Ma’lumki, musiqa o’quvchilarning his-tuyg’ulariga ta’sir etib, atrof-olamning tengsiz go’zalliklarini his qilishga o’rgatadi. Insonning ruhan boy kamolga etishiga yordam beradi


Download 11.38 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi11.38 Kb.
#1221296
Bog'liq
Ma’lumki, musiq-WPS Office


Ma’lumki, musiqa o’quvchilarning his-tuyg’ulariga ta’sir etib, atrof-olamning tengsiz go’zalliklarini his qilishga o’rgatadi. Insonning ruhan boy kamolga etishiga yordam beradi.
Zero, inson san’at asarini to’liq idrok etishi uchun uning asosiy g’oyasini, maqsadini tushunib olmog’i lozim. M.P.Yakobson san’at asarining inson ruhiy olamiga ta’siri ikki omil: badiiy ijodning sifati, ikkinchisi, uni to’la tushunishi bilan amalga oshadi, deydi. Bu ikki holatda:
1) yaxshi didni shakllantirish, ya’ni san’atkorning ijodini belgilab beruvchi g’oyani tushunish;
2) insonda san’atga bo’lgan qiziqishni uyg’otish. Bu san’at asarini shunchaki, sof intellektual holda emas, balki hissiyotlarni ham qo’shgan holda idrok etish bo’lib, shaxs kamolotining butun jarayoniga ta’sir etadi. Musiqa o’qituvchisi bu yoshdagi o’quvchilar bilan ish yuritish ya’ni ular bilan musiqa mashg’ulotlarini olib borishda va ayniqsa, ularni kuylatishda bu psixologik holatlarni hisobga olishi tavsiya etiladi.
Musiqa vositasining eng muhim jihati ham shundaki, u barcha organizmdagi o’sish jarayonini boshqaruvchi bosh miya yarim sharlari faoliyatiga o’z ta’sirini o’tkaza oladi. Musiqa sadolari yarim sharlarda joylashgan asab to’qimalarining tubtubida joylashgan boy energiya zaxirasiga o’z ta’sirini o’tkaza oladi va o’smirlarni hishayajonga sola olish imkoniga ega bo’ladi. Psixolog olimlarning ta’kidlashlaricha, bu zaxira qatlamlariga faqat musiqa vositasida ta’sir etish mumkin. Asab hujayralari va ularni bir-biri bilan bog’lab turuvchi neyronlar mantiqiy, abstrakt va umumlashgan tafakkur jarayonini keltirib chiqaradi. Ayni paytda po’st va po’st osti zahiralarini o’ta darajada harakatga keltirish oqibatida paydo bo’lagidan jizzakilik, o’zi bilarmonlik va qo’polliklarni tormozlashtirib, ularni mo’’tadil holatga keltira olishga ham alohida e’tibor berib borish tavsiya etiladi. Suni hisobga olish lozimki, qo’zg’olish jarayonlari tez sodir bo’lganidek u tezda o’tib ham ketadi. Bu jarayon anchagina murakkab jarayon bo’lib, u yosh o’tishi bilan mo’’tadil holatga keladi. Asabiylik holatida yo’l qo’ygan kamchiliklaridan keyinchalik uyalib ham yuradilar. O’smirlarda suyak va muskullarning o’sishida farq sezila boshlaydi. Gavda suyaklarining yiriklashuvi natijasida o’smirlarning harakatlanish tezligi susaya boradi. Ular qo’polroq harakat qiladilar, chaqqonlikni ma’lum darajada yo’qotadilar. O’smirlik yoshida o’pkaning hajmi anchagina kengayadi va natijada nafas olish tezlashadi. Barcha harakatlarni bajarish va ayniqsa, qo’shiq kuylash jarayonida bunga alohida e’tibor berish zarur bo’ladi. O’ta darajada organizmni cho’zib, nafasni tiqiltirib qo’yish o’smirlar uchun zararlidir. Yurak faoliyatining intensiv tezlashuvi ham ularni tez toliqtirib quyishi mumkin.
O’smir yoshida yuz beradigan o’zgarishlarning eng muhimi, bu ularda mutasiya holatining yuz berishidan iboratdir. O’smirlik yoshida bo’ladigan o’zgarishlar ularning ovoz paylariga ham o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Ovoz paylari va ovoz pardalari bu yoshdagi o’g’il bolalarda ikki hissa o’sadi. Ma’lumki, torlar qanchalik uzun bo’lsa, undan shunchalik past ovoz hosil bo’ladi. Ovoz paylarining ikki hissa o’sishi ham ularning ovozlarini ikki hissa pasaytirishga olib keladi. Ovoz pardalarining yo’g’onlashib borishi ham ulardagi ingichka, nafis ovoz o’rniga qo’pol, yo’g’on ovozning paydo bo’lishiga olib keladi. Mutasiya bu ovozning bir turdan - ikkinchi turga o’tish holatini bildiruvchi jarayondir. Endi o’g’il bolalarning ovozida erkaklarga xos yo’g’on, qo’polroq ovoz hosil bo’ladi. Ammo u darrovgina yuz beradigan hodisa bo’lmay ikki-uch yil davomida ba’zan ingichkalashib, ba’zan yana yo’g’onlashib turadi. Ettinchi sinfning oxirlariga borib ovoz endi anchagina mustahkam, o’zining yangi holatiga o’tgan bo’ladi.
Qiz bolalarda mutasiya davri deyarlik sezilmasdan o’tishi mumkin. Ularda ham

ovoz paylari qisman uzayadi va ovoz pardalari yo’g’onlashadi. Natijada, ilgarigi

bolalarcha ovoz o’rnini endi katta qizlarga xos yo’g’onroq, kuchliroq ovoz egallaydi.

O’g’il bolalarda ham, qizlarda ham mutasiyaning o’tayotganligini ularning

hiqildoq atrofidagi paylarning, pardalarning qizarib qolishidan bilib olish mumkin.

Ayni shu o’smirlik yoshidagi o’quvchilarni, loringologlar tez-tez ko’rikdan

o’tkazib turishlari tavsiya etiladi.

5-7-sinf o’quvchilarining ovozi musiqa o’qituvchisining ham qat’iy nazoratida

bo’lishi kerak. Ayrim metodist o’qituvchilar bu yoshdagi o’quvchilarga ashula

ayttirishni mutlaqo taqiqlab qo’yishni maslahat beradilar. Ammo bunga mutlaqo

qo’shilib bo’lmaydi. Ularni doimiy nazorat ostida saqlash va zarur bo’lgan hollarda,

loringolog maslahati bilan ularni kuylashdan ozod qilish tavsiya etiladi.

Musiqa o’qituvchisi o’smirlarning ovozlarini tekshirish jarayonida ham

mutasiyaning yuz berayotganligini hisobga olib borishlari lozim bo’ladi. O’g’il

bolalarning ovozlarida bo’ladigan o’zgarishlarni kuzatib borish natijasida ularning

ovoz diapazonlari endi katta oktava «lya», «si» notasidan to 1-oktava «mi», «fa»

notalarigacha bo’lgan oraliqni ola olishlari mumkinligini kuzatdik. Ayni paytda ularni

differensial guruhlarga ham ajratib olish tavsiya etiladi.

2 ovozdagi o’g’il bolalar katta oktava «lya» pardasidan 1-oktava «re»gacha

bo’lgan oraliqda kuylay olishlari aniqlanadi: ________________________________

1 ovozdagi o’g’il bolalar esa «do» kichik oktavadan 2-oktava «mi», «fa»gacha

bo’lgan oraliqda kuylay olishlari mumkin: _________________________________



Shunga ko’ra alohida e’tibor berish lozimki, o’g’il bolalarning ovozlari mutasiyadan o’tgandan keyin ham skripka kalitidagi notalar orqali yozib boriladi. Ammo endi ular tenor va baslar skripka kalitlarida yozilaveradi. (Bas kaliti ham kamdan-kam hollarda uchraydi) ularning ovozi transpozisiya qilingan tarzda 1-oktava past eshitiladi.
Qizlar ovozi esa deyarlik o’zgarmaganligi uchun, ilgarigiday skripka kalitida yozilaveradi va skripka va alьt singari o’zgartirmasdan kuylanadi. Soprano partiyasining ovoz diapazoni «si» kichik oktavadan 2-oktava «fa»gacha bo’lgan oraliqni o’z ichiga oladi. Alt partiyasi esa «lya» kichik oktavadan «re» 2-oktavagacha bo’lgan oraliqda kuylanadi.
Ayni paytda shuni hisobga olish lozimki, ularning ovozlari hali etilib, qotmagan bo’lganligi uchun o’ta darajadagi past va ayniqsa o’ta darajadagi baland tovushlarda kuylatmaslik lozim.
Shunday ovozlar ham borki, ularning ovoz diapazonlari 4-5 notadan nariga o’tmaydi. Dars jarayonida ular bilan alohida mashq olib borishning imkoniyati bo’lmasa-da, ularni ba’zi-ba’zida ovozlariga mos pardalarda kuylatib borish lozim bo’ladi. Musiqa o’qituvchisining muhim ishlaridan biri barcha o’quvchilarga issiq va sovuq taomlarni iste’mol qilishdan saqlanish lozimligini maslahat berib borishdan iboratdir. Yangi paydo bo’lgan ovozlarda haddan tashqari ko’p kuylash, qattiq baqirish ham ovozning buzilib qolishiga olib kelinishi mumkin.
O’smir yoshdagi o’kuvchilar boshlang’ich sinf o’quvchilari singari narsa va hodisalarinnig faqat tashqi tomonlarini emas, balki ularning ichki murakkab tomonlarini ham analiz va sintez qila olish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Ammo ularning kuzatish va idrok qilishlarida hali tajribasizlik elementlari ham sezilib turadi.
O’quvchilar o’smirlik yoshida milliy ruh tushunchasini darov ilg’ab olavermaydilar. Buning uchun albatta o’qituvchining sa’yi-harakatlari, mahorati, tajriba va omilkorligi zarur bo’ladi.
Ayrim tushunchalarni ular anglab olishga qiynaladilar. Xususan, so’zlarda ma’joziy ma’noda berilgan fikrlarni anglab olishlari bir oz qiyin kechadi.
O’quvchilar o’smir yoshida zaruriy narsalarni tezda esda saqlab qola olishi, xususan qo’shiqlarning she’rlarini tezda yod ola bilish qobiliyatiga ega bo’lsalar-da, ma’lum vaqt o’tishi bilan bu narsalar ularning xotirasida uzoq saqlanib qolmaydi. Shuning uchun muhim fikrlarni ularga alohida ta’kidlab o’rgatish va ularning xotirasidan mustahkam o’rin olishi uchun bu materiallarni ora-sira takrorlab turish ham zarur bo’ladi. Ba’zan o’quvchilarning o’zlari bunga ishora qilganlaridek, ba’zi qo’shiqlarni qayta-qayta kuylatishni iltimos qiladilar. Ammo haddan tashqari ko’p qaytarish ham xotirani o’tmaslashtiradi va bora-bora ular yaxshi ko’rgan qo’shig’idan etarlicha zavq ololmay ham qoladilar. Musiqa o’qituvchisi o’smirlarda xayoliy fikrlash malakalarini o’stirib borishlari lozim. Xususan, mamlakatimizning kelajagi ularning qo’lida bo’lishini tushuntirgan holda ularni bilim olishga, jahon bolalari oldida o’zlarining bilimlari bilan raqobatbardoshlik ko’rsata olishlari lozimligini uqtirib, ularni ilhom bilan bilim olishga yo’naltirishlari mumkin.
O’quvchilarning hissiy bilimlarini rivojlantirishda musiqaning o’rni alohida ahamiyatlidir. Musiqa asarlarini his-hayajon bilan tinglashlari, qo’shiqlarni zavq bilan kuylashlari bu yoshdagi o’quvchilar uchun ayniqsa xarakterlidir. Hayot uchun muhim bo’lgan zaruriy tushunchalarni o’quvchilarga his-hayajon bilan idrok ettirilsa, bu tushunchalar ularning ongiga chuqurroq singib boradi.
Xullas, milliy ruhdagi xalqimizning asrlar osha to’plab kelgan milliy musiqiy merosiga bo’lgan munosabat, mehnatga muhabbat, insonlarga hurmat va burch tushunchalarining muqaddasligi musiqa vositasida ayniqsa, qo’shiqlar orqali ularning ongiga chuqurroq singib borishi tabiiy bir holdir.
Download 11.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling