Мамадалиева Сайёра


Download 0,63 Mb.
bet22/25
Sana09.06.2023
Hajmi0,63 Mb.
#1467215
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
МАМАДАЛИЕВА САЙЁРА

UMUMIY XULOSA

Maktabgacha katta yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalash mazmuni bolaning ma`naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqozo etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 1) bolalarda axloqiy his-tuyg’ular va xatti-harakatlarni tarbiyalash; 2) xulq madaniyati va ijobiy his-tuyg’ularni tarbiyalash; 3) axloqiy xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish.


Maktabgacha ta`lim muassasalarida axloqiy tarbiyani tashkil etishda quyidagi jihatlarga alohida e`tibor qaratish lozim: 1) kichik, o’rta, katta guruh bolalari uchun sodda elementlar axloqiy tushunchalar xaqida ma`lumot berish; 2) har bir o’rgatiladigan u yoki bu fazilatlarni rasmlar, mul`tik tasmalar, diopazitivlar va bolalarni jonli xarakatlari orqali tushuntirish; 3) bola doimiy ravishda “nima yaxshi-yu, nima yomon?” so’zining ma`nosini anglab o’z fikrini sodda bayon etishi”.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma`naviy-axloqiy hislari to’la shakllanmagan, biroq bu xil munosabat uning hayotida muhim rol o’ynaydi. Bu yoshdagi bolalarning fahm-farosati, qiziqishi, intilishlari, tengdoshlari hayoti bilan ko’proq bog’liq bo’lib, anna shu tengdoshlari jamoasidagi voQea-hodisalarga hissiy munosabatni namoyish qiladi.
Ma`lumki, psixologiyada yo’naltiruvchi maqsad ta`limoti mavjud. Unga ko’ra shaxsning biror faoliyatga munosabatini xulqining qanday yo’nalish kasb etishi, xatti-harakati uchun zarur bo’lgan ruhiy holatining ta`siri tushuniladi. Odamning qanday ish qilishi uning ruhiy holatiga bog’liq bo’lib, biror faoliyat, hatti-harakat, muomala-munosabat tayyorgarliksiz, ya`ni shunday qilishga xohishsiz ro’yobga chiqmaydi. Tarbiyachi hamisha o’z faoliyatida shunday yo’naltiruvchi maqsad qo’yib ishlasagina, natija yuqori bo’ladi. Shuningdek, pedagogikada “ustuvor maqsad” degan tushuncha mavjud. Biz shu g’oyaga asoslanib, mashg’ulotning maqsadini belgilashda va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda ma`naviy-axloqiy tarbiyani ustun maqsad sifatida belgiladik. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mehr-shafqat, mehnatsevarlik, insonparvarlik, do’stlik, mas`uliyatlilik kabi ma`naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish tarbiyachining bevosita mashg’ulotdagi faoliyatidan boshlanishini inobatga olib, tadqiqot davomida bolalarda ma`naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash borasida quyidagi yo’naltiruvchi maqsadlar belgilandi:
1. Bolalarda mehnatsevarlik – ishtiyoqlilik, qiziquvchanlik, sabrlilik, irodalilik fazilatlarini maqsadga muvofiq shakllantirib borish.
2. Insonparvarlik – do’stlariga yordam berishga shaylik, kamtarlik, xushmuomalilik, odoblilik, saxiylik, beozorlik fazilatlarini tarbiyalash.
3. O’rtog’iga nisbatan (umuman odamlarga nisbatan) hurmat, mehr, rahm-shafqat, g’amxo’rlik, rostgo’ylik fazilatlarini tarbiyalash.
4. Kichikligidanoq bolada tartiblilik, ozodalik, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini nazorat qilish fazilatlarini tarbiyalab borish.
Bolalarda ma`naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash ustun maqsad qilib belgilash bilan uni amalga oshirish uchun mashg’ulotda qanday vazifalarni hal etish yordam berishligini ham aniqlash zarur edi, bunda quyidagilarni belgiladik:
- ma`naviy-axloqiy fazilatlarning ma`nosi va mohiyatini anglab olishi, bunga doir tushunchalarni shakllantirishni;
- mehnatsevarlik, insonparvarlik, do’stlik, mas`uliyatlilikka nisbatan qadriyatli munosabatni uyg’otish;
- ma`naviy-axloqiy fazilatlarni o’z-o’zida namoyon eta olishiga imkon beruvchi amaliy faoliyat bilan uyg’unlikni ta`minlash kabilar.
Bolalar xayolini boyitish va turmush bilan kengroq tanishtirish uchun suratlar ko’rsatib turish juda katta ahamiyatga egadir. Buning uchun faqat bolalar jurnallaridan olingan rasmlardan foydalanibgina qolmay, balki istagan rasmlar yoki gravyuralar yoxud fotorasmlarning ko’chirmasidan foydalanish mumkin, faqat ular mazmun jihatdan muvofiq bo’lishi kerak, xolos.
Televizor, video, kino faqat bolalarnigina emas, balki kattalarni ham tarbiyalovchi eng qudratli omildir. Har bir kinofilm davlat kinostudiyalarida yaratilsa, tomoshabin bolalarga ko’p foyda keltiradi. Mustaqillik yillarida yaratilgan kinofilmlarning ko’pi badiiy jihatdan yuksak bo’lib, tarbiya ishlarida juda yaxshi vositadir. Shunday bo’lsa ham, aslo bundan, bolalarning kino-teatrlarga borishlarini cheklamaslik va nazoratsiz qo’yib berish mumkin ekan, degan xulosa chiqarmaslik kerak.
Oilada ma`naviy tarbiyaning kundalik xotira daftarlari yuritish, do’stlar bilan xat yozishib turish, bolalarning sayr guruhlarida ishtirok etishlari, mahalla, hovlini obod qilish ishlarida bolalarning ishtirok etishlari, hovlidagi bolalarni uyushtirish, uchrashuvlar, o’yinlar, sayrlar tashkil qilish kabi shakllarni qo’llash mumkin.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling