Мамадалиева Сайёра


Download 0.63 Mb.
bet4/25
Sana09.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1467215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
МАМАДАЛИЕВА САЙЁРА

Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha katta yoshdagi bolalarda milliy an`analar, umuinsoniy qadriyatlar va oila faoliyatini birlashtirish hamda integratsiyalashni ta`minlovchi ma`naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishning metodik shart-sharoitlarini aniqlash va amaliyotga tatbiq etish.
Tadqiqot vazifalari:
1. Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarni milliy an`analar va umuinsoniy qadriyatlarga jalb etish, bolani ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish mazmunini yoritib berish.
2. Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda shakllantirishi lozim bo’lgan ma`naviy-axloqiy sifatlar tizimini aniqlashtirish.
3. Oilaning bolaning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllan-tirishdagi tarbiyaviy ish yo’nalishlari hamda ota-onalarning ma`naviy-estetik sifatlarni shakllantirishga tayyorligining metodik o’ziga xosliklarini aniqlash.
4. Oilada maktabgacha kata yoshdagi bolalarning ma`naviy-estetik sifatlarini shakllantirish uchun ishlab chiqilgan metodik shart-sharoitlarning pedagogik samaradorligini baholash hamda mazkur jarayonni jadallashtirishga xizmat qiluvchi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot ob`ekti: oilada 5-6 yoshli bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish jarayoni.
Tadqiqot predmeti: oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish mazmuni, shakl, metod va vositalari.
Tadqiqot metodlari: ilmiy-nazariy, psixologik-pedagogik va metodik adabiyotlarni o’rganish hamda tahlil qilish; kuzatish, suhbat, so’rovnoma va testlar o’tkazish; oilaviy tarbiyaning ilg’or tajribalarini o’rganish va umumlashtirish, pedagogik eksperiment; matematik statistika metodlari.
Tadqiqotning metodologik asosiniO’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”,“Maktabgacha ta`lim Kontseptsiyasi”, “Bolajon” tayanch dasturi,O’zbekistonRespublikasi PrezidentiI.A.Karimovning yuksak ma`naviyatli shaxsni shakllantirish to’g’risidagi fikrlari, Sharq mutafakkirlarining oilada bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishga doir qarashlari, tarbiya qonuniyat va tamoyillari, tarbiyaga doir zamonaviy yondashuvlar, sotsiologik, pedagogik va psixologik yo’nalishlarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda ilgari surilgan g’oyalar tashkil etadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling