Maʼlumotlarni qidirish tizimi Reja: Qidiruv tizimlari
) veb-sahifalarni server dasturiga yuklash
Download 1.26 Mb.
|
Kadamova Munira 207
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qidiruv tizimlariga: GOOGLE, ALTAVISTA,YANDEX,RAMBLER,APORT,MILLIY kabilar kiradi.
1) veb-sahifalarni server dasturiga yuklash
2) yuklangan veb-sahifalarni saralash 3)saralangan maʼlumotlarni tartiblash 4) toʻplangan maʼlumotlarni server maʼlumotlar bazasiga joylashtirish 5) foydalanuvchi va server bilan qidiruv uchun aloqa vositasida sifatida ishtirok etish. Qidiruv tizimlariga: GOOGLE, ALTAVISTA,YANDEX,RAMBLER,APORT,MILLIY kabilar kiradi. Google qidiruv tizimi Google Alphabet kompaniyasiga tegishli transmilliy korporatsiyadir. Amazon, Apple, Meta va Microsoft kompaniyalari bilan birgalikda „Katta Beshlik“ axborot texnologiyalari kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Google qidiruv roboti tarkibida User Agent bor. User Agent — Googlebot(Qidiruv roboti) — bu sahifalarni tarkibini qidirishda indekslash uchun skaner qiluvchi asosiy robotlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari bu kabi bir qancha robotlar mavjud: — Googlebot-Mobile — mobil qurilmalar saytlarini indekslovchi robot; — Google Search Appliance (Google) gsa-crawler — yangi apparat-dasturiy kompleksi Search Appliance ning qidiruv roboti; — Googlebot-Image — rasmlarni indekslash uchun sahifalarni skaner qiluvchi robot; — Mediapartners-Google — sahifalar tarkibida uchrovchi AdSense boʻyicha skaner qiluvchi robot; — Adsbot-Google — AdWords boʻyicha skaner qiluvchi robot. Ushbu tizim hozirda internetda mashhurligi boʻyicha birinchi oʻrinda bormoqda (u 70 % qidiruv soʻrovlarini amalga oshiradi). Hozirda u kuniga 50 million qidiruv soʻrovlarini roʻyxatdan oʻtkazadi va ayni vaqtda 8 milliarddan ortiq veb sahifalarni indeksatsiyalagan. Google qidiruv tizimi 101 tadan ortiq tillarda soʻrovlarni qayta ishlaydi va 132 mingdan ortiq kompyuterlardan iborat (2004-yil avgust oyi maʼlumotlariga asosan). Google interfeysi murakkab soʻrovlar tilidan tarkib topgan. Soʻrov jarayonida alohida domenlar, tillar, fayl turlari va hokazolar boʻyicha soʻrov sohasini yanada aniqroq boʻlishini taʼminlaydi. Masalan, „intitle:Google site:wikipedia.org“ soʻrovi Vikipediada mavjud boʻlgan mavjud tillardagi barcha maqolalarda, shuningdek sarlavhalarda Google soʻzi uchrovchi natijalarni koʻrsatadi. Ushbu murakkab va koʻplab imkoniyatlarga ega boʻlgan soʻrov tili xakerlar tomonidan veb saytlarni tadqiq qilishda foydalanishi mumkin. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling