Мамадалиева Сайёра


II БОБ. ОИЛАДА МАКТАБГАЧА КАТТА ЁШДАГИ БОЛАЛАРНИНГ МАЪНАВИЙ-АХЛОҚИЙ СИФАТЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ МЕТОДИК ШАРТ-ШАРОИТЛАРИ


Download 0.63 Mb.
bet2/25
Sana09.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1467215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
МАМАДАЛИЕВА САЙЁРА

II БОБ. ОИЛАДА МАКТАБГАЧА КАТТА ЁШДАГИ БОЛАЛАРНИНГ МАЪНАВИЙ-АХЛОҚИЙ СИФАТЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ МЕТОДИК ШАРТ-ШАРОИТЛАРИ

2.1. Оилада мактабгача катта ёшдаги болаларнинг маънавий-ахлоқий сифатларини шакллантириш мазмуни………………...........................................


2.2. Оилада мактабгача катта ёшдаги болаларнинг маънавий-ахлоқий сифатларини шакллантириш шакл ва методлари………......................................
2.3. Оилада мактабгача катта ёшдаги болаларнинг маънавий-ахлоқий сифатларини шакллантириш воситалари…………................................................
Иккинчи боб бўйича хулосалар...............................................................................


III БОБ. ОИЛАДА МАКТАБГАЧА КАТТА ЁШДАГИ БОЛАЛАРНИНГ МАЪНАВИЙ-АХЛОҚИЙ СИФАТЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ САМАРАДОРЛИГИ

3.1. Оилада мактабгача катта ёшдаги болаларнинг маънавий-ахлоқий сифатларини шакллантиришга доир тажриба-синов ишлари методикаси.........


3.2. Оилада мактабгача катта ёшдаги болаларнинг маънавий-ахлоқий сифатларини шакллантиришга доир тажриба-синов ишлари натижалари..........
Учинчи боб бўйича хулосалар.................................................................................

Умумий хулоса ва тавсиялар....................................................................................


Фойдаланилган адабиётлар рўйхати.......................................................................
Иловалар....................................................................................................................
Kirish


Mavzuning dolzarbligi.Mustaqillik xalqimiz, millatimiz taraqqiyoti uchun keng ufqlar ochib berdi. Hozirgi kunda mamlakatimiz bor kuch-qudratini demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishga yo’naltirgan. Respublikamizda qabul qilingan o’ziga xos islohot modeli orqali biz o’z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo’yar ekanmiz, mazkur masalani samarali hal etish birinchi navbatda, o’sib kelayotgan yosh avlodning axloqiy barkamolligiga, g’oyaviy-siyosiy Yetukligiga, milliy o’zligini qanchalik chuqur va mukammal anglab olganliklariga ham bevosita bog’liqdir. Mustaqil fikrlay oladigan, dunyoqarashi va tafakkuri keng barkamol insonlar yurtimiz taqdirini hal qiladilar. Shuning uchun ham kelajakka munosib bo’lgan ma`naviy jihatdan Yetuk yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. “Ma`naviyat sohasidagi ishlarimizning pirovard maqsadi, – deydi I.A.Karimov, – iymon-e`tiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro ma`naviyatini shakllantirishdir. Ya`ni mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat”1.
Yuksak ma`naviy madaniyat, yuksak axloqiy sifatlarga ega bo’lgan shaxsni tarbiyalash muammosi siyosiy, iqtisodiy, fuqarolik va ma`naviy-madaniy cohalarda islohotlar jadallik bilan amalga oshirilayotgan bugungi kunda, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida uzluksiz ta`lim tizimini takomillashtirish, jahon ta`limi standartlari darajasida shaxsga ta`lim berish va ijtimoiy tarbiya samaradorligini oshirish davlat siyosatining ustivor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Jamiyat ma`naviyatini yuksaltirishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish talabi ta`lim tizimini takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Ushbu vazifa faqatgina bola maktabgacha yoshdan boshlab, amalga oshirilsagina, muvafaqqiyatli bajarilish mumkin. Bunda oiladagi tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki oilada bolada dastlabki ijtimoiy-ma`naviy tajriba shakllanadi; madaniyat, milliy an`analar va axloqiy qadriyatlar bilan tanishadi; fikrlashi rivojlanadi; uning ma`naviy dunyosiga tamal toshi qo’yiladi.
Shuni hisobga olib respublikamizda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da oiladagi tarbiyaga uzluksiz ta`lim tizimining asosiy bo’g’inlaridan biri sifatida muhim o’rin beriladi. U o’zining har bir bosqichida shaxsning qobiliyatlarini izchillik bilan ochib borishga va ko’p qirrali rivojlanishini ta`minlashga qaratilgan2.
Inson ma`naviyatining mazmuni o’ta boy va serqirradir. U inson hayo-tining barcha muhim tomonlarini, ob`ektiv va sub`ektiv jihatlarini qam-rab oladi. Ma`naviyat tamal toshiga go’zallikni anglay bilish, ya`ni insonda maktabgacha yoshdan boshlab shakllanishi mumkin bo’lgan estetik asos qo’yilishi tasodifiy emas. U shaxs ma`naviyatining barcha tashkil etuvchilarining integratsiyasi va rivojlanishiga samarali ta`sir ko’rsatadi3.
O’zbekiston aholisi tarkibi bo’yicha bolalar soni yuqori foizni tashkil etuvchi davlatlar qatoriga kiradi. Uning hududida o’n milliondan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalar yashaydi. Bugungi kunda 20% bolalar ta`lim-tarbiya masalalarini hal qilishga, shu jumladan, bolalarni maktabga tayyorlashga qaratilgan maktabgacha ta`limning ijtimoiy davlat tizimi tomonidan qamrab olingan4.
Oila bolalarga tarbiyaviy ta`sir ko’rsatishning turli shakllaridan va joriy etish metodlaridan iborat juda katta potentsialga ega. Biroq ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini tadqiq etish bu borada ularning bilimlari Yetarli darajada emasligini, oilada ta`lim-tarbiya ishlarini samarali olib borishlari uchun tegishli ko’nikma va malakalarni egallashlari kerakligini aniqlab berdi.
Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishda quyidagi muammolarni hal etishni shart qilib qo’yadi:
- bolaning har tomonlama jismonan, ma`naviy va intellektual rivojlanishi, pedagogika va psixologiyaning zamonaviy metodlarini qo’llash asosida ularda erkin fikrlash, bilim va malakalarni shakllantirish, atrof-olam, jahon madaniyati boyligi va ko’p qirraligi bilan keng tanishtirish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
- bolalarni eng yaxshi an`analarimiz va urf-odatlarimiz asosida, Vatanga va xalqimizga muhabbat va fidoyilik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashda ota-onalar, ta`lim muassasalari va mahallaning rolini kuchaytirish.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling