Ma’lumotlar bazasini boshqarish


Download 185.5 Kb.
Sana28.10.2021
Hajmi185.5 Kb.
#169366
Bog'liq
4-5-labaratoriya ishi



Fan

Ma’lumotlar bazasini boshqarish

Talaba

Fazliddinov Farhod

Guruh

614-18

O’qituvchi

M.Burxanova


4-laboratoriya ishi

Mavzu: Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni yozish, o’zgartirish va o’chirish.

Ishdan maqsad: Berilgan predmet sohasi uchun SQL tilida jadvallarga ma’lumotlarni yozish, o’zgartirish va o’chirish bo`yicha ko`nikmaga ega bo`lish. Hamma satrlar SQLda INSERT komandasi yordamida kiritiladi.

INSERT quyidagi formatlar biriga ega bo’lishi mumkin:

INSERT INTO

[(column [,column] ...)] VALUES ( [,] ... ); yoki

INSERT INTO

[(column [,column] ...)] ostki so’rov;

Masalan, new_view jadvaliga satr kiritish uchun quyidagi shartdan foydalanish mumkin:

INSERT INTO xonalar VALUES ('013', 'A2','2','Lyux','100$');





Satrlarni o‘chirish. Satrlarni jadvaldan DELETE komandasi bilan o’chirish mumkin. U aloxida qiymatlarni emas faqat satrlarni o’chiradi.DELETE quyidagi formatga ega:

DELETE FROM

[WHERE search-condition]; Masalan, xonalar jadvalidagi hamma satrlarni o’chirish uchun, quyidagi shartni kiritish mumkin:

DELETE FROM xonalar;

Ma‘lum satrlarni o’chirish uchun predikatdan foydalaniladi. Masalan, jadvaldan A2 xona raqamini o’chirish uchun:



DELETE FROM xonalar WHERE xona_raqami = ‘A2’;



Maydon qiymatlarini o‘zgartirish. Bu o’zgartirish UPDATE komandasi yordamida bajariladi. Bu komandada UPDATE ifodasidan so’ng jadval nomi va SET ifodasidan so’ng ma‘lum ustun uchun o’zgartirish ko’rsatiladi. UPDATE ikki formatga ega. Ulardan birinchisi:

UPDATE

SET column = expression [, column = expression] ... [WHERE search-condition] bu yerda expression - bu ustun | ifoda | konstanta | o’zgaruvchi.

Ikkinchi variant: UPDATE

SET column = expression, ... [ FROM table-list ] [ WHERE search-condition ]

Masalan, hamma xonalar narxini 100$ ga o’zgartirish uchun quyidagini kiritamiz: UPDATE xonalar SET Narxi = ‘100$’;



Ma‘lum satrlarni o’zgartirish uchun DELETE dagi kabi predikatdan foydalanish kerak. Masalan, UPDATE xonalar SET Narxi=’300000’ WHERE id_xona = ‘01’;



Xulosa

Ushbu laboratoriya mashg’ulotini bajarish davomida o’zimga berilgan predmet soha “MEHMONXONA” bo’yicha jadvallarni ustida quyidagi amallarni bajardim: jadvallarga ma’lumotlarni kiritdim, jadvallardagi ma’lumotlarni o’zgartirdim va jadvallardagi ma’lumotlarni o’chirdim. Bunda Insert into

values, update
set where , delete from
where sintaksislaridan foydalandim.

5-laboratoriya ishi

Mavzu: Ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar.

Ishdan maqsad: Berilgan predmet sohasi uchun SQL tilida jadvallardagi ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar bajarish bo`yicha ko`nikmaga ega bo`lish.

SELECT buyrug'i ma'lumotlar bazasi jadvalining bir yoki bir nechta ma'lumotlarini o'qishga imkon beradi. MySQL SELECT operatorida quyidagi sintaksis mavjud:

SELECT ustun(lar)_nomi FROM jadval_nomi;

Endi ushbu so'rovning har bir tarkibiy qismini tahlil qilaylik. Avval SELECT kalit so'z ishlatiladi. Bu kalit so'z deb nomlanadi, chunki u MySQL-da alohida ma'noga ega. Bunday holda SELECT MySQL buyrug'ini bazadan ba'zi ma'lumotlarni olish uchun beradi. "select" so'zi ingliz tilidan olingan va "tanlash" deb tarjima qilininadi. Keyingi probel (buyruqlarni ajratish uchun) va keyin siz tanlamoqchi bo'lgan ustunlar yoki ifodalar ro'yxati keladi. Keyin yana bir FROM kalit so'zi, probel va biz ma'lumotni tanlamoqchi bo'lgan jadvalning nomi keladi. Ifoda oxirida nuqta-vergul (;) qo’yiladi. Bu buyruqning tugashini bildiruvchi belgi hisoblanadi. MySQL-da SELECT operatorini ifodalashga oid misollar.

Misol №1. Barcha ustunlardan ma'lumotlarni tanlash uchun SELECT operatoridan foydalanish Agar jadvaldagi barcha ustunlardan ma'lumotlarni ajratib olish kerak bo'lsa, SELECT buyrug'ida barcha ustun nomlarini ko'rsatishingiz mumkin, yoki siz shunchaki quyidagi so'rovda ko'rsatilgan qisqartirilgan belgi (* - yulduzcha) dan foydalanishingiz mumkin: SELECT * FROM jadval_nomi;

Ushbu so'rov ma'lum jadvalning barcha ustunlaridan ma'lumotlarni qaytaradi.



SELECT * odatda "yulduzni tanlang" yoki "barchasini tanlang" deb nomlanadi, chunki shu bilan siz jadvaldagi barcha ma'lumotlarni tanlaysiz. SELECT * -ni faqat maxsus so'rovlar uchun ishlatish tavsiya etiladi.

Select * from info_order;



Select * from xonalar where Narxi!=’100$’;



Select * from tashrif where id_xona<3;



Select * from mijozlar limit 10;



Select * from new_view where Xona_raqami=’A1’;



Xulosa

Ushbu laboratoriya mashg’ulotini bajarish davomida select operatoridan bazadagi jadvallar uchun foydalandim. Bunda where, limit operatorlaridan foydalandim.

Download 185.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling