Ma’lumki, O‘zbekiston suv transportiga ya’ni to‘g
AVTOMOBIL YO‘LLARI TO‘G‘RISIDA
Download 0.85 Mb.
|
kursavoy yozma Автосохраненный
AVTOMOBIL YO‘LLARI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 29-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda ma’qullangan. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) asosida qayta tuzilgan. Qonunning 61-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining avtomobil yo‘llari sohasidagi vakolatlari haqida quydagi jumlalar keltrilgan: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi: yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi; qurilishi tugallangan yo‘l obyektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyalarining ishida ishtirok etadi; avtomobil yo‘llari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi; yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini standartlashtirish hamda sertifikatlashtirishga doir ishlarni amalga oshiradi; avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning murojaatlariga ko‘ra yo‘l obyektlarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlaydi; yo‘l obyektlaridan foydalanishga doir ishlarning sifatli bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak. Agar umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘li bilan tutashgan yoki kesishgan avtomobil yo‘li shaharsozlik normalari va qoidalari buzilgan holda qurilgan bo‘lsa, maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi uni qayta qurish haqida yoxud hududni dastlabki holatiga keltirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling