Ma'lumot, xabar, taassurot, axborot va materiallarni eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish


Bentonning ko‘rish xotirasini o‘rganish testi


Download 19.96 Kb.
bet2/5
Sana14.05.2023
Hajmi19.96 Kb.
#1459697
1   2   3   4   5
Bog'liq
psixology

Bentonning ko‘rish xotirasini o‘rganish testi


Eshitish xotirasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ham shunday o‘tkaziladi. Sinaluvchiga quyidagi qo‘rsatma beriladi: «Hozir sizga so‘zlar qatorini o‘qib beraman, siz esa eshitib bo‘lganingizdan so‘ng, ularni istalgan tartibda menga aytib berasiz». Tadqiqotchi tadqiqot qaroriga sinaluvchi aytgan barcha so‘zlarni – takrorlaganlarini ham, yo‘q so‘zlarni qo‘shib qo‘yganlarini ham yozib boradi. Olingan natijalar foizlarda miqdoriy o‘lchash orqali tahlil qilinishi mumkin.





Ko‘rib esda olib qolingan narsani qayta tiklash
Ko‘rish xotirasi xususiyatlarini D.Wechsler (1945) taklif etgan metodika yordamida o‘rganish mumkin. Bu metodika xotira shkalasini o‘rganish subtestlaridan biridir. Sinaluvchiga turli geometrik figuralar tasvirlangan rasmlarga qarash taklif etiladi (6-ilova). Har bir rasm sinaluvchiga 10 soniya ko‘rsatiladi. Keyin sinaluvchi toza oq qog‘ozga ko‘rgan narsasini qayta esga tushirib, chizishi kerak. Tajriba natijalarini miqdoriy tahlil qilish mumkin.
Figura A: 1) ikki kesishgan chiziq va ikki bayroq – 1 ball; 2) to‘g‘ri joylashtirilgan bayroq – 1 ball; chiziqlar kesishganda to‘g‘ri burchak – 1 ball. Eng Yuqori baho – 3 ball.
Figura B: 1) katta kvadrat ikkita diametri bilan – 1 ball; 2) katta kvadrat 4 kichik kvadrat – 1 ball; 3) ichki diametr barcha ichki kvadratlar bilan – 1 ball; 4) kvadratchalardagi 4 ta nuqta – 1 ball; 5) aniq taqsimlanganlik – 1 ball. Sinaluvchi olishi mumkin bo‘lgan eng Yuqori baho – 5 ball.
Figura V: 1) ochiq to‘g‘ri to‘rtburchak – 1 ball; 2) markaz va o‘ng chap tomon to‘g‘ri esga tushirilgan – 1 ball; 3) bir noto‘g‘ri chizilgan qismni hisobga olmaganda, figura umuman to‘g‘ri – 1 ball; 4) figura to‘g‘ri esga tushirilgan – 1 ball; eng Yuqori baho – 3 ball.
Figura G: 1) katta to‘g‘riburchak ichida kichik to‘g‘riburchak – 1 ball; 2) ichki to‘g‘riburchakning hamma uchlari tashqi to‘g‘riburchak uchlari bilan birlashtirilgan – 1 ball; 3) kichik to‘g‘riburchak katta to‘g‘riburchakda aniq joylashtirilgan – 1 ball; eng Yuqori baho – 3 ball. Eng Yuqori natija – 14 ball.
Bu metodikadan maktabgacha ta'lim muassasalarining katta va tayyorlov guruhi bolalarini hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tekshirishda foydalanish mumkin. Bu topshiriqlarni bajarganlaridan so‘ng bolalarning nafaqat geometrik figuralarni xotirada olib qolish va uni esga tushirish qobiliyatlari haqidagina emas, balki xotira bo‘yicha rasm chizish malakalarining shakllanganligi, sensomotor faoliyat holati haqida ham bilib olish mumkin.

Download 19.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling