Мамадалиева Сайёра


Oilaning maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishdagi roli


Download 0.63 Mb.
bet7/25
Sana09.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1467215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
МАМАДАЛИЕВА САЙЁРА

1.2. Oilaning maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishdagi roli

Globallashuv va jamiyatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash ta`lim tizimida ham jiddiy o’zgarishlar kiritishni talab etadi. Dunyo davlatlari orasida O’zbekiston Respublikasida birinchilardan bo’lib umumbashariy tavsifga ega mazkur muammoni hal etishga doir kontseptual-nazariy asoslar yaratildi va tizimli tarzda amaliyotga tatbiq etib borilmoqda. Yurtboshimiz ta`biri bilan aytganda, “Mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma`naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta`lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda”. Mazkur ezgu maqsadni hayotda o’z isbotini topishida O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda.


“Ta`lim to’g’risida”gi Qonunda belgilab berilganidek, maktabgacha ta`lim bola shaxsini sog’lom va Yetuk maktabda o’qishga tayyorgarlik darajasida shakllantirish maksadida tashkil etiladi. Ushbu ta`lim bolaning olti-Yetti yoshga to’lgunga kadar oilada maktabgacha ta`lim muassasalari (yaslilar uch yoshgacha bo’lgan bolalar uchun; bolalar bog’chalari 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun) va mulk shaklidan qat`iy nazar ta`lim muassasalarida olib boriladi.14
O’zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta`lim kontseptsiyasi”da ko’rsatib o’tilganidek, maktabgacha ta`lim – bu ko’p tomonlamali, maqsadga yo’naltirilgan, bolaning ta`limning keyingi bosqichi – maktab ta`limiga tayyorlovchi, jismoniy, ruhiy, individual va yoshga doir rivojlanishini ta`minlovchi ta`lim va tarbiya jarayonidir.
Maktabgacha ta`limning vazifalariga esa quyidagilar kiradi:

  1. bolalarni xalqning boy milliy. madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy kadriyatlar asosida akliy va ma`naviy-ahlokiy jixatdan tarbiyalash;

  2. bolalarda milliy g’urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;

  3. maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o’qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta`lim jarayoniga tayyorlash;

  4. bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o’zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish;

  5. bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini ta`minlash.

Muayyan ijtimoiy jamiyat taraqqiyotini ta`min-lovchi omillar orasida mazkur jamiyatning quyi bo’g’ini hisoblangan oilalarning mustahkamligi, ularda sog’lom ruhiy muhitning qaror topganligi, oilalarda jismonan sog’lom farzandlarning dunyoga kelayotganligi, ularning ma`naviy Yetuk shaxs bo’lib tarbiyalanishlari yo’lida tashkil etilayotgan oila tarbiyasining samaradorligi kabi omillar muhim o’rin tutadi. Ushbu talablarni chuqur anglagan O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq mustahkam oilalarni shakllantirish, onalik va bolalikni ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish, oilalarda jismonan sog’lom, ruhan baquvvat bo’lgan farzandlarning dunyoga kelishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, samarali ravishda oila tarbiyasini tashkil etish jarayonida oilalar bilan jamoatchilik o’rtasida mustahkam hamkorlikni yuzaga keltirish masalalarini ijobiy hal etishga alohida e`tibor qaratildi. 1993 yilning fevral oyida «Sog’lom avlod» ordenining ta`sis etilishi hamda «Sog’lom avlod» Davlat dasturining qabul qilinganligi fikrimizning yorqin dalilidir15.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov o’z asarlarida oilaning shaxs kamolotini ta`minlashdagi o’rni va roliga yuqori baho berar ekan, quyidagilarni qayd etadi: “Oila turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi, o’zining ko’p asrlik mustahkam va ma`naviy tayanchlariga ega bo’ladi, oilada demokaratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. ...Bu esa oliy darajada ma`naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”.
Mustahkam oilalarni shakllantirish, ularda sog’lom ruhiy muhitni qaror toptirish, oila tarbiyasining samaradorligini oshirish, oila muhitida tarbiyalanayotgan farzandlarning har jihatdan Yetuk, barkamol bo’lib voyaga Yetishlariga alohida ahamiyat berish, bu yo’lda oila hamda jamoatchilik hamkorligiga erishish, oilalarni ijtimoiy jihatdan qo’llab quvvatlash masalalari bir qator me`yoriy hujjatlar mazmunida o’z aksini topgan.
Respublikada oilalar asosan ko’p sonli bo’lib, ularda turli avlod vakillari birga yashashadi va birga xo’jalik yuritishadi. Bu esa bolalarni tarbiyalash, ularni umuminsoniy qadriyatlardan, an`analardan bahramand qilish, bilim darajasini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xuddi ana shunday oilalarda odamlar bolalik chog’laridanoq mehnatsevarlikni, kattalarga hurmatni, bilim egallashga intilishni, vatanparvarlikni o’rganadilar»16.
Darhaqiqat, oila muhitida shaxsning har jihatdan barkamol bo’lib voyaga Yetishi uchun zarur bo’lgan omillar, chunonchi, oila xo’jaligini boshqarish jarayonida oila a`zolari o’rtasida yuzaga keluvchi huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ekologik, estetik va hokazo mazmundagi oilaviy munosabat, muomala aloqa aralashuvi uning ijtimoiylashuvi, ya`ni, ijtimoiy munosabatlarni yuritish jarayonida erkin, mustaqil harakat qilish layoqatini, qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi omillar mavjuddir. Shu bois O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida, ijtimoiy jamiyatda yangilanish, keskin o’zgarishlar yuz berayotgan, bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shuningdek, ijtimoiy raqobat qaror topayotgan o’tish davrida mustahkam oilalarni shakllantirish har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda.
Xalqimiz oilada yoshlar tarbiyasini tashkil etish borasida asriy tajribaga ega. Mazkur tajriba mazmuni sharqona odob - axloq, hayo - ibo, pokizalik hissi bilan yo’g’rilgan pand - nasihatlar, mutafakkirlarning qarashlari, ilmiy - nazariy va amaliy g’oyalardan tashkil topgan. Uzoq yillar davomida oilaviy munosabatlarni yo’lga qo’yishda ana shu tajribaga tayanib ish ko’rildi.
Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo’lgan ma`naviyatga bog’liq. Shu bois mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma`naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular:

  • umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

  • xalqimizning ma`naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

  • insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

  • vatanparvarlik.

Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki ma`naviy yuksalishini ham taqozo etadi.
Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma`naviy-ruhiy hayotida o’ziga xos o’rin tutadi.
“Axloq” (arabcha – xulq-atvor ma`nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir.
Axloq – ma`naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me`yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan Yetukligining mezoni bo’lgan ma`naviy kamolotga erishib bo’lmaydi. Shuning uchun ham ma`naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo’lib, shaxsning ma`naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.
Ma`naviy-axloqiy tarbiya va unga qo’yiladigan talablar bu jamiyatda ma`lum ijtimoiy-axloqiy talablarga mos axloqiy xislatlarni shakllantirish maqsadida o’quvchilar ongi, hissiyotlari hamda xulqiga muvofiq va tizimli ta`sir etishdir.
Ma`naviy-axloqiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. O’quvchilarda ma`naviy-axloqiy ongni shakllantirish.

  2. Ularda ma`naviy-axloqiy his-tuyg’ularni tarbiyalash va rivojlantirish.

  3. O’quvchilarda ma`naviy-axloqiy xulq-atvor ko’nikma va odatlarini tarkib toptirish.

Ma`naviy-axloqiy tarbiya mohiyatiga ko’ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o’z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog’liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me`yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas`uliyatni his etishi, ma`naviy-axloqiy bilimlarning e`tiqodga aylanishi va bu e`tiqodlarning tizimliligi, mustahkam ma`naviy-axloqiy his-tuyg’u va xislatlarni shakllantirish, o’quvchilar tomonidan ma`naviy-axloqiy xulq-atvor jamiyat a`zolariga bo’lgan hurmat-e`tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab Yetilishi, ma`naviy-axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat.
Sharq Uyg’onishi davri va undan keyingi davrlarda O’rta osiyoda yashab ijod etgan olimlarning barchasining asarlarida oilada bolalarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashningo’ziga xos jihatlari ochib berilgan.
Oila va oilada bolalarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Alisher Navoiy kabilarning merosida o’ziga xos tarzda yoritilganligini ko’rish mumkin.
Abu Rayhon Beruniy «O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya» asarlarida oila va oilada bolalarni tarbiyalash muammolariga katta e`tibor qaratgan. Olim inson tabiati oilada shakllanishi bois, bola tarbiyasida ota-onaning ta`siri va namunasi zarurligini ta`kidlab o’tadi. Masalan, u ayollarga nasihat qilib, Abdulla ibn Ja`far tilidan shunday deb yozadi: «Rashkdan saqlangil. U taloqning kalitidir. Eringga tez-tez tanbeh qilishni senga taqiqlayman. Chunki tanbeh nafrat uyg’otadi. O’zingni bezab yurgin. Buning uchun yaxshi. Buning uchun yaxshi vosita surmadir. Yana xushbo’y atirlardan foydalangin. Ularning ichida eng yaxshisi suvdir»17.
Ibn Sinoning «Ishorat», «Donishnoma», «Hay ibn Yaqzon», «Salomon va Ibsol», «Tib qonunlari», «Tadbir ul manozil» kabi asarlarida oila tarbiyasiga doir qarashlar mavjud. Uning «Tadbir al-manozil» nomli asari-da katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masalasiga bag’ishlangan.
Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo’lib, uni bolaning yoshligidan boshlash va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib «Alla» ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi, uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom bag’ishlanadi; ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo’sh o’radi, bolasiga bo’lgan muhabbatidan onaning orzu-umidi yurak to’ridan silqib chiqadi. Bu o’ziga qo’shiq bolasiga qasidadek yangraydi va ufarzandining murg’ak qalbiga, butun shuuriga singib boradi. Shu tarzada bolada o’zi anglamagan holat paydo bo’ladi. U asta-sekin bu yorug’ olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o’rganish boshlanadi. Xuddi shu o’rganish tarbiyalanishdir. Zotan o’rganish sezishdan kelib chiqadi. Ibn Sino anna shu holatga e`tiborni qaratib, «yosh bolaning sezgirlik quvvati katta odamga teng keladi» degan fikrni bildiradi.
Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig’i – otaning roliga alohida e`tibor beradi. «Agar oilada, - deydi u, - oila boshlig’i tajribasizlik, no’noqlik qilsa, u oila a`zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda bundan yomon natijalar kelib chiqishi mumkin».
Olim oila munosabatlariga to’xtalar ekan, ayniqsa, ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o’rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi. Insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy ta`sirini ta`kidlash bilan bir qatorda turli kasb egalari: hunarmand, dehqonlar mehnatini ulug’laydi va qimorboz, sudxo’r kabilarni qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham jismoniy, ham ruhiy tomondan salbiy ta`sir etishini to’g’ri talqin etadi.
Oila va oila tarbiyasi masalalari XIIasrda yashab, ijod etgan adib Yusuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilig» asarida ham o’z aksini topgan. Asarda oila tarbiyasining barcha jihatlari – ota-onaning farzand tarbiyalashdagi vazifalari, bolalarni aqliy, axloqiy, sog’lom turmush tarziga to’xtalib o’tilgan. Mutafakkir asarda bola tarbiyasi haqida to’xtalib shunday yozadi: «Farzand qanchalik bilimli, aqlli-hushli bo’lsa, ota-onaning yuzi shunchalik yorug’ bo’ladi». U bolaning tarbiyasida otaning mas`uliyatiga alohida e`tibor beradi. «Kimning o’g’il-qizi erka bo’lsa, - deb yozadi adib, - unga shu kishining o’zi mungli bo’lib yig’laydi. Ota-bolani kichikligida bebosh qilib qo’ysa bolada gunoh yo’q, barcha jafo otaning o’zida; o’g’il-qizning xulq-atvori yaramas bo’lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo’ladi. Ota bolalarni nazorat qilib, turli hunarlarni o’rgatsa, ular ulg’aygach, o’g’il-qizim bor deb sevinadi; o’g’il-qizga hunar va bilim o’rgatish kerak, toki bu hunar bilan ularning fe`l-atvori go’zal bo’lsin».
Yusuf Xos Xojib bolalarni oilada bilim olishga yo’naltirish juda muhim lozimligini aytadi. Chunki ilmli, ma`rifatli kishilar mash`al kabi yo’lni yoritib, to’g’ri yo’l ko’rsatishi, yaxshi-yomonni farq etishni o’rgatadi.
Yana bir toifa olimlar bo’lar,
Ular ilmi xalqning yo’lini yoritar.
Ularni juda sev, qadrla so’zin,
Bilimlarni o’rgan, ko’pin ham ozin,
Ular ilmin o’rgan, bilimini bil,
Berib hadyalar, hech dag’al qilma til.
Ilmlarni ishlat va g’iybatlama,
Fe`li atvorin hech yaramas dema.
Adib oilada bolalarni bilim olishga o’rgatish qanchalik muhim bo’lsa, hunar egallashga o’rgatish ham shunchalik muhimligini ta`kidlaydi. Shuning uchun asarda hunarmandlar haqida iliq fikrlar bayon etadi.
Tag’in bir toifa odamlar hunarmandlardir
O’zlariga yashash uchun zarur narsalarni istab
hunarmandchilik qiladilar.
Temirchi(lar), etikchi(lar) (ya`ni kosiblar)
hamda o’ymakor – duradgor(lar),
YO bo’yoqchi(lar), rassomlar, yo o’qsoz-yoysozlar.
Bular bilan ham aralashgin va qo’shil,
Ularni sevintir, (o’zing ham) sevinch bilan hayot kechir.
«Qutadg’u bilig» asarida oilada mehmon kutish tartiblariga ham alo-hida e`tibor qaratiladi. U mehmonga boruvchi va mehmon kutuvchi kishilar-ni toifaga ajratadi hamda bu masalani yoddan chiqarmaslikni o’qtiradi:
Birinchi toifa: Bir xili taklif qilsalar, ziyofatga boradi. Nima ber-salar (ham), ovqat (va) ichimlikni Yeb ichadi. (Lekin) javoban o’z uyiga odam taklif qilmaydi. Uyda oshini boshi, burni bilan(ya`ni boshini burkab) Yeydi.
Ikkinchi toifa:
Tag’in bir xil kishilar, nazar solsang ziyofatga boradi. Ziyofatni Yeydi va javoban uni ziyofatga taklif qiladi.
Uchinchi toifa:
Tag’in bir (toifa kishilar) ziyofatga bormaydigan bo’ladi. Kutib (bosh-qa) odam(lar)ni ham uyiga taklif qilmaydi. Unday kishilar o’likdir, sen buni tirikka sanama. Sen bunga qo’shilma (u bilan aralashib) hayot kechirma.
To’rtinchi toifa:
Yana bir toifa taklif qilinib ziyofatga bormaydi. So’yiladigan (mol so’yib), boshqa(larni) ziyofatga taklif qiladi.
Sharqda keng tarqalgan pandnoma tarzida yozilgan mashhur asarlardan biri Unsurul-maoliy Kaykovusning «Qobusnoma»sidir. Qobusnoma falsa-fiy-didaktik asar bo’lib, shaxs shakllanishining barcha tomonlarini o’z ichiga oladi.
Olimning axloqiy o’gitlari kitobda ota-ona haqqini bilish bilan boshlanadi. Unda Kaykovus «Qur`on» va «Hadislar»dagi talablardan kelib chiqqan holda o’zining nuqtai nazarini bayon qiladi: «O’z farzanding sening haqingda qanday bo’lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo’lg’il, nedinkim sen ota-onang haqida nima ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki odam mevaga, ota-ona daraxtga o’xshaydir».
Kaykovus oilada otaning vazifasi va burchiga alohida ahamiyat beradi: «Otaliq shartin bajo kelturgilki, farpzanding vujudga kelg’ondagidek tiriklik qilsin, ya`ni har odamki, vujudga kelur va shu kundan e`tiboran xulqi va tabiati unga hamroh bo’lur, ammo u ojizlik va bequvvatlikdin uni namoyon qila olmag’usidir».
«Qobusnoma»da ota-onalarning qator vazifalari sanab o’tiladi. Ular quyidagilardan iborat: 1) bolaga yaxshi ot qo’ymoq; 2) oqil va mehribon ena-gaga topshirish; 3) to’y-tomosha qilib, sunnat to’y o’tkazish; 4) o’qish-yozishni o’rgatib, kasb-hunar va ilmli qilish; 5) harbiylar ahlidan bo’lsa, sipohiy-likni o’rgatish.
Kaykovus o’g’il bola bilan bir qatorda qiz bola tarbiyasiga e`tibor be-rish, unga g’amxo’rlik qilish kerakligini alohida qayd etadi: «Agar qizing bo’lsa, uni mastura doyalarga topshirg’il, toki yaxshi parvarish qilgaylar va kattaroq bo’lg’ondin so’ng muallimg’a topshirg’il……. Balog’atga Yetgandan so’ng harakat qilib erga berg’il, unga shafqat va marhamat ko’rguzg’il, nedinkim qiz otaning asiri bo’lur».
Kaykovusning kundalik turmushdagi xulq-odob qoidalariga oid fikr-lari asarning «Majoz (hazil-mazax) qilmoq, shatranj (shaxmat), nard o’yna-moq zikrida», «Chavgon o’ynamoq zikrida», «Hammomga borish zikrida», «Ux-lamoq va osuda bo’lmoq zikrida», «Tamkin sharofatining va taom tartibi-ning bayoni», «Ishq va uning odatlari zikri» boblarida bayon etilgan bo’lib, hozirgi paytda ham oila tarbiyasini yo’lga qo’yishda o’z ahamiyatin yo’qotma-gan.
Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir – shoir Alisher Navoiy merosida ham munosib o’rin egallaydi. U o’zining qator asarlarida ta`lim-tarbiya masalalari umuminsoniy g’oya ekanligini o’rtaga surdi. Uning fikricha, jamiyatning Yetukligi, uning taqdiri va kelajagi yoshlar kamoloti bilan bog’liqdir, shunga ko’ra bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan olija-nob vazifasidir, deydi18.
Alisher Navoiy ota-onaning tinch-totuvligi va o’zaro mehr-muhabbati, bir-biriga monand er-xotin tarbiyalagan farzandlar go’zallikka ishtiyoqmand, ruhan tetik, bag’ri butun, hayotga qiziquvchan, tinch-totuv oilaviy hayot kechirishga tayyor bo’lib o’sishlarini aytib, quyidagicha fikr bildiradi: «……Er bilan xotin bir-biriga mos tushsa, o’rtada boylik va saranjomlik bo’lur. Uy bezagi undan va uylanganning tinchligi undan.
Husni bo’lsa, ko’ngilga yoqimli bo’lur, yaxshiligi bo’lsa, jon ozig’idir. Aqlli bo’lsa, turmush intizomli va ro’zg’or kerak-yarog’i tartibli va saranjomlik bo’ladi.
…..Nosoz juft uy uchun ham achchiq va yashirin qo’rqinchli kasallikdir. Uyatsiz bo’lsa, ko’ngil undan ozorlanadi, yaramas bo’lsa, ruh undan azob tortadi. Tili yomon bo’lsa, kuyovning ko’ngli yaralanadi. Yomon ishlik bo’lsa, erga yuz qarolik keladi.
Mayxo’r bo’lsa, uy obodligi yo’qoladi va buzuqi bo’lsa, uy ichi rasvogarlikka aylanadi».
Alisher Navoiy oilada farzand tarbiyasi haqida fikr bayon etar ekan, ota-onaning farzand oldidagi burchini shunday izohlaydi: «Yosh bolaga nisbatan eng zarur ish, bilki uni kichkinaligidan parvarish qilishdir. Qatrani sadaf tarbiya qilgani uchun odamlarning boshiga chiqib sharaf topdi.
Tarbiyaning biri bolaga yaxshi nom (ism) qo’yish bo’lib, uning ismi bilan chaqirganlarida uyaladigan bo’lmasligi kerak. Ismda tasodiflar ko’p
paydo bo’ladi, birining ismi Husayn bo’lsa, boshqa birining ismi Yazid.
Tarbiyaning yana biri unga ilmu adab o’rgatish uchun muallim chaqirishdir……».
Alisher Navoiy ota bilan ona, ota-ona va farzandlar, oilaning boshqa a`zolari o’rtasida muloqotni tartibga solib turish masalasiga ham jiddiy munosabat bildiradi: «Ul ko’ngilgakim qattig’ so’zdin reshdek bo’lg’ay, achchiq til zahr olur neshdek bo’lg’ay. Ko’ngulda til sinoni jarahati butmas, anga hech nima marham Yerin tutmas. Har ko’ngulki, til sinonidan jarohatdur ham yumshoq so’z va shirin til anga marham va rohatdur. Muloyim takallum – vahshiylarni ulfat sari boshqarur, fusungar afsun bila yilonni tushukdin chiqorur»19.
O’tmish allomalari, ulug’ mutafakkirlar ijodida bolaning ma`naviy-axloqiy kamoloti uchun zarur bo’lgan sifatlar atroflicha talqin qilinadi. Ularning ilmiy merosidan maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyalanuvchilari faoliyatida foydalanish muhim o’rin tutadi. Xususan, Husayn Voiz Koshifiyning boy ilmiy merosi, axloqiy-ta`limiy qarashlari O’rta Osiyo xalqlari tarixida muhim o’rin tutadi. Uning asarlarida chin insoniy fazilatlar: vatanparvarlik, mardlik va jasorat, sahovat, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, kamtarlik, mehr-oqibat kabi g’oyalar muhim o’rin tutadi.
Jaloliddin Rumiy ijodida esa g’irromlik, tuhmat, takabburlik, badnafslik singari salbiy xatti-harakatlar qoralangan. Aksincha, aqlu- farosat, rostgo’ylik, kamtarlik kabi ezgu amallar targ’ib etiladi. ...“Uch o’g’ri va bog’bon”, “Lo’li bola”, “Tuya va hammom”, “Muallim va shogirdlari” singari bir turkum hikoyalarda Rumiy hayotiy illatlar, insonlarda uchraydigan salbiy xislatlar ustidan lutf bilan kuladi, hajviy holat yaratadi”
Sohibqiron Amir Temur tuzuklarida axloqiy-estetik sifatlardan do’stni dushmandan farqlashni, kamtarlikni kuzatishimiz mumkin: “...o’z tajribamdan bildimki, sodiq va vafodor do’st ulkim, o’z do’stidan ranjimaydi, do’stining dushmanini o’z dushmani deb biladi. Agar kerak bo’lsa do’sti uchun jonini ham ayamaydi”.
Ismoil Al-Buxoriyning fikricha: “Axloqning yaxshi bo’lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga hiyonat qilmaslik shart, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo’lsang ham zarari yo’qdir”.
Ma`lumki, buyuk allomalarning axloq va odob haqidagi teran fikrlari shunday kuchga egaki, u insonlarga ma`naviy ozuqa beradi. Axloqiy-estetik sifatlar bolaning ma`naviy Yetukligining asosi hisoblanadi. Xususan, Abdulla Avloniy shunday deydi: “insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollari bilan bayon qiladurgon kitobni axloq deyilur”.
Abdulla Avloniy yana aytadiki, “...tarbiya qiluvchilar tabib kabidirki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilg’oni kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga yaxshi xulq degan davoni ichidan, poklik degan davoni ustidan berub, katta qilmak lozimdir”.
Axloq Yetuklik kishilarda hayotning mazmun-mohiyati va maqsadi to’g’risida haq tushunchalarni hosil qiladi. Axloq kishilarning o’z-o’zini idora qilish, o’zgalar bilan ongli munosabatda bo’lish mezonlarini, me`yorlarini, belgilaydi.
Binobarin, Xurramiy fikrlaridan ham ko’rinadiki, u insonlarni tubanlikka Yetaklovchi qusurlar va nuqsonlar, yomon xulqlardan 42 tasi haqida fikr yuritadi. Ulardan ayrimlari ya`ni maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan maqtanchog’lik, yolg’on (kizb), ayyorlik, yalqovlik, laqmalik, mazah qilish, ayirmachilik, ziqnalik kabi olalarning axloqiy tarbiyalanganlik darajasiga zid yomon nuqsonlardir.
T.Hidoyatxo’jayevning fikricha, bolalar axloqiy tarbiyani muhitdan oladilar, muhitning odat-axloqini qabul qiladilar. Ya`ni uyda ota-onalaridan, maktabda sinfdosh muallimlaridan, ko’chada o’rtoqlaridan ko’rgan odat va axloqlarini tezda o’zlashtirib, shu axloq bilan yuradilar.Umuman olganda, barcha davrlarda ham oilada bolalarning ma`naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish dolzarb masala hisoblangan bo’lsa ham, bugungi globallashuv sharoitida mazkur muammoni hal etishning samarali yo’llarini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. 20



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling