Мамадалиева Сайёра


Download 0.63 Mb.
bet14/25
Sana09.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1467215
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
МАМАДАЛИЕВА САЙЁРА

Mas`uliyatlilik. Mas`uliyatlilik shaxsni jazo, izza bo’lishdan hayiqqanligi bois o’zining ijtimoiy burchi yoki faoliyatini to’g’ri tashkil etish istagi bo’lmay, balki, yana, uning aybi bilan biron buyum buzilsa yoki ishdan chiqsa, hech qanday jazo olmasdan ham xijolat tortishidan iboratdir. Bolalarda ularni biron narsani sindirganliklari uchun jazolamay yoki «jazolayman» deb qo’rqitmasdan mas`uliyat tuyg’usining shakllanishiga erishish kerak. Bola ehtiyotsizlik qilganligi natijasida Yetkazgan zararini o’zi payqasin va ehtiyotsizlik qilganligidan pushaymon bo’lsin.
Albatta, bu to’g’rida bolaga aytib, ehtiyotsizlikning hamma oqibatlarini unga tushuntirish kerak. Biroq, bola o’z xatti-harakatlarining oqibatlarini o’zi anglasa, shu maqsadda tashkil etilgan pedagogik faoliyat yanada samarali bo’ladi. Misol uchun, agar bola narsalar solinadigan sumkasini yirtsa, yangisini sotib olib berishga shoshilish yoki uni tashlab yuborish kerak emas, balki sumka muayyan vaqt bolaning ko’z oldida ta`mir talab holda turishi kerak. Ota yoki ona bu sumkani ta`mir qilish haqida bolaning oldida gaplashishlari, maslahatlashishlari kerak. Bola ota-onasiga ortiqcha dahmaza orttirganligi, ular papkaga undan ko’ra ko’proq achinayotganliklari, shu bilan birga bolaning manfaati uchun harakat qilayotganliklarini his etsin. Sumka ta`mir qilingandan keyin esa ota yoki ona hazil tariqasida: «Mana “Exofic» (papkaning nomi) endi yangi sumka bo’ldi. Buni senga bersammikan yoki bermasammikan? Axir, sen buni ehtiyot qilmasang va yana yirtasan-da?» – desa foydali bo’ladi.
Natijada bola o’zining nojo’ya harakatlari ba`zi ko’ngilsiz holatlarni keltirib chiqishini tushuna boshlaydi. Unda tabiiy ravishda xijolat va mas`uliyat hissi paydo bo’ladi. Bola katta bo’lgan sari, bunday tabiiy suratda paydo bo’ladigan mas`uliyat hissi uning uchun zarur va u odat tusiga kirib borishi lozim. Agar bola bu choqlarda ham e`tiborsizlik qilaversa, endi u bilan hazillashib va mas`uliyat hissiga murojaat qilib o’tirmasdan, balki, aksincha, g’oyat jiddiy ohang bilan undan tartibli bo’lishni talab qilish, hatto qattiqroq so’z ham aytish kerak: «Nimaga bunday qilayapsan? O’zingni qo’lga ol, endi bunday ishlar bo’lmasin!»27
Bolalarning biron-bir harakati oilaning boshqa a`zolari, mahalla ahli yoki qarindoshlari manfaatlariga borib taqalgan hollarda ularni mas`uliyat sezib ish ko’rish ruhida tarbiyalash ayniqsa muhimdir. Agar oilada to’g’ri metodik yo’l tutilsa, bolalarga bu fazilatni singdirish uncha qiyin emas.
Ogohlik. Bu shunday muhim fazilat-ki, bolalarda bu fazilat shakllantirilmasa, milliy mustaqillikni mustahkamlash yo’lida kurash samara bermaydi. Bu fazilatning mohiyati nimada? Bu fazilatning mohiyati muayyan bir holat, tahdid, hodisa bilan aloqador bo’lgan barcha tafsilotlarni tezkor ko’ra bilish va tushuna bilishdadir. Kishi biron ish qilayotganda o’zidan keyin hamda yonma-yon boshqa kishilar ham borligi, ular ham nimadir qilayotganini unutmasligi kerak. Jamiyatda ro’y berayotgan o’zgarishlarni his etmaslikka odatlangan kishi ogoh bo’la olmaydi. Mafkuraviy tortishuvlar avj olgan sharoitda ogohlik muhim ahamiyat kasb etadi. Bola biron o’yin bilan mashg’ul ekan, yon-verida nimalar borligi, ularni ham ehtiyot qilish kerakligini unutmasligi zarur. Bola ota yoki onasining magazindan biron narsa sotib olib kelish to’g’risidagi topshirig’ini bajarayotgan ekan, uyga o’z vaqtida qaytishi kerakligini, bu topshiriqdan keyin, o’zi yoki oila uchun yana biron ish qilishi kerakligini esda tutishi kerak.
Bolada bunday qobiliyatni tarbiyalash uchun unga birgina emas, balki bir necha topshiriqni berish foydalidir. Shunday topshiriqlarning eng oddiy misollarini keltirib o’tamiz: «Bozorga borayotganingda do’konga bo’sh shishalarni topshirib, pulini ol. Keyin bozorga o’tib, qovun olib kel. Bozorchada egasiz quti, yoki xaltani ko’rsang, tez undan uzoqqa ket. Militsionerga ayt. Yomon odamlar ularga yomon narsalarni solib qo’ygan bo’lishi mumkin, xo’pmi»28, - deyish mumkin.
Bolalarda ogohlik fazilati oila haqida g’amxo’rlik qilish, uning barcha mayda-chuydalari va juz`iy tomonlaridan xabardorlikni doim mashq qilishda tarbiyalanib boradi.
Tadbirkorlik fazilati qisqa muddat ichida bitkaziladigan bitta topshiriqdan ko’ra ancha ko’p vaqt talab qiladigan topshiriqlarni bajarish uchun zarurdir. Bolaga Yetti-sakkiz yoshidan boshlaboq, bajarilishi uzoq vaqtni talab qila boradigan vazifalarni topshirish kerak, masalan: qo’y-mollarni boqib kelish, polizga suv quyish, hovli yuzini tartibli saqlash, mol-qo’ylarga Yemish berish, ukasiga qarash kabi vazifalarni topshirish kerak.
Pul sarf-xarjini to’g’ri yurita olish,ayniqsa, muhimdir. Bunda bizningcha, har bir oilaga bolaning o’z ehtiyojlari uchun, ayrim hollarda esa oilaning umumiy ehtiyojlari uchun pul sarf qilishiga birmuncha erkinlik berish lozim. Buning uchun oyda bir yoki bir necha marta muayyan miqdorda pul berish, bu pulning nimalarga xarajat qilinishi kerakligini aniq belgilab berish kerak bo’ladi. Bunday xarajatlarning ro’yxati, bolaning yoshiga yoki oilaning qurbiga qarab, turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, 14 yashar bola uchun quyidagicha ro’yxat tuzish mumkin: daftar sotib olish, avtobus puli, maktab xarajatlari, butun oila uchun non, sut sotib olish, uning o’zi va ukasiga muzqaymoq puli. Bola katta bo’lgan sari, bunday xarajatlar ro’yxati ancha mas`uliyatliroq va murakkabroq bo’lib borishi lozim.
Shu bilan birga o’g’il yoki qiz bola topshiriqni qanday bajarayotganligi, xarajat qilish uchun berilgan erkinlikdan qanday foydalanayotgani, (suiste`mol qilmayotibdimi, va h.q.lar)ni ana shularni kuzatib bormoq kerak. Ba`zan bunday xatolar pulning nimaga sarf qilinishi lozimligini to’g’ri ko’rsatma bermaslikdan kelib chiqadi, lekin bolaning o’z huquqlari va imkoniyatlariga Yetarli darajada jiddiy qaramaydigan hollar ham bo’ladi. Bunday hollarda u bilan gaplashib qo’ya qolish, xatolarini ko’rsatib berish va ularni tuzatishga maslahat berish kifoyadir. Har doim tekshirib turish bilan, ayniqsa doimo gumonsirash bilan bolani bezor qilish ham yaramaydi. Bolaning o’ziga topshirilgan vazifaga qanday qarayotganligini ko’ra bilish kerak, xolos.
Ota-onalar o’z farzandlarini tadbirkor va vijdonli kishilar qilib tarbiyalash bilan ularni O’zbekistonning yaxshi fuqarolari ham qilib tarbiyalashlarini esda tutishlari lozim. Oilaning osoyishta va shu bilan birga intizomli tartibda tashkil topishi, bunda ortiqcha asabiylashish, nolishlar bo’lmasligi, ko’tarinki ruh va oila hayotini yaxshilash uchun birlashib harakat qilish ko’proq bo’lishi, nihoyatda muhimdir.




    1. Download 0.63 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling