Muammoning o’rganilganlik darajasi: Internet saytlari va adabiyotlar tahlilidan shu narsa malum bo’ldiki, so’ngi yillarda rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari, o'qitishning zamonaviy texnalogiyalari bo’yicha ko’plab tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan K. Ismailova.. R. S. Musajev., A. A. Shoyusupovalar yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. «O'qitishning zamonaviy texnalogiyalari», N.N. Xodjayeva – “O`qitishning zamonaviy usullari” fani bo`yicha o`quv materiallari. Mazkur ma’ruza matni orta-maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik salohiyatini
oshirish uchun zarur bo‘lgan materiallar to‘plamidan iborat bo‘lib, kasb ta’limi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Ma’ruza matni o‘quv jarayoniga tadbiq etilayotgan zamonaviy pedagogik tajrivalar, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari va interfaol usullarni qo‘llash haqidagi tajribalardan namunalar va fikr-mulohazalar jamlangan. Z. F. Sharopova, «Ta’lim texnalogiyalari» darslik. Ushbu darslik ta ’lim tizimida zamonaviy ta ’lim texnologiyalaridan foydalanish, o‘quv jarayonida treninglar, yakka tartibda, juftlikda, kichik guruhlar va jamoada ishlashni tashkil qilgan holda ilg‘or ta ’lim metodlarini amaliyotga joriy qilish hamda pedagogik jarayonga yangicha yondashuv masalalariga bag‘ishlangan.
Tadqiqotning maqsadi: ta’lim va uning tarbiyaviy imkoniyatlari hamda istiqbollarini tadqiq etish, uni zamon ruhiga moslashtirish
Tadqiqot predmeti: Ta’limining imkoniyatlari va istiqbollari
Tadqiqotning vazifalari:
Mavzuga oid ilmiy-nazariy manbalar, darslik va qo’llanmalar hamda ilmiy tadqiqot ishlarini tahliliy o’rganish;
Kasb – hunar ta’limining paydo bo’lish tarixini yoritish;
Kasb – hunar ta’limining yoshlar tarbiyasidagi o’zni va ahamiyatini tadqiq etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |