Мамадалиева Сайёра


Muammoning o’rganilganlik darajasi


Download 0,63 Mb.
bet3/25
Sana09.06.2023
Hajmi0,63 Mb.
#1467215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
МАМАДАЛИЕВА САЙЁРА

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Shaxs va jamiyat munosabatlari, ma`naviyat va axloqiy tarbiya masalalari, shaxsni shakllantirishda ijtimoiy munosabatlarning o’rni Sharq mutafakkirlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Husayn Voiz Koshifiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Jaloliddin Rumiy, Abdulla Avloniylarning pedagogik g’oyalari va qarashlarida o’z aksini topgan.
Uzluksiz ta`lim jarayonida yoshlarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalash masalasikeng o’rganilgan sohalardan biri bo’lib, o’ziga xos pedagogik tizimning ishlab chiqilganligi bilan tavsiflanadi. M.Ochilov, K.Hoshimov, R.H.Jo’rayev, O.Musurmonova, S.Nishonova, U.I.Mahkamov, M.Inomova, M.Quronov, S.Ochilov, N.O.Ortiqov, SH.T.Xalilova, N.M.Egamberdiyeva, SH.S.Shodmonova, Q.Quronboyev, SH.Olimov, G.Maxmutova, N.N.Djamilova kabi olimlar ta`limning turli bosqichlarida yoshlarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslarini ishlab chiqqanlar. Ularning tadqiqotlarida ayniqsa, yuqori sinf o’quvchilarining va oliy ta`lim muassasasi talabalarining ma`naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirish, mazkur jarayonda milliy tarbiya asoslaridan samarali foydalanish, barkamol insonni tarbiyalash modelining ishlab chiqilganligi e`tiborga loyiqdir5.
P.Yusupova, R.M.Qodirova, D.Abdurahimova, X.B.Tulenova, D.R.Boboyeva, V.I.Loginova, P.R.Samorukova, V.I.Yadeshko, F.A.Soxina, G.X.Jumasheva, X.I.Kasmova, M.SH.Rasulova, M.A.Solihova, K.S.Shodiyeva, SH.A.Sodiqova va boshqalar tomonidan maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyatining mazmuni, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma`naviy-axloqiy, jismoniy va psixologik jihatdan tarbiyalash, ularda muomala madaniyati va nutq ko’nikmalarini hosil qilish, bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash muammolari tahlil etilgan.
Bugunga kunda maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishga doir qator maqolalar, risolalar nashr etilganiga qaramay, aynan bolada barqaror ma`naviy-axloqiy sifatlar qaror topadigan katta yosh davri (5-6 yosh) alohida tadqiqot ob`ekti sifatida alohida tadqiq etilmagan. Ana shunday dolzarblikdan kelib chiqqan holda biz tadqiqotimiz mavzusini “Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish” tarzija tanladik.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling