Мамадалиева Сайёра


Download 0.63 Mb.
bet5/25
Sana09.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1467215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
МАМАДАЛИЕВА САЙЁРА

Ishning farazi. Muammoni nazariy tahlil qilish asosida tadqiqot farazi quyidagicha belgilab olindi: milliy an`analar va umuminsoniy qadriyatlarni o’zlashtirishlari jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shaklllantirishning ilmiy asoslangan metodik shart-sharoitlarini aniqlash va amaliyotga tatbiq etish, ota-onalarning maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ma`naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga doir zaruriy bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning axloqiy madaniyatini rivojlantirish, bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishda ota-onalarning o’z vazifalarini muvafaqqiyatli bajarishlariga tayyorligini ta`minlash orqali mazkur jarayon samaradorligiga erishish mumkin.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1. Milliy an`analar va umuminsoniy qadriyatlar asosida oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ma`naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishning pedagogik-psixologik o’ziga xosliklari aniqlandi.
2. Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda shakllantirilishi lozim bo’lgan ma`naviy-axloqiy sifatlar tizimi ishlab chiqildi.
3. Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish metod va vositalari ishlab chiqildi.
4. Ota-onalarning maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishga tayyorlik mezonlari va darajasi aniqlanib, mazkur jarayon samaradorligini oshirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqotni amalga oshirish bosqichlari. Tadqiqot uch bosqichda amalga oshirildi:
birinchi bosqichda muammoga doir falsafiy, psixologik-pedagogik va metodik adabiyotlar nazariy tahlil etildi va umumlashtirildi; tadqiqotning nazariy qoidalari aniqlashtirildi; mavzuga doir asosiy tushunchalar aniqlashtirildi va mazmuni ochib berildi; tadqiqotning asosiy g’oyalari, uning vazifa va yo’nalishlari aniqlandi.
Ikkinchi bosqichda oilada maktabgacha kata yoshdagi bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish metod va vositalari ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi.
Uchinchi bosqichda oilada maktabgacha kata yoshdagi bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishning metodik shart-sharoitlari samaradorligini aniqlash maqsadida ta`kidlovchi tajriba-sinov ishlari amalga oshirildi; olingan natijalar qayta ishlanadi va tizimlashtirildi; olingan natijalarni amaliyotga joriy etishga doir xulosa va tavsiyalar shakllantirildi, tadqiqot materiallarini magistrlik dissertatsiyasi ko’rinishida rasmiylashtirish kabi ishlar amalga oshirildi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling