Ma’lumotlar turlari va tasvirlash tushunchalari
Download 246.94 Kb.
|
sehriyo2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyida bir nechta ma’lumotlar toifasiga birikkan holatda o’zgaruvchilarni hosil qilishni ko’rishimiz mumkin
- Foydalanilgan adabiyotlar
TATUFF TT va KT fakulteti 620-21-guruh talabasi SARIMSOQOVA SEHRIYOning MA’LUMOTLAR TUZILMASI VA ALGORITMI fanidan tayyorlagan 2-mustaqil ishiMa’lumotlar turlari va tasvirlash tushunchalariMa’lumot - bu biror bir ob’ekt, jarayon, hodisa yoki voqelikni ifodalab (tasniflab) beruvchi belgi yoki belgilar majmuasidir.Dasturlash tillarida o’zgaruvchining ma’lumot turi, ushbu o’zgaruvchi qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlar to’plamini anglatadi.Ma’lumotlar toifasi – bu o’zgaruvchilarning turi va xotiradan qancha joy egallashini belgilab beruvchi kerakli omil. Foydalanilgan o’zgaruvchiga to’g’ri tipni belgilash muhim vazifalardan biridir. Sababi bu orqali biz, yaratayotgan dasturimizda yuzaga keladigan ba’zi bir muammolarni oldini olishimiz, eng asosiysi vaqt tejalishi va dasturning xotiradan kamroq joy egallanishiga erishishimiz mumkin. C# dasturlash tili keng ko’lamdagi ma’lumotlar toifasini o’zida mujassamlashtirgan.Ma’lumotlar turi natural va butun sonlar, haqiqiy (o’nlik kasr ko’rinishidagi) sonlar, satrlar, belgilar va boshqalarni o’z ichiga oladi.Ba’zi dasturlash tillarida har bir konstanta yoki o’zgaruvchilarning turini unga ta’minlangan qiymatning yozilishiga qarab kompilyator aniqlaydi. Masalan, o’nlik sonda qo’llaniladigan nuqta, haqiqiy son belgisi sifatida qabul qilinadi. Boshqa dasturlash tillarida esa, dasturchi tomonidan kirtilayotgan har bir o’zgaruvchining turi aniq ko’rsatilishi talab etiladi, va bu muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Dastur bajarilishi davomida o’zgaruvchining qiymati bir necha marta almashishi mumkin, lekin uning turi o’zgarmasligi kerak. Bu kompilyator o’zgaruvchi ustida bajariladigan amallarni uning tavsiflanishiga mos ravishda tekshirib chiqadi. Bu tekshirish to’liq dastur matni bo’yicha amalga oshiriladi va natijada dastur bajaradigan barcha amallar aniqlab olinadi. Dasturlash tilining maqsadiga qarab, kompilyatsiya jarayonida ma’lumotlarning turi himoyalanganlik darajasi mavjud.Quyida bir nechta ma’lumotlar toifasiga birikkan holatda o’zgaruvchilarni hosil qilishni ko’rishimiz mumkin:Ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) turlari – bu matematik model va shu model doirasida aniqlangan turli xil operatorlardir. Abstrakt ma’lumotlar turi bilan algoritmlarni ishlab chiqish mumkin, lekin ma’lum bir dasturlash tilida algoritmlarni qo’llash uchun ma’lumotlarning abstrakt turlarini ushbu dasturlash tiliga mos ma’lumotlar turi va operatorlar yordamida ishlab chiqiladi.Ma’lumotlarning abstrakt turlarini tavsiflash uchun o’zida o’zgaruvchilarning aniq to’plamini, mumkin bo’lgan ma’lumotlar turini mujassamlashtirgan ma’lumotlar tuzilmasidan foydalaniladi.Ma’lumotlar tuzilmasining qurilish materiali tayanch yoki tarkibli ma’lumotlar turini saqlashga mo’ljallangan yacheykalar hisoblanadi. Ma’lumotlar tuzilmasi yacheykalar majmuasiga boshqa yacheykalar vakili (ya’ni ko’rsatkichlar) sifatida nom berish orqali ishlab chiqiladi.Ma’lumotlar tuzilmasi oddiy (tayanch, sodda) va integrallashgan (tarkibli, murakkab) tuzilmalarga (turlarga) bo’linadi.Oddiy tuzilma deganda, bitdan boshqa qismlarga ajralmaydigan ma’lumotlar tuzilmasi tushiniladi. Fizik tuzilma nuqtai nazaridan olib qaralganda, komp’yuter arxitekturasi va dasturlash tizimlarida oddiy turning qanday o’lchamga ega bo’lishi va xotiraga joylashish tuzilishi qanday ko’rinishga ega ekanligini oldindan aytib bera olishimiz kerak. Mantiqiy nuqtai nazardan esa, oddiy ma’lumotlar bo’linmas birlik hisoblanadi. Integrallashgan tuzilma deganda uni tashkil etuvchilar boshqa ma’lumotlar tuzilmasi – oddiy yoki o’z navbatida tarkibili tuzilmalar bo’lgan ma’lumotlar tuzilmasi tushiniladi. Integrallashgan ma’lumotlar tuzilmalari dasturchilar tomomnidan dasturlash tizimlari taqdim etadigan vositalardan foydalangan holda yaratiladi. Tuzilma elementlari orasidagi bog’liqlikning mavjudligi yoki mavjud emasligiga qarab bog’lanmagan (vektor, massiv, satr, stek, navbat) va bog’langan (bog’langan ro’yxatlar) tuzilmalarga ajratiladi.Ma’lumotlar tuzilmasining eng muhim belgilaridan biri – bu uning o’zgaruvchanligi, ya’ni elementlar sonining o’zgarishi yoki elementlar orasidagi bog’lanishning o’zgarishi hisoblanadi. Tuzilmaning o’zgaruvchanligi deganda elementlari qiymatining o’zgarishi tushinilmasligi kerak, ya’ni bunday holda barcha tuzilmagan o’zgaruvchan tuzilma hisoblanib qoladi.Foydalanilgan adabiyotlar
Download 246.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling