo‘qligini ochiqchasiga so‘radi. Vazirning shubhalari mutlaqo asossiz edi. Onam siyosiy boshpana nimaligini tushunmas, bunday xayollar hatto otamning xayoliga ham kelmagandi. Kashmir mehmonxonasiga ota-onam uchun bir vaqtlar Islomoboddagi maktabga sayohat uyushtirgan oilamizning azaliy do‘sti Shizaning onasi Sonia Shahid tashrif buyurdi. Sonia ota-onam uzoq vaqtdan beri Birmingemda, mening yonimda deb o‘ylagan ekan. Ularning hali ham Pokistonda ekanliklarini bilgach, biroz hayron qolibdi. Ota-onam unga Birmingemga uchadigan samolyot uchun chiptalar mavjud emasligini aytishganida, uning hayrati yanada oshdi. Ota-onamning barcha kiyimi Mingorada qolgani sababli Sonia bir qancha kiyim olib kelgandi. Otamning telefon raqamini esa Prezident Zardarining ofisidan olibdi. Prezident ismini eshitgan otam uning ofisiga qo‘ng‘iroq qildirib, xabar qoldirdi. O‘sha kuni kechqurun prezident uni qabuliga chaqirdi va mening yonimga tezroq jo‘natishga vaʼda berdi. Men farzandlardan uzoqda yashash qandayligini bilaman, — dedi u qamoqda o‘tkazgan yillariga ishora qilib. Otam menga ikki kun ichida Birmingemda bo‘lishlarini aytganida, og‘zimdan chiqqan birinchi gap shu bo‘ldi: “Menga bir sumka darslik olib kelinglar. Buning uchun Svatga borishga vaqtingiz yo‘qligini tushunaman. Lekin men uchun yangi darsliklar sotib olishingiz mumkin. Menga ular juda zarur, chunki mart oyida maktabimizda imtihonlar bo‘ladi. Shuncha voqeadan so‘ng ham yana sinfdagi birinchi raqamli o‘quvchi bo‘lib qolishni istardim. Men uchun eng qiyin fanlar bo‘lgani bois matematika va fizika darsliklarini olib kelishlarini xohlardim. Noyabr oyida uyga qaytishni rejalashtirib qo‘ydim. Darhaqiqat, ota-otam rejalashtirilganidek ikki kundan keyin emas, balki o‘n kundan keyin yetib kelishdi. Bu o‘n kun menga o‘n asrdek tuyuldi. Kutishdan charchab ketdim. Xonadagi devorga osilgan soatdan ko‘z uzmadim. Faqatgina soat millarining harakati meni vaqt to‘xtamaganiga va men hali ham tirikligimga ishontirardi. Tuni bilan mijja qoqmay chiqishni, shuningdek erta uyg‘onishni boshladim. Har kuni ertalab soat yettidan turib olib, hamshiralar kelishini sabrsizlik bilan kutadigan bo‘ldim. Hamshiralar va doktor Fiona men bilan elektron o‘yinlar o‘ynashardi. Mening sevimli o‘yinim “Sonnest 4” bo‘lib, doktor Fionani kamdan-kam yuta olardim. Ammo boshqalarga meni mag‘lub etish qiyinchilik tug‘dirardi. Hamshiralar va boshqa kasalxona xodimlari menga o‘zgacha munosabat bildirardi. Chunki bu yerda men butunlay yolg‘iz edim. Hamma menga iliq munosabatda bo‘lardi. Ayniqsa doktor Ima Choudxari atrofimda girdikapalak bo‘lar, bosh hamshira Julia Treysi esa tez-tez yonimga kelib boshimni silab o‘tirardi. Pokistondan men bilan birga kelgan yagona narsa polkovnik Junayd doktor Fionaga sovg‘a qilgan ro‘mol edi. Kasalxona xodimlari menga kiyim sovg‘a qilishga qaror qilishdi. Ammo ular Svat vodiysidagi qizlarning ingliz o‘smirlaridan farqli kiyinishlari haqida tasavvurga ega emas edilar. Shunday qilib, ular butiklarni aylanib, menga bir nechta kiyimlar — futbolka, pijama, shalvar va hatto ichkiyim olib kelishdi. Ima mendan musulmon qizlari kiyadigan anʼanaviy ko‘ylak-lozim kiyishni xohlash-xohlamasligimni so‘radi. Men rozilik bildirganday bosh irg‘adim. Qaysi rang yoqishini so‘raganida, ikkilanmasdan pushti deya javob berdim. Hamshiralar va shifokorlar ishtaham yo‘qolganidan xavotirga tushishdi. Menga shifoxona ovqatlari umuman yoqmadi, shuningdek, ularni halol emas, yaʼni shariat qoidalariga ko‘ra tayyorlanmagan deya gumon qildim. Shuning uchun faqatgina sut kokteyli bilan kifoyalandim. Julia ismli hamshira men uchun tayyorlab kelgan pishloq qo‘shilgan taom ham menga ancha yoqdi. O‘shandan keyin Julia har kuni menga bu taomni olib keladigan bo‘ldi. Atrofimdagilar doimo qaysi ovqatni yoqtirishim to‘g‘risida tinmay so‘rashar, men hammasiga «qovurilgan товуқ» deya javob berardim. Ima «Kichik дашт» deb nomlangan hududda halol qovuriladigan tovuq go‘shti sotadigan KFC borligini bilganidan so‘ng har kuni ataydan men uchun sotib olib keladigan bo‘ldi. U bir marta dudlangan tovuq ham pishirib keldi. Meni zeriktirmaslik uchun xonaga DVD pleer olib kelishdi. Bu yerda ko‘rgan birinchi filmlarimdan biri «Bekxem singari ўйнанг» filmi bo‘ldi. Ehtimol, shifoxona xodimlari Sind viloyatidan kelib, o‘z xalqining anʼanaviy xulq-atvor meʼyorlariga qarshi chiqib, futbol o‘ynashni boshlagan qizning hikoyasi menga yoqadi deb qaror qilishgandir. Ammo ekranda maydon bo‘ylab shortik va futbolkada chopayotgan qizlarni ko‘rib, dahshatga tushdim va hamshiradan filmni o‘chirishni iltimos qildim. Shundan so‘ng, ular menga faqat multfilmlar qo‘yib berishadigan bo‘ldi. “Shrek” va «Suv osti эртаги» multfilmlarining barcha qismlarini ko‘rib chiqdim. Chap ko‘zim hali ham yaxshi ko‘rmayotgan edi, shuning uchun ham filmni tomosha qilayotganda chap ko‘zimni yopib qo‘yardim. Ustiga-ustak chap qulog‘imdan doimiy ravishda qon oqib turishi hali ham to‘xtamagan, shuning uchun unga paxta tiqib qo‘yadigan bo‘ldim. Bir kuni meni ko‘rgani kelgan hamshiradan qornimni ko‘rsatib: Bu nima? – deb so‘radim. Chunki anchadan beri terim ostida qattiq narsa borligini his qilib kelayotgandim. Bu bosh suyagingning bir bo‘lagi, — deb javob berdi u. Shunchaki hayratda қолдим… Gapira boshlaganimdan ko‘p o‘tmay, o‘rnimdan turib, yurishga harakat qila boshladim. Sizga yolg‘on, menga chin, qo‘llarim va oyoqlarimda hech qanaqa muammo sezmayotgandim. O‘q chap yelkamga tiqilib qolgani bois chap qo‘lim biroz uvishadigan bo‘ldi. Yurish paytida qandaydir muammolarga duch kelaman deb o‘ylamagandim, ammo dastlabki bir necha qadamni tashlaganimdan so‘ng, yuz kilometr bosib qo‘ygan kabi juda charchadim. Shifokorlar meni tez orada yugurib ketishimga ishontirishga urinishdi. Ular fizioterapiya mushaklarimni odatdagi harakatchanlikka qaytishiga yordam berishini qo‘shimcha qilishdi. Bir kuni yana bir Fiona bilan tanishdim — Fiona Aleksandr. U kasalxonaning matbuot kotibi bo‘lib ishlar ekan. Bu yerda bunday lavozim borligiga juda hayron qoldim. Pokiston kasalxonalarida matbuot xizmati yo‘q edi, ularning paydo bo‘lishini tasavvur qilish ham qiyin edi. Fiona Aleksandr tashrifidan oldin taqdirim jamoatchilikda bu qadar qiziqish uyg‘otadi deb o‘ylamagan edim. Meni chet elga jo‘natishganida yashash joyimni ommaviy axborot vositalaridan sir tutishga qaror qilishgandi. Ammo Buyuk Britaniyaga yuborilishimdan oldin Pokistonda olingan fotosuratlar matbuotga tarqaldi va jurnalistlar Birmingemda ekanligimni shu orqali bilib olishdi. O‘shandan beri Sky News vertolyoti shifoxona ustida bir necha bor paydo bo‘ldi, jurnalistlar matbuot xizmatini siquvga olishdi. Jurnalistlarning baʼzilari Avstraliyadan, baʼzilari esa Yaponiyadan kelishgandi. “Birmingem Post” gazetasining muharriri ham hisoblangan Fiona Aleksandr yigirma yil davomida jurnalist bo‘lib ishlaganligi bois jurnalistlar maʼlumot uchun hamma narsaga tayyor ekanliklarini yaxshi bilardi. Shu sababli, matbuot xizmati har kuni ahvolim haqidagi so‘nggi yangiliklarni taqdim etadigan brifinglar o‘tkazishni boshladi. Ko‘pchilik odamlar — vazirlar, diplomatlar, siyosatchilar, hattoki Kanterberi yepiskopi vakili — meni ko‘rishni xohlashlarini bildirishdi. Baʼzi odamlar esa shifoxonaga bejirim guldasta jo‘natishdi. Fiona Aleksandr menga turli-tuman yumshoq o‘yinchoqlar olib keldi. Asosiy diniy bayramimiz hisoblangan qurbon Hayiti kirib kelgani bois guldastalarning barchasini musulmonlar yuborgan degan hayolga keldim. Ammo keyinroq sovg‘alar yuborilgan sanalarga nazar tashlaganimdan so‘ng, ularning bayramga hech qanday aloqasi yo‘qligini angladim. Butun dunyodagi odamlar, ayniqsa, tengdoshlarim menga sog‘lik tilab murojaat qilishdi. Bularning bari meni taʼsirlantirib yubordi. Fiona hayratlangan yuzimga boqib, kulib qo‘ydi: Sen ular yuborgan sovg‘alarning faqat bir qisminigina ko‘rding. Maʼlum bo‘lishicha, menga atab 8000 ga yaqin sovg‘a yuborilgan ekan. Baʼzilarida manzil o‘rniga «Malala, Birmingem касалхонаси» deb yozilgan. Boshqalarida esa shunchaki “Boshidan jarohat olgan qiz. Birmingem “ deb qo‘yilgan. Shunga qaramay, pochta bo‘limi posilkalarni mening manzilimga yetkazib bergan. Baʼzi maktub mualliflari meni yetim deb o‘ylab, o‘z oilalariga qabul qilishni taklif qilishgan. Xabarlar orasida turmush qurish takliflari ham mavjud bo‘lgan. Rehanna butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlar menga hamdardlik bildirib, men uchun ibodat qilayotganini aytdi. Ushbu odamlarning ko‘magi va yordami hayotimni saqlab qolganligini angladim. Omon qolibmanmi, bunda bir hikmat bor. Sovg‘alar orasida har xil rang va o‘lchamdagi shokolad va o‘yinchoq ayiqlar ham bor edi. Ammo menga Benazir Bhuttoning farzandlari Bilaval va Baxtavar xadya qilgan sovg‘a juda yoqdi. Ular yuborgan paketda marhum onasiga tegishli ikkita sharf solingan edi. Benazir Bhuttoning tafti qolgan sharfni yuzimga bosdim. Sharflarning birida uzun qora soch tolasi qolib ketgan ekan. Bu sovg‘ani yanada qadrli qildi. Toliblar tomonidan otilgan o‘q mening g‘oyalarim olamga tarqalishiga sababchi bo‘ldi. O‘rnimdan turishga ijozat kutib yotganimda, BMTning taʼlim bo‘yicha maxsus vakili va Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Gordon Braun «Men Малаламан» deb nomlangan murojaat bilan chiqishdi. Murojaatnomada Pokistondagi tegishli yoshdagi barcha bolalar 2015 yilgacha maktab bilan to‘liq qamrab olinishi talab qilingandi. Menga hukumat rahbarlari, vazirlar va kino yulduzlaridan maktublar keldi. Ular orasida viloyatimizning so‘nggi ingliz gubernatori ser Olaf Karoyening nabirasi Beyonsdan ham kelgan maktub bor edi. U so‘zining boshida garchi bobosi pushtun va urdu tillarini bilgan bo‘lsada, o‘zi bu tilda gapira olmasligidan hijolatda ekanligi haqida yozgandi. Beyons menga postkard yubordi va ushbu poskardning fotosuratini Facebook ka joylashtirdi. Selena Gomes men haqimda tvit yozdi, Madonna menga atab qo‘shiq kuyladi. Postkardlar orasida sevimli aktrisam Anjelina Jolidan kelganiga ko‘zim tushishi bilan xursand bo‘lib ketdim. Moniba yonimda bo‘lganida edi, unga rosa maqtanardim. O‘sha paytlarda uyga qaytishim nomaʼlum muddatga qoldirilishi haqida o‘ylab ham кўрмаганман… Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling