Мамадалиева Сайёра


Download 0.63 Mb.
bet13/25
Sana09.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1467215
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
МАМАДАЛИЕВА САЙЁРА

Tejamkorlik. Mazkur fazilatga ega bo’lish bozor munosabatlari shakllanayotgan mavjud sharoitda nihoyatda muhimdir. Tejamkorlik – moddiy predmet, xom-ashyo yoki tayyor mahsulotlar maqsadga muvofiq, oqilona hamda tejab-tergab foydalanish, ularni isrof qilmaslikni ifoda etuvchi ijobiy fazilat bo’lib, o’sib kelayotgan avlodda mazkur sifatni tarbiyalash nafaqat ularning shaxsiy farovonligini ta`minlash, shu bilan birga jamiyat taraqqiyotiga erishishning muhim shartlaridan biri. Oila sharoitida bolalarda tejamkorlik fazilati, eng avvalo, ota-onalar tomonidan ularga ko’rsatilayotgan ibrat asosida shakllantiriladi. Ularning oila moddiy farovonligini ta`minlashda muayyan ahamiyatga ega vositalar, uy-ro’zg’or buyumlari, kiyim-kechak, asbob-uskunalar, jihozlarga bo’lgan ehtiyotkorona munosabatlari, o’rinli vaziyatlarda alohida ta`kidlarni qayd etishlari («jihozlarga chizmanglar, ular uyimizni fayzli bo’lishini ta`minlaydi», «ro’zg’or asboblarini foydalangandan so’ng, o’z joyiga qo’yinglar, zarur bo’lganda qidirib yurmaymiz», «nihollarni sindirmanglar, hosilga kirganda, ularning mevasini o’zimiz Yeymiz» va hokazolar), tejamkorlik mavzusida oila davrasida suhbatlarni tashkil etishga ahamiyatni qaratishlari bolalarda tejamkorlikning shakllanishida ta`sirchan metodlar hisoblanadi.
Tashabbuskorlik. Ushbu fazilat ham bozor ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyatda o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan fazilat sanaladi. Ota-onalarning oilaviy tadbirlarni uyushtirishdagi namunalari bolalarda tashabbuskorlik fazilatini shakllantirishga yordam beradi. Tashabbuskorlik oilaviy an`analar asosida uning a`zolarining hamjihatlik, hamkorlikka asoslangan faoliyatlarini tashkil etishni rag’batlantiruvchi ijobiy fazilatdir. Oila a`zolarining hamkorlik va hamjihatlikda muayyan faoliyatni bajarishlari ular o’rtasida mehr-oqibatni qaror toptirish, o’zaro yordam tuyg’ularini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Oila muhitida bolalarda shakllanlangan tashabbuskorlik xislati keyinchalik ularning ijtimoiy jihatdan faol bo’lishlarida o’ziga xos asos bo’lib xizmat qiladi. Bolalarda tashabbuskorlikni shakllantirishda yuqorida qayd etilganidek, ota-onalarning shaxsiy namunalari, bolalar tomonidan ko’rsatilayotgan tashabbuslarning rag’batlantirilib borishi, ularning tashabbuslari asosida uyushtirilayotgan tadbirlarning maqsadga muvofiq kechishiga erishish hamda har bir tadbir (chunonchi, oilaviy hasharni tashkil etish, o’ziga xos yo’nalishda tashkil etilayotgan turli marosimlar – bayramlarda keksa avlod vakillarini yo’qlash, bemorlar holidan xabar olish, moddiy va ma`naviy jihatdan yordamga muhtoj kishilarga yordam ko’rsatish va boshqalar)ning bolalar kamolotiga hissa qo’sha olishini ta`minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ziyraklik. Ziyraklik – insondan ro’y berayotgan ijtimoiy voQea-hodisalar, shuningdek, oilaviy munosabatlar mazmuni va yo’nalishini baholashda Yetakchi o’rin tutuvchi fazilat sanalib, mazkur fazilatni bolalarda shakllantira olish oilaviy munosabatlarning mo’`tadillik kasb etishiga olib keladi. Ziyraklik fazilati bolalarda ularni faol ravishda oilaviy va ijtimoiy tadbirlarga jalb etish, ularning atrofdagilar bilan doimiy muloqotda bo’lishlariga erishish, bolalar faoliyatiga qo’yiluvchi talablarning oshkor emas, balki qisman yoki to’la «yashirin» holda ifoda etilishi asosida kechadi.
Uddaburonlik. Uddaburonlik – shaxs tomonidan muayyan faoliyat yoki xatti-harakatning nihoyatda samarali tashkil etilishini ta`minlovchi fazilat. Ushbu fazilat mavjud vaziyatlarni to’g’ri baholash, eng maqbul shakl va yo’llarni tanlash, faoliyat natijalarini oldindan bashoratlash kabi harakatlarning amalga oshirilishiga yordam beradi. Uddaburonlik bolalarni turli vaziyatlarda muayyan topshiriqlarni bajarishda mustaqil harakatlanish, erkin, shuningdek, oqilona yo’l tutishni taqozo etadi.
Sofdillik. Sofdillik tug’ma fazilat bo’lmay, balki oilada qaror topgan sog’lom muhit, oilaviy munosabatlarni uyushtirishda ustuvor bo’lgan ma`naviy-axloqiy qarashlar negizida tarbiyalanadi. Sofdillik bolaning oshkora samimiy munosabati demakdir. Vijdonsizlik uning ziddi bo’lib, yashirin munosabat demakdir. Agar bolaning muzqaymoq Yegisi kelib, buni u oshkora aytsa, bu – sofdillik bo’ladi. Agar bola bu istagini sir saqlasa-yu, lekin muzqaymoqdan voz kechmay, uni hech kimga ko’rsatmay olishga urinsa, bu vijdonsizlikdir. Agar ona arzanda bolasiga bitta muzqaymoqni boshqa bolalaridan yashirincha bersa, hatto buni boshqa bolalari sezmay qolgan taqdirda ham, ona bu bolani narsalarni bekitiqcha oladigan qilib tarbiyalagan, demak vijdonsizlikka yo’l ochgan sanaladi.
Oila, ro’zg’orda yashirin harakatlarni qilish – bularning barchasi xudbinlik, vijdonsizlikning tarbiyalanishiga asos bo’ladi. Bola kattaroq bo’lgandagina qanday sirni saqlash (ya`ni, dushman, g’animlardan saqlanuvchi, saqlanishi zarur bo’lgan shaxsiy sirini oshkor qilmaslik) lozimligini tushuna olishiga yordam berish zarur.
Ota-onalar bolalarda sofdillikning shakllanib borishiga ahamiyat berishlari maqsadga muvofiqdir. Ular bolalardan hech narsani yashirmay, balki bolani ko’z o’ngida turgan buyum, narsalarni so’roqsiz olmaslikka o’rgatishlari kerak. Ishtiyoq uyg’otadigan har xil narsalarni bolaning ko’z o’ngiga qo’yish asosida ularda ushbu narsa yoki buyumlarga nisbatan ongli yondashuvni qaror topirish kerak. Shu bilan birga, oilada barcha narsaning tartibsiz turishiga yo’l qo’ymaslik taqozo etiladi. Bolaning o’z istagiga ko’ra narsalarni o’zboshimchalik bilan olish, ulardan maqsadsiz foydalanish odati tartibsizlik oqibatida paydo bo’ladi. Ushbu holat esa shaxsda vijdonsizlikning shakllanishini ta`minlovchi omildir.
Agar bolaga biror narsa sotib olib kelish topshirilgan bo’lsa, aytilgan buyumning sotib olinganligi hamda sarflanmagan pul miqdorini aniqlash bolalarda sofdillikning tarbiyalanishiga yordam beradi. Ota-onalar mazkur harakatni nazokat bilan amalga oshirishlari, bolalarda «mendan shubhalanishadi» degan tushuncha qaror topishining oldini olish muhimdir.25
Shunday qilib, bolani juda kichkinaligidan boshlab vijdonli qilib tarbiyalash lozim. Agar bu masalaga parvosiz qaraladigan bo’lsa, yo’l qo’yilgan xatoni tuzatish juda qiyin bo’ladi.
Bolani juda kichkinaligidan narsalarni ehtiyot qilishga odatlantirish lozim. Tejamkorlik barcha vaziyatlarda ham foydali xususiyatga ega bo’lavermaydi. Ma`naviyatli, tadbirkor kishi tejamkorligining ochko’zlik tarzida namoyon bo’lmasligiga erishadi. Bola oilaning umumiy mulkini yaratish, uni asrab-avaylash va ko’paytirish to’g’risida ko’proq qayg’ura olish layoqatiga ega bo’lishi kerak. Reja bilan ish tutish, uzoqni ko’ra bilish kabi eng muhim fazilatlarning asosi tejamkorlikdadir.
Ma`naviy-axloqiy qadriyatlarga asoslangan tejamkorlik dunyoparastlik, ochko’zlikdan tubdan farq qiladi. Ota-onalar bolani juda yoshligidan boshlab shu tariqa reja bilan ish tutishga o’rgatishlari kerak. Ota-onalar oilaning zarur ehtiyojlarini vaqti-vaqti bilan muhokama qilishlari va ularni qondirish yo’llarini belgilashlari kerak. Chunonchi, bola, aytaylik, televizorning eskirib ketganligini, uni tuzatish yoki yangisini sotib olish kerakligini anglay olsa, u o’z ehtiyojlarini qondirish istagini muayyan muddatga unutadi. Tejab-tergab ro’zg’or yuritadigan ota-onalar uchun oilada arzimas, keraksiz buyum bo’lmaydi.
Tejamkorlik shaxsning o’y-fikrlari, xatti-harakatlari va muomalasida namoyon bo’ladi. Juda g’amxo’r va lekin tejab-tergab ish tuta olmaydigan kishilar ham bo’ladi. Bolalarda tejamkorlik fazilatini shakllantirishda nasihatgo’ylik ijobiy natija bermaydi.
Odat mashq natijasida hosil bo’ladi. Shuning uchun, bolani to’g’ri mashq qildirish kerak. Agar bola ota-onaga xizmat qilayotib, choynakni turtib yuborsa, uni ehtiyot qilish to’g’risida uzundan-uzoq nutq so’zlab o’tirmasdan, unga bunday deyish kerak: «Choynakni xontaxta chetiga qo’yma. Qani bir shunday qilib ko’r-chi»». «Choynakni xontaxtaning o’rtarog’iga qo’yishga odatlan. Ana, bo’larkan-ku!». «I-ye! Sen choynakni to’g’ri qo’yishni o’rganib olibsan»26.
Faraz qilaylik, agar olti yashar bola kiyimini iflos qilib qo’ysa yoki yirtsa, unga toza va butun ko’ylak berib: «Mana senga toza, yangi ko’ylak. Senga uch kun muhlat, qani ko’raylik, uning ahvoli qanday bo’lar ekan» deyish mumkin.
Bolada buyumlarni ehtiyotlab, avaylab tutish istagini qaror toptirish kerak, toki u poyafzalini toza tutishga shu qadar odatlanib ketsinki, kir tufli kiyishni sira istamaydigan bo’lsin.
Bolani faqat o’z oilasidagi buyumlargagina emas, balki boshqa kishilarga tegishli bo’lgan buyum, mulkka nisbatan ham shunday munosabatda bo’lishga o’rgatish zarur. Shu bois hech vaqt bola ko’cha, bog’ yoki madaniy dam olish imkoniyatini beruvchi muassasalardagi buyumlarga nisbatan beparvo munosabatda bo’lishiga yo’l qo’ymaslikka o’rgata borish lozim.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling