Ma’lumotlar bazasi a. D. Dilshodov
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot
- Axborot (lotincha informatio -tushuntirish, xabar berish) - xaba r, ma’lumot va ko’rsatkichlarning majmuasidir. Axborot
MA’LUMOTLAR BAZASI A.D.Dilshodov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali 1- Ma’ruza: Ma’lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari Reja: 1. Ma’lumotlar bazasi va uning jamiyatdagi o’rni. 2. Ma’lumotlar bazalari va ularni boshqarish tizimlari. 3. Ma’lumotlar bazalari va ularni boshqarish tizimlari asosiy amallari. Axborot haqida tushuncha Axborot – bu, atrof - muhit obektlari va hodisala -ri , ularning o’lchamlari, xususiyatlari va holatlari to’g’risidagi ma’lumotlardir. Axborot – bu, o’zgarishla rga olib kelishi mumkin b o’lgan ixtiyoriy ajratuvchi, farqlovchi, differentsiallov chi belgidir. Axborot – bu, bizni o’rab turgan dunyo, t abiat va jamiyatdagi voqealar, hodisalar v a jarayonlar haqidagi xabarlar to’plamidir. Axborot – bu, biror faoliyat to’g’risidagi qandaydir voqea haqidagi xabarlar, bilimlardir. Keng ma’noda axborot odamlar o’rtasida ma’lumotlar ayirbosh- lash , odamlar va qurilmalar o’rtasidagi signallar ayirboshlashini ifoda etadigan umumiy tushunchalar deyilishi ham mumkin. Axborot (lotincha informatio -tushuntirish, xabar berish) - xaba r, ma’lumot va ko’rsatkichlarning majmuasidir. Axborot tushunchasi real voqe’likning amaliy holatini to’la maz -munda aks ettirishdan iboratdir. Ular taqdim etish usuliga ko’ra matnli, sonli, jadvalli, grafikli, audio, video va boshqa ko’rinishlar- da bo’lishi mumkin. Har qanday axborot uchta muhim xususiyatlarga ega bo’lishi lozim: 1. Axborot o’rganilayotgan narsa yoki hodisani har tomonla- ma to’liq ifodalashi, ya’ni axborot to’liqlik sifatiga ega bo’lishi lo- zim 2. Axborot ma’lum ma’noda qimmatli bo’lishi lozim. 3. Axborot ishonchli bo’lishi lozim, aks holda uni qayta ish - lashga zarurat bo’lmaydi. Demak, shu uchta xususiyatga ega bo’lgan axborotlargina kundalik xayotimizda, kasbi-korimizda foydalanishimiz uchun zarur hisoblanar ekan. Kundalik xayotimizda bu ma’lumot, bunisi esa axborot deb ajratmaymiz!!! Inson ma’lumotni kamida uch xil yo’l bilan qayta ishlaydi va unga o’z munosabatini bildiradi. 1. Fiziologik -jismoniy y o’l bilan qayta ishlash. 2. Ongli ravishda qayta ishlash. 3. Aql-idrok va fikrlash asosida qayta ishlash. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling