Маълумотлар базасини мантиқий лойиҳалаш. Маълумотларнинг меъёрий шакллар назарияси Me`yorlashtirish - Me`yorlashtirish - MB dagi ma`lumotlar ortiqchaligini yo`qotish, takrorlanmaslik va o`zaro bog`lanishlarni tashkil qilish jarayonidir.
- Me`yorlashtirishning asosiy maqsadi – shunday MB ni yaratishga qaratilganki, unda ma`lumotlar bir marta qayd qilinadi, ya`ni ma`lumotlar ortiqcha yoki takrorlanishi mumkin emas. Bu amal saqlanadigan ma`lumotlarni qarama – qarshiligini bartaraf etish uchun zarur.
- Me`yorlashtirishni talab darajasida tashkil qilish uchun dekompozitsiya (bo`laklarga ajratish) qo`llaniladi.
Dekompozitsiya - Dekompozitsiya - MB jadvallarini o`zaro bog`langan sodda va ixcham bir nechta jadvallarga ajratishdir.
- Dekompozitsiya qilingan jadvallarning har biri me`yorlashtirilgan bo`lishi lozim.
- Dekompozitsiyalashda MB jadvallari soni oshib ketadi, ammo MB ixcham tuzilmaga ega bo`ladi.
Funktsional bog`liqlik - Funktsional bog`liqlik: Agar ixtiyoriy vaqtda A atributning har bir qiymatiga B atributning mavjud qiymatlaridan yagona bir qiymat mos kelsa, u holda A va B atributlar orasidagi bog`liqlik funktsional bog`liqlik deyiladi.
- To`liq funktsional bog`liqlik: Agar B atribut qiymati A tarkibiy atributning qiymatiga funktsional bog`liq, ammo A tarkibiy atribut qiymatining biror bir qismiga funktsional bog`liq bo`lmasa, u holda A tarkibiy atribut bilan B atribut to`liq funktsional bog`liq deyiladi.
Funktsional bog`liqlik - Ko`p qiymatli funktsional bog`liqlik: Agar ixtiyoriy vaqtda A atributning har bir qiymatiga B atributning ko`p qirrali mos qiymati mavjud bo`lsa, u holda A atribut B atributni bir jinsli aniqlaydi va bu ko`p qiymatli funktsional bog`lanish deyiladi.
- Masalan, talabalar o`qiyotgan fanlar va olgan baholar. Baho atributi bir nechta (1, 2, 3, 4, 5) qiymatlarga ega. Bundan tashqari talaba o`qiyotgan fanlar soni ham chegaralangan.
- Ko`p qiymatli funktsional bog`liqlikka misol “O`qish jadvali”
- Bu jadvalni ikkiga ajratganda ish yaxshilanadi: (Fan- O`qituvchi va Fan-Darslik)
- Tranzitiv funktsional bog`liqlik: Agar B atribut A atributga, C atribut B atributga funktsional bog`liq bo`lsa, u holda A atribut C atributga tranzitiv funktsional bog`liq deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |