Мамадалиева Сайёра
III BOB. OILADA MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI MA`NAVIY-AXLOQIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH SAMARADORLIGI
Download 0.63 Mb.
|
МАМАДАЛИЕВА САЙЁРА
III BOB. OILADA MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI MA`NAVIY-AXLOQIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH SAMARADORLIGI
Oilada ma`naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishga doir ota-onalarning pedagogik malakalarini tashxis etish Bolalarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalash oila tarbiyasining eng muhim sohasidir. Ular kelajakda o’zlari ham yo ota, yo ona bo’ladilar, o’z bolalarining tarbiyachilariga aylana boradilar. Bolalarimiz yaxshi ota va onalar – millat tarbiyachilari bo’lib Yetishmoqlari uchun ular to’g’ri tarbiya qilinsa, qariganda baxtimiz yor bo’ladi, yomon tarbiya qilsak, el-ulus oldida, butun mamlakat, dunyo oldida sarbaland bo’la olmaymiz. Bu esa ota-onalarning pedagogik mahoratiga bog’liqdir. Biz ushbu masalada J.Hasanboyev, M.Turopova, O.Hasanboyevalar tomonidan taklif etilgan rejadan ijodiy foydalanildi. Pedagogik bilim ota-onalar uchun nihoyatda zarur. Bu bilim maktabda, mahallada va kundalik axborot vositalari orqali berib boriladi. Lekin hayotimizdagi yangi-yangi muammolar pedagogik bilimni yanada kuchaytirishni, chuqurlashtirishni talab etadi. Maktabgacha ta`lim muassasasida ota-onalarning pedagogik bilimlari turli shakllarda amalga oshiriladi: 1. Pedagogik ma`ruza. 2. Ota-onalarga ta`lim muassasasi tomonidan ko’rsatiladigan pedagogik-psixologik yordam. 3. Ota-onalar kuni («Savollaringizga javob beramiz»). Ota-onalar uchun ma`ruza ota-onalarningpedagogik va metodik bilimlarini oshirishga yo’naltirilgan faoliyat turlaridan biri sanaladi. Ota-onalar uchun mo’ljallangan ma`ruza ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi kerak. Ota-onalar uchun pedagogik va metodik bilim beradigan ma`ruzalarning quyidagi mavzular bo’yicha tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir: milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish va barkamol inson tarbiyasida ota-onaning o’rni; oilada iqtisodiy tarbiya; ma`naviy meros va oila; farzandlarimizni diniy aqidaparastlikdan saqlash; bolaning jinoyatchi bo’lishiga asosiy sabablar; Vatan tuyg’usi bilan yashashga o’rgatish; siz o’z ajdodlaringizni bilasizmi? Oilanoma yaratish masalalari; mutafakkirlar ijodiyotida oila tarbiyasi; farzandga adolat – to’g’ri tarbiya asosidir; oilada iymon-e`tiqod tarbiyasi. Ota-onalarning pedagogik va metodik bilimlarini boyitish maqsadida mavzular muayyan loyihalar asosida tashkil etildi. Bu o’rinda ulardan biri namuna sifatida keltiriladi. Mavzu: «Ma`naviy meros va oila». Maqsad: Ota-onalarga o’tmish mutafakkir va ma`rifatparvarlar asarlaridagi bolani oilada tarbiyalash haqidagi ta`limotlar bo’yicha bilim berish. Ma`ruzani ta`minlovchi manbalar sifatida quyidagilardan foydalanish maqsadga muvofiq30: a) o’tmishdagi ma`rifatparvar va mutafakkirlarning asarlari (Abu Ali ibn Sinoning «Tadbir al-manozil», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Husayn Voiz Koshifiyning «Axloqiy Muhsiniy» asarlari)dagi oila tarbiyasiga doir g’oyalar. b) ko’rgazmalar – allomalarning rasmlari va kitob namunalari. v) didaktik materiallar, dono so’zlar yozilgan kartochkalar. Ma`ruzaning kirish qismida mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi hamda milliy meros haqida tushuncha beriladi. So’ngra yuqorida nomlari qayd etilgan asarlarda ilgari surilgan oila, ota-onani hurmat, ota-onaning farzand oldidagi vazifa va burchlari haqidagi ta`limotlar to’g’risida qisqacha so’z yuritiladi. Oilada ayol va erkak fazilatlari, farzand burchini anglash muammolari axloq-odob tarbiyasidagi dono fikrlar, rivoyat, hikoyat, tanbehlar orqali asoslab, tushuntirilib, maktab hayoti bilan bog’lanadi. Ma`ruzaning yakuniy qismida esa milliy meros g’oyalaridan oila tarbiyasini samarali tashkil etishda foydalanishga doir metodik ko’rsatma va tavsiyalar beriladi. Maktabgacha ta`lim muassasasida «Ota-onalar kuni»ni tashkil qilish milliy pedagogik madaniyatni shakllantirishning faol shakllaridan biridir. Ota-onalarni maktabga ma`lum kunda taklif etib, turli o’quv tarbiya ishlaridan xabardor qilish an`anaviy ahamiyatga ega bo’lib, u «Maktabgacha ta`lim muassasasida ota-onalar kuni» yoki «Ochiq eshiklar kuni» deyilad31i. Bunda ish tartibi quyidagicha bo’lishi mumkin: Pedagogik maslahat burchagini tashkil etish. Bolalar ijodiyotidan ko’rgazmalar uyushtirish. Ochiq darslarga ota-onalarni taklif qilish. Tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirish. Ota-onalar uchun kontsert dasturini namoyish etish. Ota-onalar va maktabgacha ta`lim muassasasi hamkorligi metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilsa, ijobiy natija beradi. Buning uchun hozir ota va onalar bu ishning nihoyatda muhim bir pedagogik ish ekanligini, bu ishda javobgarligini hamisha esda tutishlari lozim. Oilada bolalarni ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish masalasiga bag’ishlangan mazkur tadqiqotda biz tarbiya ishining ayrim jihatlari: intizom, ota va ona obro’si, o’yin, ovqatlanish va kiyinish, odob kabi masalalar haqida alohida fikr yuritamiz. Zero, bularning barchasi –ma`naviy-axloqiy tarbiya ishida foydali metodlarni taqozo etadigan juda muhim usullardir. Biroq, ushbu metodlarning mohiyatini yoritishdan avval umumiy ahamiyatga ega bo’lgan, ma`naviy-axloqiy tarbiya unsurlarining barchasiga aloqador bo’lgan masalalar yuzasidan to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq sanaladi. Ma`lumki, bolani qayta tarbiyalagandan ko’ra, uni boshdan to’g’ri tarbiyalash oson ko’chadi. Bolani kichik maktab yoshidan boshlab to’g’ri tarbiyalash, ko’plar o’ylagandek qiyin ish emas, har bir ota, har bir onaning qo’lidan keladigan ish. Qayta tarbiyalash murakkab jarayon, shu sababli bolalarni yoshligidan to’g’ri tarbiyalashga jiddiy e`tibor berish kerak. Agar bola noto’g’ri tarbiyalangan bo’lsa, uning nuqsonlari vaqtida payqamay qolinsa, tarbiya jarayonida hafsalasizlikka yo’l qo’yilsa – unda tarbiya jarayonini qayta tashkil etish, yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatish lozim. Qayta tarbiyalash ko’p kuch, bilim va sabr-toqatni talab qiladi. Bu sifatlar esa har bir ota-onada ham bo’lavermaydi. Ko’pincha, shunday hollar ham bo’ladiki, ular oiladagi qiyinchiliklarni bartaraf qilolmay, farzandlardan norozi bo’ladilar. Bu o’rinda o’zbek milliy pedagogikasining asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning quyidagi fikrlari ahamiyatlidir: Tug’ib tashlov bilan bo’lmas bola. Bo’lgay balo sizga. Vujudi tarbiyat topsa Bo’lur u rahnamo sizga. Ota-onalarning pedagogik malakalarini oshirishga qaratilgan targ’ibot-tashviqot ishlarida allomaning yuqoridagi o’gitini yodda tutish, bolalarni qayta tarbiyalanishlariga hojat qoldirmay tarbiyalash zarur. Pedagogik kuzatishlarning ko’rsatishicha, oila tarbiyasida xatolarga yo’l qo’yilmaslik ota-onalarning bola tarbiyasi uchun mas`uliyatni to’lahis qilishlariga bog’liq. O’zbek oilalarida tarbiya jarayonini tashkil etishda foydalanilayotgan metodlarini aniqlashga qaratilgan harakat bu borada ayrim pedagogik xato va kamchiliklarning mavjudligini ko’rsatdi. Ana shunday kamchiliklardan biri – bolaga haddan tashqari jonkuyarlik, g’amxo’r bo’lishdir. Ota-onalarning jonkuyarligi me`yoridan oshib ketmasligi kerak. Jonkuyarlik oiladagi bolalarning barchasiga nisbatan teng bo’lishi zarur. Katta oilada bolalar juda yoshlikdan boshlab jamoaga odatlanadi, o’zaro aloqa, muomala, milliy odob tajribasini hosil qiladi. Katta va kichik bolalar orasida mehr va do’stlik turlicha shaklda paydo bo’ladi. Ular – aka-ukalar, opa-singillar o’rtasida o’zaro ruhiy yaqinlik, qarashlar birligi, bir-birlariga nisbatan mehr-muhabbat qaror topadi. Jiddiy e`tibor berishga arziydigan yana bir pedagogik masala – bu oilaviy milliy tarbiyaning maqsadini ota-onalar tomonidan to’g’ri tushunilishi hisoblanadi. Ba`zi oilalarda bu masalada mavhumlik borligi tufayli, ota bilan ona bolalarni o’z holiga tashlab qo’yadi. Ularning bolalar bilan, bolalarning ular bilan ishi bo’lmaydi. Ota bilan ona «xudo hohlasa hamma narsa o’z-o’zidan bo’lib ketaveradi», – deb ishonishadi. Ota bilan onaning tarbiya masalasida ochiq-ravshan maqsadi, muayyan dasturi bo’lmagach, natija ham doim salbiy, mavhum bo’ladi. «Mening bolam qayerdan bunchalik yomon bo’lib qoldi ekan», deb afsuslanadi, taajjublanadi. Chunki nimaga erishilmoqchi bo’lganligi ma`lum bo’lmasa, hech qanday ishni yaxshilab bajarib bo’lmaydi. Buning oldini olish uchun har bir ota-ona bolalarida o’zi qanday sifatlarni tarbiyalamoqchi bo’lganligini yaxshi bilishi kerak. Yosh avlodning bilimdon, g’ayratli, milliy g’ururli, xalqi va milliy istiqlol g’oyasiga sadoqatli, mehnatsevar, axloqli fuqaro sifatida tarbiyalash yoki nokas, qo’rqoq va mug’ombir shaxs bo’lib tarbiyalanishlarining oldini olish zarur. Oila ishlari jamoat ishlari bilan bog’liq holda, ota-onaning faoliyatida aks etmog’i, siyosiy va fuqarolik siymosiga zid bo’lib qolmasligi lozim. Ota-onalar jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni his eta olishlari va bu haqida farzandlar bilan suhbatlarni tashkil etishlari maqsadga muvofiqdir. Ota-ona hayoti, quvonch va tashvishlari bolalarni ham qiziqtirishi kerak. Ular ota-onani vatanparvar, fidoyi deb bilishlari va ota-onaning muvaffaqiyatlari, millatga qilayotgan xizmatlari bilan faxrlanishlari kerak. Ota-ona xulq-atvori hal qiluvchi namunadir. Ota-onalar faqat bolalar u bilan gaplashganda, nasihat qilganda, yoki ular biror narsa buyurgandagina tarbiyalamaydi. Ular bolani turmushning har bir daqiqasida tarbiyalashadi. Ota-onaning qanday kiyinishi, boshqalar bilan muomalasi va boshqalar haqida nima deyishlari, xursand bo’lishi yoki tashvishlanishi, tanish va notanishlar bilan qanday muomala qilishi, kulishi, gazeta o’qishi – bularningbarchasi bola uchun katta ahamiyatga ega. Gap ohangi sal o’zgarsa ham, bola buni darrov payqab oladi, sezadi. Bola fikrdagi o’zgarishlarni ham bilib oladi. Agar ota-ona qo’pollik yoki maqtanchoqlik qilsa, yoki millat ahamiyatiga molik masalalarga befarqlik qilsa – bolalarga nihoyatda katta zarar Yetkazgan bo’ladi. Bolalarda loqaydlikni tarbiyalay boshlagan bo’ladi va buning oqibati juda yomon bo’ladi. Ota-onaning o’ziga talabchan bo’lishi, o’z oilasini hurmat qilishi, o’zining har bir qadamini nazorat ostiga olishi – milliy tarbiyaning birinchi va eng asosiy shartidir. Ma`naviy-axloqiy tarbiya eng jiddiy, eng oddiy va samimiy muomalani talab qiladi. Oilaning eng to’g’ri pedagogik yo’li ana shu uch xususiyatdan iborat bo’lmog’i kerak. Salgina bo’lsa ham yolg’on, sun`iylik, Yengiltaklik aralashsa, tarbiyaviy ish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Ota-ona bolasining nima qilayotganini, qayerdaligini, kimlar bilan birga yurishini yaxshi bilishi kerak, ammo u, faqat ota-onaninggina ta`siri ostida bo’lib qolmasdan, balki turmushning boshqa ijobiy bo’lgan turli-tuman ta`siri ostida ham bo’lishi uchun unga zarur bo’lgan erkinlik berib qo’yilishi kerak ham. Bunda uni bir qobiqda salbiy, zararli ta`sirlardan saqlashim kerak, deb o’ylamaslik kerak, chunki hayotda baribir, unga turli havaslar, yot, zararli kishilar va sharoitlar bilan duch kelishga to’g’ri keladi. Ota-ona uni mana shularning hammasining farqiga boradigan, ularga qarshi kurasha oladigan, ularni o’z vaqtida tanib oladigan qilib tarbiyalashi kerak. Bolani doim boshqalardan ajratib, uyda saqlash bilan, unda faol ijtimoiy xislatlarni tarbiyalab bo’lmaydi. Shuning uchun bolalarning atrofidagi muhitning turli-tuman bo’lishiga yo’l qo’yish kerak. Lekin bu bolalarni nazoratsiz qoldirsa ham bo’laveradi, degani emas. Ota-onalar yaxshi xulqqa ega bo’lishlari lozim. Ota-ona xulq-atvorida o’z-o’ziga qattiq talabchan bo’lishi, bolani hayotdan bezdirmasdan, unga to’g’ri rahbarlik qila bilmoq kerak. Ma`naviy-axloqiy tarbiyada eng asosiy vazifa – oila hayotini tashkil etishda, eng oddiy sabablarni ham hisobga olib tashkil etishdir. Oila tarbiyasi murakkab, davomli va mas`uliyatli ishdir. Ota-onalar bu ishga rahbarlik qiladilar hamda buning uchun jamiyat va bolalarining hayoti oldida javobgardirlar. Agar ota-onalar bu ishni vijdon va ilm asosida bajarsalar, oldilariga aniq milliy tarbiyaviy maqsadlarni qo’ygan bo’lsalar, agar ular o’zlarining har bir xatti-harakatlarini doim yaxshi o’ylab qilsalar, demak, ularning ota-onalik obro’i ham baland bo’ladi va boshqa tayanch qidirishlari ham kerak bo’lmaydi. Ayniqsa, hech qanday sun`iy bir obro’ o’ylab chiqarishlariga hojat qolmaydi. Oilalar hayoti va ota-onalarning faoliyatlari bilan tanishish orqali ularning tarbiya metodlaridan foydalanish tajribalarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bu o’rinda quyidagi savollardan foydalanish ularning oida tarbiyasida milliy xarakterdagi metod va vositalardan qay darajada samarali foydalana olayotganliklarini aniqlashga yordam berdi: Bolalarga ta`sir ko’rsatish vositalarining barchasini ham tarbiyaviy vositalar deb hisoblash mumkinmi? Fikringizni misollar yordamida bayon eting. Samarali pedagogik ta`sir ko’rsatishning yo’llari qanday? Bolalaringizning xatti-harakatlaridan norozi yoki xursand ekanligingizni ularga qanday bildirasiz? Farzandlarning axloqi va xatti-harakatlariga qo’yiluvchi talablar turi va shaklining ko’pligini qanday izohlaysiz? Tarbiya jarayonida ulardan birdek foydalanish maqsadga muvofiqmi? Fikringizni dalillar yordamida asoslashga urinib ko’ring. Farzandlarni kelgusi faoliyatga yo’llashni qachondan boshlash zarur? Ushbu jarayonda qanday usullardan foydalanish samarali hisoblanadi? Hayotiy tajribangizda ushbu holatda qanday usuldan foydalanasiz? Oila sharoitida bolalarda ogohlik hissini shakllantirishning qanday usullarini qo’llash maqsadga muvofiq? Qanday vaziyatda uyaltirish metodi samarali tarbiyaviy vosita bo’la oladi? Fikringizni shaxsiy tajribangiz, hayotiy misollar yordamida bayon eting. Bolalarda tadbirkorlik xislatini tarbiyalashda qanday metodik talablarga amal qilish zarur? Ota-onangiz tomonidan Sizga nisbatan qo’llanilgan tarbiya usullarini eslay olasizmi? Ularning qaysi birlaridan amalda foydalanayapsiz? 10.Tajribangizda qo’llanilayotgan ijobiy va salbiy tarbiya metodlarini guruhlab, salbiylarini cheklashga urining. Har bir oilaning o’ziga xos, individual tarbiya tizimi mavjud. Shu bilan birgalikda har bir millatning o’ziga xos va o’ziga mos tarbiyaviy an`analari, oilaviy tarbiya muhiti, milliy tarbiya metodlarini tanlash va qo’llanishida namoyon bo’ladi. O’zbek oilalarida bu xususiyat milliy urf-odat, rasm-rusumlar bilan ota-bobolarimiz amal qilib kelgan islom dini qadriyatlari, hadislar, rivoyatlar uyg’unligida namoyon bo’ladi. Oilada ma`naviy-axloqiy tarbiya jarayoni, maqsad va vazifalari milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari bilan uyg’un bo’lishi maktabgacha ta`lim muassasasi, oila, mahalla, ijtimoiy tarbiya omillari hamkorligining nazariy va amaliy ta`minotiga olib keladi. Bu esa, oilalarda milliy g’urur, vatanparvarlik, millatlararo muloqot madaniyati, diniy bag’rikenglik, milliy odob, sog’lom e`tiqod, mafkuraviy onglilik, fidokorlik fazilatlarini aniq mezonlar asosida shakllantirishga ota-onalarni tayyorlab borishni taqozo qiladi. Oilaviy ma`naviy-axloqiy tarbiya metodikasini takomillashtirishda hududiy, mahalliy madaniy an`analar, ota-bobolarimiz amal qilgan islom dini tarbiyaviy an`analaridan foydalanish, ota-onalar shakllangan muhitning sotsiopedagogik retrospektiv tahlilidan foydalanish milliy tarbiyadagi izchillik, davomiylik, vorislik va hayotiylikni ta`minlaydi. Amaliyotda ota-onalar faoliyatini bevosita va bilvosita kuzatish, ular o’rtasida amaliy treninglar, suhbat, bahs-munozara va davra suhbatlarini tashkil etish asosida ularning oilada milliy tarbiyani tashkil etish jarayonida samarali, ijobiy mazmunga ega metodlardan foydalana olish ko’nikma va malakalariga egalik darajalarini aniqlashda quyidagi mezonlardan foydalanish mumkin (3.1.1-jadval): Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling