Ma‘lumot – axborot hujjatlari
Download 32.45 Kb.
|
ddddddd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Leksikologiya, uning o‘rganish obyekti, vazifalari Oldingi bo‘limlarda ta’kidlanganidek, tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar yig‘indisi lug‘at tarkibi yoki leksika
Adabiy til — muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va meʼyorlash-tirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. „Qayta ishlangan“ tushunchasi nisbiy (tarixan turli davrlarda, turli xalqlarda adabiy til oʻzgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqda ham Adabiy til turli davrda turlicha boʻlgan (mas, qadimgi turkiy adabiy til, hozirgi oʻzbek adabiy tili). Baʼzi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili Adabiy til vazifasini oʻtagan. Masalan, fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, yaponlar uchun mumtoz xitoy tili; baʼzi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va boshqa Adabiy til boʻlgan. Adabiy til ning ikki — ogʻzaki ham yozma koʻrinishi mavjud. Meʼyor (falsafada) — obʼyektning sifati bilan miqdorm oʻrtasidagi dialektik birlikni ifodalovchi tushuncha. Har qanday obʼyektning sifati muayyan miqdor (muayyan sistemaning xususiyatlari, tomonlari, belgilari, komponentlari, soni va h. k.) bilan uzviy bogʻliq. M. doirasida miqdor xususiyatlari elementlar soni, oʻlchami, bogʻlanish tartibi, harakat tezligi va shahri k.ning oʻzgarishi hisobiga boshqa shaklni olishi mumkin. M. obʼyektning miqdor oʻzgarishi, oʻz navbatida, sifat oʻzgarishiga olib keladigan (va aksincha) chegarani bildiradi. M. tushunchasi muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega: faoliyatning har qanday shaklida M. boʻlishi muvaffaqiyat garovidir. Predmetni uning sifat va miqdor xususiyatini anikdamasdan turib bilish mumkin emas.orfografiya (grek. orthos — «to‘g‘ri» + grapho — «yozaman») yozuv sistemasining ikkinchi komponenti bo'lib, u to'g'ri yozish me’yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan tarkib topadi. Orfografiya grafikadan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: grafika qoidalari grafemalarning mazmun planini (referentini) kodlashtirishga, orfografiya qoidalari esa ma’lum prinsiplar asosida orfogrammalarni tanlashga asoslanadi.
5. Atamalar qanday yasaladi? Atamalar necha guruhga bo`linadi va ular qaysilar? Sohaga oid atamalarga misollar keltiring. Javob 2 Atamalarning o’zbek tilida son jihatdan ko’pchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy guruhlarga bo’lib o’rganishni taqozo qiladi. Chunki o’zbek atamashunoslari S.Ibrohimov, S.Akobirov, Olim Usmon, R.Doniyorov, X.Shamsiddinov, A.Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini ko’rsatishga ko’maklashadi, sohalarga bo’lib o’rganishni osonlashtiradi. Atamalarning dastlab ikki katta guruhga ajratish to’g’ri bo’ladi: 1. Umumiylik hususiyatiga ega bo’lgan atamalar. 2. Hususiylik hususiyatiga ega bo’lgan atamalar. Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo’nalishlari uchun tushunarli bo’lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g’alaba, birinchilik, chempionat, ko’rik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo’llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperature, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin. 6.Tilning lug`at tarkibi. O‘zbek leksikografiyasi. Umumiy va maxsus lug`atlarga misollar keltiring. Javob 3 Leksikologiya, uning o‘rganish obyekti, vazifalari Oldingi bo‘limlarda ta’kidlanganidek, tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar yig‘indisi lug‘at tarkibi yoki leksika deb yuritiladi. Lug‘at tarkibni o‘rganadigan bo‘lim esa leksikologiya (yun. lexikos – lug‘atga oid, logos – ta’limot) deb ataladi. Tilning leksikasi tildagi barcha so‘zlami o‘z ichiga oladi. Tilda bor bo‘lgan barcha so‘zlar uning lug‘at tarkibini tashkil etadi. Tilda bor bo‘lgan so‘zlaming hisobi aniq emas. Har bir til o'zining lug‘at tarkibiga ega bo’lib, yuz minglab so'zlami o‘z ichiga olga 7.Maqola va tezis haqida tushuncha bering. Maqolaning qismlari. Maqolada havolalar qanday berilishi mumkin? JAvob 2 Maqola (arab tilidan olingan) — publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo'jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh Maqola, nazariy va targʻibot Maqola, muammoli Maqola keng qoʻllanadi. Bosh Maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan Maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli Maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bu atamani tushuntirish uchun ikkita fikr mavjud. Ba'zilar fikricha, tezis katta hajmli matnga asoslangan mazmunli materialdir. Boshqalar esa, aksincha, tezislar asosida batafsil materiallar yaratilganini da'vo qilishadi. Ikkala fikr ham to'g'ri, tezislar ikkalasi uchun ishlatiladi.Ko'pincha ilmiy tezislarga duch kelinadi, chunki murakkab mavzu qisqa shaklda berilishi kerak. Qisqartirish haqida gapiradigan bo'lsak, agar siz buni bir nechta so'z deb hisoblasangiz, adashasiz. Asosiy atamalar bir nechta sahifada yozilgan. Masalan, agar ular konferentsiya uchun tuzilgan bo'lsa.Biz "tezis" so'zining ma'nosini batafsilroq tushuntirish uchun kopirayterlik mavzusidan biroz uzoqlashdik. Ammo endi siz ushbu material nima ekanligini tushunasiz.Tezislarga misollarni Internetda topish mumkin, ular bu sahifadagi matndan bir necha barobar katta bo'lishi mumkin.Agar siz katta maqola yaratish uchun ishlatiladigan tezisning ikkinchi ma'nosiga nazar tashlasangiz, ko'pincha bu savollarga javoblar to'plami. Masalan, xaridor kompaniya haqida matn yozishni so'raydi. Qanday qilib kopirayter kompaniya nima qilayotganini, aynan nima sotayotganini, bozorda qanday ajralib turishini va boshqalarni biladi. 8.Tashkiliy hujjatlarga nimalar kiradi? Nizom nima? Tashkiliy hujjatlarga quyidagilar kiradi: ta'sis shartnomasi; ustav; tashkilotdagi pozitsiyasi; tashkilotning tarkibiy bo'linmalari, kollegial va maslahat organlari to'g'risidagi nizom; mehnat tartib-qoidalari, ichki mehnat qoidalari, xodimlar to'g'risidagi nizom; tuzilma va xodimlar soni; kadrlar bilan ta'minlash; faoliyatning ayrim yo'nalishlari bo'yicha ko'rsatmalar; xodimlarning lavozim tavsiflari; eslatmalar. Nizom - bu jamiyat tomonidan o'z a'zolarini tartibga solish va madaniyatni saqlash uchun o'rnatilgan qoidalar. 9.So`z – leksikologiyaning o`rganish obyekti sifatida. Sohangiz bo`yicha bir va ko`p ma’noli so`zlarga misollar keltiring. avob 3 Leksikologiya, uning o‘rganish obyekti, vazifalari Oldingi bo‘limlarda ta’kidlanganidek, tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar yig‘indisi lug‘at tarkibi yoki leksika deb yuritiladi. Lug‘at tarkibni o‘rganadigan bo‘lim esa leksikologiya (yun. lexikos – lug‘atga oid, logos – ta’limot) deb ataladi. Lug‘at tarkibiga mansub bo‘lmish birlik so‘z tilshunoslik fanining asosiy birligi bo‘lib, u tilning boshqa bo‘limlarida, jumladan, morfologiya, so‘z yasalish va uslubiyat bo‘limlarida ham o‘rganiladi. Tildagi so`zlar bir ma’noli va ko`p ma’noli bo`ladi.Gap ichida ham, gapdan tashqarida ham aynan bir ma’noni ifoda etuvchi o`zlar bir ma’noli so`zlar[1] deyiladi. 10.O‘zbek xalqi foydalangan yozuvlarni haqida ma’lumot bering. Arab yozuvi. Javob 3: Oʻrta Osiyodagi xalklar, jumladan, oʻzbek xalqi turli Yozuvlardan foydalanib kelgan. Bu yozuvlar avesto, paxlaviy, urxun-enasoy (runik), turkiy (uygʻur), soʻgʻd, arab, kirill, lotin yozuvlaridir. Yozuv bilan til oʻzaro chambarchas bogʻliq. Biror tilni shu tilning yozuvini oʻrganmasdan, yoki aksincha, biror yozuvni shu yozuv tegishli boʻlgan tilni bilmasdan oʻrganish mumkin emas. Arab yozuvi Oʻzbekistonda 1929 yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb eʼlon qilindi. 1929—1930 oʻquv yilidan Oʻzbekiston lotin yozuviga oʻtdi va biz oʻzbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik. 1929-yildan boshlab arab yozuvidan yangi lotin vozuviga (yanalif) o‘tilgan. U 1940-yilgacha ishlatilgan. Kiril yozuvi 1940 yilda Oʻzbekistonda kirill yozuviga oʻtildi. Buning natijasida 1929-40 yillar oraligʻida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, oʻquv adabiyotlardan uzilib qoldik. 1940 yildan 1991 yilgacha oʻrta hisob bilan oʻzbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga oʻtishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon boʻladi. Lekin dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab oʻtirishning hojati yoʻq) lotin yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlar shu yozuv asosida yoritiladi. BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning 80 foizi lotin yozuvida chop etilar ekan. Demak, Oʻzbekistonni dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qoʻshilishi uchun lotin yozuviga oʻtish maqsadga muvofiqdir. Oʻzbekistonda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va 2005 yilda tugallanishi koʻzda tutilgan. 11.O‘zbek tiliga “Davlat tili” maqomining berilishi, til haqidagi qonunlar. Javob 1 O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1993-yil 2-sentabrda tasdiqlanganLotin yozuviga asoslangan yangio’zbek alifbosida 29 harf va bir belgi (tutuq) bor.1989 yil 21 oktyabrda o’n birinchi chaqiriq O’zbеkiston Oliy Kеngashining o’n birinchi yig’ilishida (sеssiyasida) O’zbеkiston hukumatining Davlat tili haqidagi qonuni qabul qilindi.Qonun o’zbеk tiliga Davlat tili maqomini bеrdi. Aholisining 72 foizi o’zbеk, 85 foizi o’zbеk tilini biladigan Rеspublika uchun bu tabiiy bir hol edi.Shu kunning o’zida O’zbеkiston Oliy Kеngashi «O’zbеkiston hukumatining Davlat tili haqida» gi qonunni kuchga kiritish tartibi to’g’risida qaror qabul qilindi.Davlat dasturida «Davlat tili haqida» gi qonun qabul qilingan kunni 1995 yil 25 dеkabrda «O’zbеkiston Rеspublikasining Davlat tili haqida» gi qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida yangi qonun qabul qilindi. Uning to’la matnini kеltiramiz. Download 32.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling