Мамадалиева Сайёра


Birinchi bob bo’yicha xulosa


Download 0.63 Mb.
bet9/25
Sana09.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1467215
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
МАМАДАЛИЕВА САЙЁРА

Birinchi bob bo’yicha xulosa

Mustaqillik xalqimiz, millatimiz taraqqiyoti uchun keng ufqlar ochib berdi. Hozirgi kunda mamlakatimiz bor kuch-qudratini demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishga yo’naltirgan. Respublikamizda qabul qilingan o’ziga xos islohot modeli orqali biz o’z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo’yar ekanmiz, mazkur masalani samarali hal etish birinchi navbatda, o’sib kelayotgan yosh avlodning axloqiy barkamolligiga, g’oyaviy-siyosiy Yetukligiga, milliy o’zligini qanchalik chuqur va mukammal anglab olganliklariga ham bevosita bog’liqdir. Mustaqil fikrlay oladigan, dunyoqarashi va tafakkuri keng barkamol insonlar yurtimiz taqdirini hal qiladilar. Shuning uchun ham kelajakka munosib bo’lgan ma`naviy jihatdan Yetuk yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.


Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalash mazmuni bolaning ma`naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqozo etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 1) bolalarda axloqiy his-tuyg’ular va xatti-harakatlarni tarbiyalash; 2) xulq madaniyati va ijobiy his-tuyg’ularni tarbiyalash; 3) axloqiy xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish.
Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda aniq mezonlarga asoslanish maqsadga muvofiq. Maktabgacha katta yoshdagi bola: 1) O’zbekiston Respublikasida yashayotganini bilishi; 2) o’zi haqida qayg’urishi, o’zining narsa-buyumlarini asrab-avaylashi, gullarni va uy hayvonlarini parvarishlay olishi; 3) ota-onasi, aka-uka, opa-singil, bobo-buvi, o’rtoqlari, tabiatni va butun tiriklikni sevishi; 4) maktabgacha ta`lim muassasasidagi qiz va o’g’il bolalar bilan o’rtoq bo’lishi; 5) uyda, maktabgacha ta`lim muassasasida va o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishga doir topshiriqlarni bajarishda mehnatsevar bo’lishi; 6) tartibsizlik, ifloslik, nohaqlik, yomonlik, qizg’anchiqlikka qarshi turishi; 7) uyda va maktabgacha ta`lim muassasasida foydalaniladigan narsalar, non, elektr toki, suv kabilarni asrab-avaylashi; 8) kattalar, ota-onasi, o’rtoqlariga yordam berishi; 9) rasm chizish, qo’shiq va she`r aytish, raqs tushish, yangi o’yinchoq va o’yinlarni yarata olishi lozim.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling