Ma'lumotlarning relyatsion modeli (mrm)
Download 114.3 Kb.
|
2-Ma'lumotlarning relyatsion modeli
2-rasm. TALABALAR va BAHOLAR munosabati tashqi kalit bog'lanishi Agar aloqalar ixtiyoriy bo'lsa, tashqi kalit qiymati aniqlanmagan (null) bo'lishi mumkin. Aslida, tashqi kalitlar har xil turdagi (ota va tobe mohiyatni) mohiyatlarning nusxalarini mantiqan bog'laydi.
Tashqi kaliti bilan butunlikni cheklash ikki holatda tekshiriladi: -tobe jadvalga yozuv qo'shganda, MBBT tobe jadvalida xuddi shunday tashqi kalit qiymatiga ega yozuvlar yo‘ligini tekshiradi; - yozuvlarni ota-jadvaldan o'chirishda, MBBT tobe jadvalida xuddi shunday tashqi kalit qiymatiga ega yozuvlar yo‘ligini tekshiradi. Demak, ma'lumotlarning relyatsion modeli - bu ma'lumotlarni munosabatlar to'plami sifatida namoyish qilinishiga asoslangan ma’lumotlar modeli bo‘lib, ularning har biri ma'lum bir to'plamlarning dekart ko‘paytmasi qismiy to'plamidir. RMM da ma'lumotlar bilan ishlash relyatsion algebra (RA) amallari yoki relyatsion hisoblash yordamida amalga oshiriladi. Relyatsion algebra to‘plamlar nazariyasiga, relyatsion hisoblash esa matematik mantiqqa (aniqrog'i, birinchi darajali predikat hisobiga) asoslangan. Relyatsion algebra amallarini ko'rib chiqamiz.
Download 114.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling