Мамадалиева Сайёра


Tadqiqotning tajriba-sinov bazasi


Download 0,63 Mb.
bet6/25
Sana09.06.2023
Hajmi0,63 Mb.
#1467215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
МАМАДАЛИЕВА САЙЁРА

Tadqiqotning tajriba-sinov bazasi sifatida Toshkent shahrining Shofayz, Ko’kcha, Darxon mahallalaridagi oilalar tanlandi.


I BOB. OILADA MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNING MA`NAVIY-AXLOQIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI



    1. Oilada bolalarning yuksak ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish – ijtimoiy zaruriyat sifatida

Mustaqillik yillarida yangi avlod erkin, tanqidiy, ijodiy va mustaqil tafakkurga ega, mustamlakachilik davrida o’sgan avloddan farqli, ijtimoiy qo’rquvdan va milliy nomukammalik tuyg’usidan xoli, siyosiy va ijtimoiy faol, izlanuvchan va omilkor, milliy va jahon madaniyatidan xabardor, yuksak ma`naviyatli shaxs bo’lib shakllanishi lozim, degan vazifa ko’ndalang qo’yildi. Bunday muhim vazifani hal etishda milliy tarbiyaning o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Chunki milliy tarbiya, jadid bobolarimiz idrok etganidek, ta`lim va tarbiyani boshqa tsivilizatsiyalarga moslashtirish emas, balki dunyodagi ilg’or tsivilizatsiyani o’rganib, uni milliy madaniyatga xizmat ettirish, ta`lim va tarbiyani yangi sharoitda, mustaqillikni mustahkamlash talablari bilan boyitib, amalga tatbiq etishdir.


«Milliy tarbiya» tushunchasi ko’p qirrali tushunchadir. Uning:
- milliy qadriyatlar asosida olib boriluvchi maqsadga yo’naltirilgan tarbiyaviy faoliyat;
- umuminsoniy tarbiyaning har bir xalqqa xos va mos betakror shakli;
- xalq va uning madaniyatini saqlab qolish, tiklash va rivojlantirish (YUNESKO tamoyili) vositasi;
- O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsad, vazifa va tamoyillarining tarkibiy qismi;
- turli millat bolalarini har tomonlama rivojlantirish jarayonining xususiy, ma`naviy manbai;
- o’quvchilarni axloqiy, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, go’zallik, iqtisodiy, ekologiya va boshqa yo’nalishlarda tarbiyalashning bosh tamoyili;
- millatlararo muloqot madaniyatini tarbiyalash va buning natijasida O’zbekistonda umumfuqaroviy totuvlikka erishishning insonparvarlik yo’li va vositasi;
- ijtimoiy tarbiya va maktab tarbiyasi uyg’unligining pedagogik sharti;
- insoniyatni umumbashariy uyg’unlikka olib borishning pedagogik yo’li;
- ijtimoiy-ma`naviy jabhada milliy xavfsizlikni ta`minlashning strategik ob`ekti va vositasi;
- o’quvchilarda milliy (avto va getero) stereotiplarni maqsadli shakllantirish, ma`naviy boyitish jarayoni ekanligi shundan dalolat beradi6.
Milliy tarbiyaning yuqoridagi yo’nalishlarni qamrab oluvchi tizimi hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan yuksak ma`naviyatli shaxsni shakllantirish kontseptsiyasi qoidalariga to’la mos keladi. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, milliy tarbiyaning bosh maqsadi – yuksak ma`naviyatli shaxsni shakllantirishdir7.
Ma`lumki, yuksak ma`naviyatli shaxs deganda ham aqliy, ham axloqiy, ham jismoniy kamol topgan, moddiy va ma`naviy hayot uyg’unligini o’zida mujassam etgan, mustahkam milliy g’urur va iftixor tuyg’ulariga ega ma`naviy jasorat egasi tushuniladi. Bunday insonning ulg’ayishi va kuch-qudrati manbaini – ma`naviyat tashkil etadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlab o’tganlaridek, «Albatta «ma`naviyat» tushunchasining ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko’plab ta`riflarini keltirish mumkin»:
1. «Ma`naviyat – insonning zot belgisi, uning faoliyatining tarkibiy qismi, ongi, aql zakovatining mahsuli» (A.Jalolov).
2. «Ma`naviyat – jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha».
3. «Ma`naviyat moddiy hayotni aks ettiradi va jamiyatda mavjud bo’lgan ma`naviy hodislar yig’indisi sifatida ko’zga tashlanadi» (E.Yusupov).
4. «Ma`naviyat – har bir insonning ichki ruhiyati, aql zakovati, uni o’zini-o’zi anglash, yaxshiliklarga, ezgu niyatlarga to’la qalbi, oldinga qarab yangi marralar sari ongli ravishda faollik ko’rsata bilish va intilish salohiyatidir».
5. «Ma`naviyat ko’p qirrali hodisa bo’lib, axloqiy (odob, burch, mas`uliyat tuyg’usi), ilmiy-ijodiy, amaliy malakalar (mehnat, ijodkorlik, iste`dod, qobiliyat), diniy, mafkuraviy qarashlarning yaxlit birligidir».
6. «Ma`naviyat – inson va jamiyat hayotining uch asosiy sohasidan (yo’nalishidan) biri bo’lib, har bir insonning Haqqa, Borliqning mohiyatiga bo’lgan munosabati. Ma`naviyat – o’z mazmuniga ko’ra ko’p qirrali murakkab hodisa bo’lib, mohiyatan inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg’unlikni anglatadi. Shu ma`noda uni Insonning, Xalqning, Jamiyatning, Davlatning kuch-qudrati, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da`vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan, iymon-irodasini, e`tiqodini mustahkamlay-digan, vijdonini uyg’otadigan qudratli botiniy kuch, Haqiqat nurining inson qalbida aks etishi, yoki baqoning fanoda zuhuri, dunyoviy va uxraviy maqsadlarining uyg’unligi, insonning o’z mohiyati oldidagi mas`ulligi, o’zligini anglashi deb ham ta`riflash mumkin» (M.Imomnazarov).
7. «Ma`naviyat – bu kishining egallagan foydali bilmlari amaliy hayotida sinalib, ko’nikma va malaka darajasiga o’tgan va qalbiga singib, hayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir» (B.Ziyomuhamedov).
Prezident I.Karimov o’zining «Yuksak ma`naviyat – Yengilmas kuch» asarida ma`naviyatga doir fikrlarni inkor etmagan holda, ««Ma`naviyat» tushunchasi mazmuni faqat «ma`ni», «ma`no» degan so’zlar doirasida chegaralanib qolmasligini alohida ta`kidlab o’tadi: «Nega deganda, insonni inson qiladigan, uning ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog’langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat va xalq hayotida hech narsa bilan o’lchab bo’lmaydigan alohida o’rin tutadi.
Shu fikrni mantiqiy davom ettirib, ma`naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ikki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e`tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir, desak, menimcha, tariximiz va bugungi hayotimizda har tomonlama o’z tasdig’ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan bo’lamiz»8.
«Ma`naviyat» tushunchasi jamiyat hayotidagi g’oyaviy, mafkuraviy, ma`rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o’zida ifoda etadi. Shuning uchun ham bu mavzuda fikr yuritganda, mazkur qarashlarning barchasini umumlashtirib, keng ma`nodagi «ma`naviyat» tushunchasi orqali ifoda etish mumkin.
Ma`naviyat sohasida ijobiy Yechimini ta`minlash zarur bo’lgan asosiy vazifani ko’rsatar ekan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta`kidlaydi: «Bu sohadagi asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma`naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta`sirchanligini kuchaytirishdir. ... Bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi – iymon-e`tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma`naviyatini shakllantirishdir.9 Ya`ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat».
Demak, ma`naviyatli inson bilimli, ma`lum kasb-hunar sohibi, o’z Vatanining sodiq fuqarosidir. O’z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g’ururlana oladigan inson. O’z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go’zalliklaridan bahramand bo’ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarashi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir.
Ma`naviyat va milliy tarbiyaning o’zaro uyg’unligini ko’rib chiqar ekanmiz, milliy trabiya mazmunini eng yaxshi o’zbek oilalarida amal qilgan va amal qilib kelayotgan tarbiya mazmuni, shuningdek, mustaqillik sharoitida davlat va jamiyat maktab tarbiyasiga qo’ygan talablardan mujassamlangan fazilatlar hosil qilishini ta`kidlab o’tish zarur. Muayyan fazilatlarning izchil, turli vaziyatlarda, turli vositalar yordamida singdirilib, tuzatilib, takomillashtirib borilishi, pirovard natijada, davlat va jamiyat, oila, mahalla, ta`lim muassasalari uchun yuksak ma`naviyatli shaxs qiyofasida mujassamlashadi. Mazkur jarayonda ma`naviyatni shakllantiradigan boshqa mezonlar – ma`naviy meros, madaniy boyliklar, ko’xna tarixiy yodgorliklar, xalq og’zaki ijodi, ta`lim-tarbiya bilan birgalikda oila alohida dolzarblik kasb etadi.
Muayyan ijtimoiy jamiyat taraqqiyotini ta`minlovchi omillar orasida mazkur jamiyatning quyi bo’g’ini hisoblangan oilalarning mustahkamligi, ularda sog’lom ruhiy muhitning qaror topganligi, oilalarda jismonan sog’lom farzandlarning dunyoga kelayotganligi, ularning ma`naviy Yetuk shaxs bo’lib tarbiyalanishlari yo’lida tashkil etilayotgan oila tarbiyasining samaradorligi kabi omillar muhim o’rin tutadi. Ushbu talablarni chuqur anglagan O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq mustahkam oilalarni shakllantirish, onalik va bolalikni ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish, oilalarda jismonan sog’lom, ruhan baquvvat bo’lgan farzandlarning dunyoga kelishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, samarali ravishda oila tarbiyasini tashkil etish jarayonida oilalar bilan jamoatchilik o’rtasida mustahkam hamkorlikni yuzaga keltirish masalalarini ijobiy hal etishga alohida e`tibor qaratildi. Shu bois mustaqillik davrida oila institutini jamiyatning boshqa muhim ijtimoiy tuzilmalari, yurtimizdagi ma`naviy o’zgarishlar bilan uyg’un tarzda rivojlantirish, uning nufuzini oshirish masalasiga davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo’nalishi sifatida doimiy e`tibor berib kelinmoqda.
Ma`lumki, yurtboshimiz boshchiligida mamlakatimizda har qaysi yilga aniq nom berilib, shu asosda maxsus davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yaxshi an`anaga aylanib qoldi. Bu yo’ldagi dastlabki qadamlarning 1998 yilning «Oila yili» deb e`lon qilinishi bilan boshlanganini umumxalq ahamiyatiga molik voQelik sifatida e`tirof etish zarur. Mazkur ezgu amallarning yorqin ifodasi Qarshi shahrining 2700 yillik to’yi munosabati bilan barpo etilgan «El-yurt tayanchi» degan muazzam yodgorlikda yana-da, keng mazmunda o’z aksini topgan, desak mubolag’a bo’lmaydi: «Qadimgi Qarshi shahrining 2700 yillik to’yi arafasida shu tabarruk zaminda qad rostlagan bu muhtasham yuadiiy obida orqali biz ming yillar davomida qancha-qancha sinov va mashaqqatlarni boshidan kechirib, o’z ona yurtini har qanday balo-qazolardan asrab-avaylab kelgan, o’g’il-qizlarini aql-zakovat, mardlik va matonat sohibi etib tarbiyalagan bunyodkor xalqimizga, uning tom ma`noda tayanchi bo’lgan oilaga cheksiz hurmat-ehtirom tuyg’usini mujassam etishini maqsad qilib qo’ydik. El-yurtimizning olijanob qarashlariga g’oyat hamohang bo’lgan Ushbu yodgorlik majmuasi qisqa vaqt ichida tabarruk ziyoratgohga aylanib qolgani hammamizni quvontiradi»
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov o’z asarlarida oilaning shaxs kamolotini ta`minlashdagi o’rni va roliga yuqori baho berar ekan, quyidagilarni qayd etadi: «Oila turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi, o’zining ko’p asrlik mustahkam va ma`naviy tayanchlariga ega bo’ladi, oilada demokaratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. ...Bu esa oliy darajada ma`naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir».
Mustahkam oilalarni shakllantirish, ularda sog’lom ruhiy muhitni qaror toptirish, oila tarbiyasining samaradorligini oshirish, oila muhitida tarbiyalanayotgan farzandlarning har jihatdan Yetuk, barkamol bo’lib voyaga Yetishlariga alohida ahamiyat berish, bu yo’lda oila hamda jamoatchilik hamkorligiga erishish, oilalarni ijtimoiy jihatdan qo’llab quvvatlash masalalari bir qator me`yoriy hujjatlar mazmunida o’z aksini topgan.
Oila ijtimoiy jamiyatning kichik bo’g’ini sifatida muayyan xalq, millat yoki elatning milliy xususiyatlari, shuningdek, mavjud tuzum mazmunini o’zida namoyon etadi. Oilalarning mustahkam bo’lishi, ularning totuvlik va farovonlikka erishuvi u mansub bo’lgan ijtimoiy tuzumning iqtisodiy, ma`naviy rivoji, jamiyatda amal qilinayotgan ma`naviy-axloqiy me`yorlar, olib borilayotgan davlat siyosat mazmuni bilan belgilanadi10. O’z navbatida jamiyat ma`naviy qiyofasi oilalarda tashkil etilayotgan ijtimoiy tarbiyaning natijasi, samarasiga bog’liqdir. Shu bois asrlar davomida har qanday geografik makon va ijtimoiy zamonda ham yangi oilalarning shakllanishi, oilaviy hayotning yo’lga qo’yilishi, farzandlar tarbiyasini tashkil etish hamda sulola an`analarini davom ettirish masalalariga alohida e`tibor berib kelingan: «Odamzot uchun bir umr zarur bo’ladigan tabiiy ko’nikma va xususiyatlar, masalan har qaysi bolaning o’ziga xos va o’ziga mos qobiliyati, atrofidagi odamlar bilan muomalasi, tengdoshlari orasida o’zini qanday his qilishi, Yetakchilik xislatlariga ega bo’lishi yoki bo’lmasligi, kerak bo’lsa, dunyoqarashi – bularning barchasi avvalo uning tug’ma tabiati, shu bilan birga, oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog’liq ekanini hayot tajribasi ko’p misollarda tasdiqlab beradi.
Aynan mana shu davrda bola hamma yaxshi-yomon narsani tushunib, anglay boshlaydi, uning beg’ubor ongi bamisoli bosma qog’oz singari oiladagi, yon-atrofdagi barcha voQea-hodisalarni, ularning zamiridagi taassurotlarni o’ziga shimib-singdirib oladi. Uning ota-onasiga, bobo va momolariga mehri va hurmati, o’zini o’rab turgan muhitga nisbatan munosabati kundan-kunga takomillashib boradi».
Oilalarning ijtimoiy jamiyatdagi muhim o’rni hamda oila tarbiyasining shaxsning ma`naviy kamolotini ta`minlashdagi roli xususida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etib o’tadi: «Har qaysi millatning o’ziga xos ma`naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o’rni va ta`siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma`naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning oila sharoitida qaror topishi tabiiydir»11
Shuning uchun ham aynan oila muhitida paydo bo’ladigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdolik burchini chuqur anglash, har qaysi insonga xos bo’lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma`naviy olamini tashkil etadi
Darhaqiqat, oila muhitida shaxsning har jihatdan barkamol bo’lib voyaga Yetishi uchun zarur bo’lgan omillar, chunonchi, oila xo’jaligini boshqarish jarayonida oila a`zolari o’rtasida yuzaga keluvchi huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ekologik, estetik va hokazo mazmundagi ijtimoiy munosabat, muomala aloqa aralashuvi uning ijtimoiylashuvi, ya`ni, ijtimoiy munosabatlarni yuritish jarayonida erkin, mustaqil harakat qilish layoqatini, qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi omillar mavjuddir: «Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson o’z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrida olar ekan.
Bolaning asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta`sirida ma`naviyatning kurtaklari namoyon bo’la boshlaydi. Xalqimizning «Qush uyasida ko’rganini qiladi», degan dono maqoli, o’ylaymanki, mana shu azaliy haqiqatni yaqqol aks ettiradi»
Shu bois O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida, ijtimoiy jamiyatda yangilanish, keskin o’zgarishlar yuz berayotgan, bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shuningdek, ijtimoiy raqobat qaror topayotgan o’tish davrida oilada bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash dolzarblik kasb etmoqda.
Sharq xalqlarida bolalarning tarbiyasiga alohida e`tibor qaratilgan, moddiy ta`minoti yuqori bo’lgan oilalar katta hayotiy tajribaga ega kishilarni o’z bolalari uchun otaliq, enaga etib tayinlagan va ularga bolalarining tarbiyasini ishonib topshirganlar. Oila boshliqlari bo’lgan erkaklar oilaning moddiy ta`minotini yaratish ishi bilan band bo’lishlariga qaramay, ona bilan birgalikda doimo farzandlarining tarbiyasi bilan shug’ullangan. Shu sababdan Sharqda ota-ona farzandlarning kamoloti uchun birday javobgar, mas`ul shaxs hisoblangan. Oilada bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda ularda ro’zg’or hamda oila xo’jaligini yuritish, oilaning boshqa a`zolariga nisbatan g’amxo’rlik ko’rsatish borasidagi muayyan ko’nikma va malakalarni shakllantirish orqali butun jamiyat hayotiga ishtirok etish, fuqarolik, insoniylik burchini ado etish masalasiga alohida e`tibor qaratilgan: «Ma`lumki, o’zbek xalqi azaldan o’zining bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib turadi. Albatta, farzandga mehr quyish, ularning qornini to’q, ustini but qilish o’z yo’li bilan, lekin bolalarimizni yoshlik chog’idan boshlab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma`naviyat asosida voyaga Yetkazishbiz uchun doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan12. Bu masalaga e`tibor bermaslik nafaqat ayrim ota-onalar, balki butun jamiyat uchun juda qimmatga tushishini ham ko’pgina hayotiy misollarda ko’rish mumkin».
Jamiyatning asosiy ijtimoiy vazifalaridan biri bo’lgan sog’lom avlodni tarbiyalash, oilaning faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir. Jismonan sog’lom, ma`nan kuchli va aqlan Yetuk sog’lom avlodni yaratish – oilaning eng asosiy ijtimoiy vazifalaridan biridir: «…Aqli raso har qaysi inson yaxshi anglaydiki, bu yorug’ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bo ekan, farzand deb atalmish bho ne`mat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi.
Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxt-u saodati, ularning yorug’ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin baxt-u saodat faqat boylik, mol-u mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e`tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir…
… Hammamizga ayon bo’lishi tabiiyki, oila sog’lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir».
Shuning uchun bizning mustaqil davlatimizda oilaning mustahkam bo’lishiga, uning tarbiyaviy imkoniyatini oshirishga katta ahamiyat berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila jamiyatning asosiy bo’g’ini ekanligi, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega ekanligi belgilab qo’yilgan.
Oila hayotning abadiyligi, avlodlarning davomiyliginy ta`minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar munosib insonlar bo’lib Yetishishiga bevosita ta`sir ko’rsatadigan muhim sotsial institutdir. Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog’lom va mustahkam bo’lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahallalari mustahkam bo’lgan davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Shuning uchun bugungi kunimiz va ertangi istiqbolimiz uchun eng muhim va dolzarb masala – oilaga e`tiborni kuchaytirish, uni ijtimoiy himoyalash, e`zozlash va qo’llab-quvvatlash vazifasidir.
Oila va jamiyat bir-biriga chambarchas bog’liq holda rivojlanadi. «Oila – jamiyatnegizi... Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim. Oila turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi, o’zining ko’p asrlik mustahkam va ma`naviy tayanchlariga ega bo’ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab va ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi».
Darhaqiqat, oila jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va demografik rivojlanishiga poydevor bo’ladigan asosiy ijtimoiy institut hisoblanadi. O’zbekistonda oilaning mavQei nihoyatda yuqoridir. Respublika aholisining mutlaq ko’pchiligi oila muhitida va oila a`zosi bo’lib yashashi oilaning respublika taraqqiyotidagi o’rnini belgilab beradi. Shu ma`noda barqaror va farovon oilaning mavjudligi va rivoji biz barpo etayotgan insonparvar jamiyatda muhim ijtimoiy taraqqiyot omili vazifasini o’taydi. Davlatimiz rahbari ta`kidlaganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish va taraqqiyot siyosatining maqsadi yurtimizda istiqomat qiluvchi barcha insonlar uchun munosib hayot sharoitini yaratib berish, rivojlanayotgan demokratik mamlakatlardagi kafolatlanadigan turmush darajasi va erkinliklarini ta`minlash, axloqiy jihatdan mustahkam oila bo’lgan adolatli jamiyatni shakllantirishdir13.
Demak, oila instituti jamiyat hayotiy faoliyatida ulkan ahamiyatga ega ekan, oila pedagogikasi fani doirasida uning rivojlanish qonunlari, barqarorligi va mustahkamligi omillarini aniqlash, mazkur jarayonda milliy qadriyatlarning o’rnini tadqiq etish, ularning amal qilish xususiyatlari bo’yicha ilmiy xulosalar chiqarish muxim amaliy ahamiyat kasb etishi tabiiy. Shu bois, oila mustahkamligini saqlash, muqaddasligini kelajak avlod ruhiga singdirish bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling