Ma’lumot 2-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil mart kunidagi pq-150 sonli Qarori bilan joriy etilgan “Vatan tayanchi”


Download 1.88 Mb.
Sana26.01.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1124136

Samarqand viloyati Bulung’ur tumani Vatan tayanchi otryadi a’zolari
bilan o‘tkazilgan tadbirlar to‘g‘risida
MA’LUMOT
62-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 mart kunidagi PQ-150 sonli Qarori bilan joriy etilgan “Vatan tayanchi” harakatini amaliyotga tadbiq etishva o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yuqori darajasini ta’minlash maqsadida 10-11-sinf o‘kuvchilari bilan ChQBT raxbari M.Gulmurodov ishtirokida «Vatan tayanchi - bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati otryadi» a’zoligiga saylanganlar bilan suxbat o‘tkazildi.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 92-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha mahalladagi yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” ning ikkinchi mavsumiga start berildi. 12 sentyabr kuni Bulung’ur tumandagi 2-sektorida istiqomat qiluvchi 62-sonli maktabda Vatan tayanchi otryadi a’zolari ishtirokida sportning stol tennisi, shaxmat, futbol, arqon tortish turlari bo‘yicha bahslashishdi.

Bulung’ur tumani 62-sonli maktab ChQBT o‘kituvchisi va sobiq front ortidagi faxriy B.Xolmurodov bilan 11- sinf o‘quvchilari o‘rtasida Vatan tayanchi harakati bo‘yicha tushuntirish darslarini olib bordi.



Bulung’ur tumani 62-sonli maktabda Vatan tayanchi xarakati azolari bilan ChQBT rahbari dars jaraeni.

Bulung’ur tumani Axborot kutubxona markazi “Kaptarxona” MFY bilan hamkorlikda 62-sonli umumta’lim maktabi Vatan tayanchi otryadi o‘quvchilari ishtirokida “Kutubxona ziyo maskanidir” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchi yoshlar o‘zlarining o‘qigan qiziqarli kitoblari haqida so‘zlab berishdi. Suhbat ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.



Bulung’ur tumani 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham "Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, Xalqimizga xos ezgu fazilatlari" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mahallaning keksa ayollari Vatan tayanchi otryadi qizlari va otin oyilar qatnashib madaniy hordiq oldilar.

Bulung’ur tumani hokimligi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi hamkorlikda tumandagi 62-sonli umumta’lim maktabida Vatan tayanchi otryadi a’zolari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yichatuman diniy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilarga vatan qadri, yurt tinchligi, atrofimizdagi mamlakatlarda yuz berayotgan notinchliklarni teran kuzatish, hamjihatlikni qadriga yetish xususida tushuntirildi. Dinimizga zid bo‘lgan yot qarashlar, ekstremistik va terroristik oqimlardan ehtiyot bo‘lish zarurligiga alohida urg‘u berildi. Suhbat davomida ishtirokchilar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga qoniqarli javob olishdi. Tadbir davomida "Mehr-5" nomli hujjatli film han namoyish etildi.



Bulung’ur tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil


19 oktyabrdagi 7-60 “s” va 47-sonli Qo‘shma Qarori ijrosini ta’minlash hamda o‘quvchi yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish va bilimlarini mustahkamlash maqsadida Vatan tayanchi otryadi a’zolari ishtirokida 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Yosh kitobxon" tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.“Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlov natijasiga ko‘ra g‘olib deb topilgan o‘quvchilar tuman bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga qiritishmoqda.

Bulung’ur tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Yosh kitobxon" tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.“Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlov natijasiga ko‘ra g‘olib deb topilgan o‘quvchilar tuman bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga qiritishmoqda.



Bulung’ur tumani hokimligi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi hamkorlikda tumandagi 62-sonli da Vatan tayanchi otryadi a’zolari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi. Suhbat davomida ishtirokchilar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga qoniqarli javob olishdi. Tadbir davomida "Mehr-5" nomli hujjatli film ham namoyish etildi.250 nafar yoshlar ishtirok etishdi


Bulung’ur tumani 62- sonli umumta’lim maktabida Vatan tayanchi guruhi a’zolari ishtirokida “Jaholatga karshi ma’rifat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi Bulung’ur tumani hokimligi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi hamkorlikda o‘tkazildi..



Bulung’ur tumanidagi 62- umumta’lim maktabida Vatan tayanchi otryadi a’zolari ishtirokida Yashil makon loyixasida Mendan bog‘ qolsin shiori ostida ko‘chatlar ekish amalga oshirildi

Bulung’ur tumanidagi 62-maktab Vatan tayanchi otryadi azolari harbiy tayergarlik darsidan lavhalar.


Haftaning har payshanbasi yurtimizda “Profilaktika kuni” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan Bulung’ur tumanida ham jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xushyorligi va ogohligini oshirish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida qator amaliy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, IIOFMB xodimlari tomonidan voyaga yetmaganlar orasida xuquqbzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida Bulung’ur tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida Vatan tayanchi otryadi a’zolari ishtirokida “Tig‘” tadbirlari o‘tkazilmoqda



Bulung’ur ” mahallasi yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan 62-sonli Vatan tayanchi otryadi a’zolari ishtirokida 11-sinf bitiruvchi o‘quvchilari uchun "Yoshlar bizning kelajagimiz" shiori ostida Bulung’ur tumani hududi deputatlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda bitiruvchilarni oliy ta’limga qamrab olish hamda yoshlarning kelajakda o‘z kasblarining yetuk mutaxassislari bo‘lishlari uchun oliy ta’limda yaratilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.


Bulung’ur tumani hokimligi “Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash” bo‘limi, “Kaptarxona” mahallasi, tuman Nuroniylar kengashi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi hamda tuman Milliy gvardiya va qo‘riqlash bo‘limi bilan hamkorlikda "Keksalar uchun turizm"oyligi doirasida tumandagi 62-umumta’lim maktabida Vatan tayanchi otryadi a’zolari ishtirokida tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” uyushtirildi. Unda turli sohalarda mehnat qilib, ayni paytda nafaqa gashtini surayotgan nuroniylar va yoshlar ishtirok etishdi. Uchrashuvda keksa avlod vakillari yosh avlod vakillari bilan fikr almashib, o‘zlaring bosib o‘tgan hayot yo‘llari, erishgan muvaffaqiyatlari to‘g‘risida so‘zlab berdi. Keksalarning hayot yo‘li yoshlarga ibrat maktabi bo‘lishi e’tirof etildi. Muloqotlar qiziqarli va hayotiy sarguzashtlarga boy bo‘ldi


Bulung’ur tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” ning ikkinchi mavsumida sportning shaxmat va shashka turi bo‘yicha sektor kesimida g‘olib deb topilgan yoshlar tuman bosqichida ishtirok etishdi.

Bulung’ur tumanidagi sport maktabida mahallalar o‘rtasida Vatan tayanchi otryadi a’zolari ham ishtirokida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi



1 -dekabr butun dunyoda Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni, deb belgilangan. Shu munosabat bilan kuni kecha Bulung’ur tumani XTB tasarrufidagi umumta’lim maktablarida "OITS – asr vabosi" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda OITS kasalligi uning oqibatlari hamda ayanchli yakuni haqida hayotiy misollar keltirildi. O‘quvchi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilindi.



Dekabr — tarbiya va ijtimoiy fanlar oyligi'' munosabati bilan maktablarda tarix, geografiya, huquq, tarbiya kabi fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladi. Shu munosabat bilan Bulung’ur tumani 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mazkur fan oyligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Fan oyligi ochilishi o‘ziga xos kreativlik shaklda bo‘ldi va o‘quvchilar maktabda o‘rta asrlar muhitini berishga harakat qilishgan. O‘quvchilar bu oyda ijtimoiy fanlarni yanada puxta egallaydi, degan umiddamiz.
Bulung’ur tumanidagi 62-sonli Vatan tayanchi otryad guruhi harbiy tayorgarlik mashg‘ulotida.


Bulung’ur tumani 62-sonli umumta’lim maktabida Bulung’ur tumani prokuror yordamchisi tomonidan yuqori sinf o‘quvchilari bilan "Konstitutsiya - huquqlarimiz kafolati" mavzusida davra suhbati otkazildi . Davra suhbati yakunida soha mutaxasislariga savollar berildi. Davra suhbati juda qizgin bo‘lib o‘tdi.



Bulung’ur tumani XTB tasarrufidagi 62 - sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Vatan tayanchi otryadi a’lari ishtirokida huquqiy - ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbir davomida SUD jarayonidan lavhalar va video roliklar ko‘rsatildi.



“8-dekabr – Konstitutsiyamizning 30-yilligi” munosabati bilan Bulung’ur tumani prokuror yordamchisi tomonidan yuqori sinf o‘quvchilari bilan “Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suxbat yakunida soha mutaxasislariga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar.Savollariga javob oldilar. Bulung’ur tumanidagi 62 -maktabi Vatan tayanchi otryadi a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlardan lavxalar

Bulung’ur tumani MIB tuman yoshlar agentligi bo‘limi va Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘limi tomonidan Konstitutsiya kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida qo‘riqlash xizmati xodimlarining xizmat jarayonidan tadbir ishtirokchilari yaqindan tanishdi..

Bulung’ur tumanidagi 62-sonli maktablarda 9-dekabr kuni MIB boshligi xamda xarbiy qism vakili mayor tomonidan Vatan tayanchi otryadi a’zolari hamda bitiruvchi sinf o‘kuvchilarini OXBYu ga o‘qishga jalb qilish, ofitserlik sharafli burchligi buyicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.



Bulung’ur tumani Madaniyat markazida Bugungi Kun qaxramonlari, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman xokimi, prokuror, tumanimizdan boks xamda Milliy kurash buyicha jaxon chempionlari, Bulung’ur tuman MIB boshlig‘i va uyushmagan yoshlar ishtirov etdi.

Bulung’ur tumanidagi Vatan tayanchi otryadi a’zolari ishtirokida maktab o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tadbirlar Tuman Xalq ta’limi bo‘limi, Madaniyat markazi xamkorligida Quvnoqlar va zukkolar ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling