Variatsion kenglik (R) yoki limit deganda belgining eng katta va kichik hadlari orasidagi farq (tafovut) tushuniladi va u quyidagicha aniqlanadi: R= Xmax - Xmin
Variatsion kenglik (R) yoki limit deganda belgining eng katta va kichik hadlari orasidagi farq (tafovut) tushuniladi va u quyidagicha aniqlanadi: R= Xmax - Xmin
bu erda: R- variatsion kenglik; Xmax - belgining eng katta darajasi;
Xmin – belgining eng kichik darajasi.
Variatsion kenglik ayrim kamchiliklarga esa:
birinchidan, ikki chetki hadga asoslangan, ular tasodifiy bo’lishi mumkin;
ikkinchidan - hadlar o’rtacha bilan taqqoslanmaydi.
Shu sabablar orqali, bu ko’rsatkichdan qatorning hadlari bir-biridan unchalik katta miqdorda farq qilmaydigan sharoitlarda foydalanish mumkin.
Variatsion qator ko‘rsatkichlari diskret yoki uzluksiz bo‘lishi mumkin. Diskret (alohida ko‘rsatkich) –donali ko‘rsatkich, ko‘rsatkichlar orasida gradatsiya yo‘q.
Variatsion qator ko‘rsatkichlari diskret yoki uzluksiz bo‘lishi mumkin. Diskret (alohida ko‘rsatkich) –donali ko‘rsatkich, ko‘rsatkichlar orasida gradatsiya yo‘q.
Asosan matematik statistikada diskret ko‘rsatkichlar bilan ishlanadi, ko‘rsatkichlarning uzluksizligi alohida ahamiyat kasb etadi, bunda variantlar diskret hisoblanadi.
Taqsimlanishni tuzish bu birlamchi ma’lumotlarni sinf va darajalarga ajratish, bu tahlil qilish imkoniyatini beradi.
Taqsimlanishni birinchi bosqichi bu qatorlarni tartibga keltirish hisoblanadi. Qatorni tartiblash bu sonlarni ma’lum bir tartibga keltirish hisoblanadi. Masalan kattadan kichikka yoki kichikdan kattaga qarab tartiblashdir.
X: 168 160 172 174 163 165 167 172 173 174 182 162 165
Masalan yuqoridagi X qatorni tartiblash holatiga keltiramiz: X: 160 162 163 165 165 167 168 172 172 173 174 174 182Statistikada sonlarni tartiblash keyingi ishlarni osonroq qilish imkoniyatini yaratadi. Bu jarayonlarga tartiblash, variatsion qatorni aniqlash, mediana, modani topish va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |