Dbase, KARAT, REBUS, Fox PRO, PARADOX, ACCESS
Ular bir-biridan axborot bazalari tuzish imkoniyatlari, ularning kattaligi, talab qilinadigan dasturiy va texnikaviy resurslar, qaysi rejimda ishlash talab qilinganligi, qanday dasturlar va operatsion tizimlar bilan birgalikda ishlashlari, axborot massivlariga va ularning tuzilishiga qo‘yilgan talablar bilan farq qiladilar. Ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan, ya‘ni komp‘yut‘er tarmoqlarida ishlatishga mo‘ljallangan ma‘lumot bazalarini yaratish va ularni yuritish tizimlariga Oracle, InterBase, SyBase, MicroSoft, SQL Server, Informix deb ataluvchi dasturlar kiradi. Bu dasturlar ishlash tamoyillariga ko‘ra ierarxik, relyatsion va aylana - halqasimon ma‘lumot bazalariga bo‘linadilar. Xozirda relyatsion ma‘lumot bazalari o‘zining qulayligi tufayli keng miqyosda ishlatilmoqda. Relyatsion ma‘lumot bazalari ma‘lumotlarni jadvallarga joylashga va jadvallar orasida mos bog‘liqliklarni, ya‘ni munosabatni (relyatsiyani) o‘rnatishga asoslangan. Ular jadvallar orasidagi turli bog‘liqliklarni o‘rnatish, ma‘lumot kiritish shakllarini yaratish, hisobot shakllarini chiqarish, turli so‘rovlar (―Zaprosi‖) tuzish imkonini beradi.
Adabiyotlar ro’yhati
O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 11-fevral.
O‘zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 21-may.
O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» to‘g‘risidagi Qonuni. Oliy ta‘lim. Me‘yoriy hujjatlari to‘plami: Mualliflar jamoasi. – T.: SHarq, 2001, 672-b.
Do'stlaringiz bilan baham: |