Mamajonov nodirbek shuxratjon o’G’lining «k urs ishi. Rivojlantiruvchi Ta’lim Texnalogiyalari»


II BOB. Ta’limning zamonaviy usullari. 3-§


Download 204 Kb.
bet5/13
Sana09.01.2022
Hajmi204 Kb.
#263536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
MAMAJONOV NODIRBEK(1)

II BOB. Ta’limning zamonaviy usullari.

3-§. Masofali o‘qitish texnologiyalari

Kompyuter o'quv jarayonining barcha bosqichlarida qo'llanishi mumkin: yangi materialni tushuntirish (kirishda). mustahkamlash. takrorlash. biiim-malaka ko'nikmalarini nazorat qilish paytida va hokazo. Bunda u ta"lim oluvchi uchun turli furktsiyalarni bajaradi: o'rgatuvchi, ishchi instrumentini, o'qitish ob'ektini, hamkorlik qiluvchi jamoani. darn olish (uyin) muhitini. Kompyuterning ta'lim beruvchi funktsiyalariga quyidagilar kiradi:

• o'quv axborotining manbai (ta'lim beruvchi);

• ko'rgazmali qurol (sifat jihatdan yangi darajada multimediya va tclekommunikatsiyalarning imkoniyatlari bilan);

• individual axborot makoni;

• trcnajyor: tashhis va nazorat vositasi.

Kompyuterning ishchi instrument funktsiyalari:

• matnlarni tayyorlash vositasi, ulami saqlash;

• matnli tahrirchi;

• grafoquruvchi. grafik tahrirchi;

• hisoblash mashinasi:

• modellashtirish vositasi.

Kompyuter texnologiyalari bilan bir qatorda o'qitishning audio-video texnologiyalari ham faoliyat ko'rsatadi. Ularda ta'lim oluvchilarning bilish faoliyatini boshqarishning ko'proq qismi maxsus ishlab chiqarilgan audiovizual o'quv materiallari yordamida amalga oshiriladi. Kompyuter texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta'lim jarayonini yangi bosqichga ko'tardi, bu o'z o'rnida ta'lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko'rib chiqish, yangi bilim va ko'nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini tug'diradi.Tobora shaklianib bora\otgan kompyuter-axborot madaniyati axboromi etkazish va qabul qilishda yangi munosabatlarni keltirib chiqaradi. fikrlashning yangi turini hosil qiladi. Bunda inson informatsion koinot bilan o'zaro muloqotga kirishadi. Telekommunikatsiya (telefon, televidenie. radio) tarmoqlarining kompyuter tarmoqlari bilan birikishi yagona jahon axboroi makonini - raultimediani tashkil etadi. L'shbu makonning eng muhim qismi internet tarmog'i va ayniqsa, uning gipermedia (World Wide Web (vsemirnaya pautina) - butun dunvo o'rgimchak to'ri) gipermediapochta, videokonferentsiya xizmatlaridir. Kompyuterlashtirilgan darslarning eng oddiy turi mashg'ulotni taqdim etish texnologiyasidir. Bu usulda dars o'tish uchun o'qituvchi ovoz xaritasi va kolonkasi mavjud bo'lgan kompyuter. multimedia proektori va MS Power Point 97 dasturi yordamida o'tilajak dars uchun kompyuterda slaydlar yaratiladi. Slaydlar ma'lum mavzuni yorituvchi matn, rasm. jadval. animatsiya effektlari, o'zlashtirish darajasini tekshirish uchun testlar, ovoz, videorolik va hokazolardan tashkil topadi. Ular mantiqiy ketma-ketlikda biriktiriladi. Slaydlarni almashtirish payti - interval belgilanadi. Talaba tasvirni ko'radi va eshitadi.

Bunday dars o'tishningtexnikjihatdan ikki usuli mavjud:

1-usul - agar kompter tarmog'i borbo'lsa. har bir talaba o'z monitorida ko'radi.

2- usul agar multimedia proektori mavjud bo'lsa, tasvirlashni ekran yoki doskaga tushirib ko'rsatish mumkin.

Masofadan o'qitish kunduzgi va sirtqi ta'lim olish, shu bilan bir qatorda o'qitish jarayonida kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan eng yaxshi odatdagi va inovatsion (yangi zamonaviy) o'qitish uslublaridan foydalanuvchi ta'lim olish turidir. Ma'lum maqsadga qaratilgan va nazorat qilib turiladigan jadal mustaqil ish masofadan o'qitish taTim jarayonining asosini tashkil qiladi. Bunda o'quvchi maxsus o'qitish vositalari majmuiga va o'qituvchi bilan telefon, faks. oddiy pochta, elektron pochta orqali bog'lanish imkoniyatlariga ega bo'lgan holda o'ziga qulay bo'lgan joyda shaxsiy reja bo'yicha o'qiydi. Kompyuter vositalaridan foydalanish orqali dastlabki informatsiyalarni faqat o'qituvchilardan emas. balki interfaol o'qilish dasturlari orqali ham olish mumkin. O'quvchi informatsiya vositalaridan chegaralanmagan holda foydalanib o'zining mustaqil ishida xohlaaan vaqtda istagan mavzu bo'yicha maslahat oladi. Bundan tashqari kompyuter unga o'z-o'zini doimo nazorat qilib borishi imkoniyatini beradi. Bu esa o'qishga qiziqish uyg'otadi va ishlarida ijodiylik darajasini kuchaytiradi. O'quv matcrialining giperniatn shaklidan foydalanish interfaol o'qitishning ochiq tizimini barpo qiladi va o'quvchiga xohlagan dastur hamda o'qitish tcxnologiyasini tanlash imkoniyatini beradi. Ya'ni tizim uning individual imkoniyatlariga moslashadi. o'qitish erkinlashib o'quv rejasi va majburiy auditoriya tadbirlariga qattiq bog'lanmaydi. Bu holatda o'qituvchining vazifasi o'quv jarayonini boshqarishdan iborat bo"lib qoladi. Masofadan o'qitish o'ziga xos. mukammaliashgan shakl bo'lib, u o'ziga yangi axborot tcxnologiyalari va multimediya tizimiga asoslangan ta'limning kunduzgi kunduzgi sirtqi va kechki elcmentlarini qamrab oladi. Telekommunikatsiyalar va elektron nashrlarning zamonaviy vositalari an'anaviy o'qitish shakllari kamchiliklarini bartaraf etish imkonini beradi va undagi barcha afzalliklami o'zida saqlab qoladi. Masofadan o'qitishning afzalligi shundaki, unda o'quvchi o'ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o'qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Ko'pgina yirik korxonalar mutaxassislarning malakasini oshirish yoki o'zgartirish uchun shu uslubdan

foydalanadi. Masofadan o'qitishning yana bir afzallik tomoni unda o'qish muddatini o'quvchi o'zi belgilaydi. ya'ni talaba ixtiyoriy paytda o'qishni belgilaydi materiallarni oqituvchi nazoratida o'zlashtiradi. O'zlashtirish topshiriqlarni testlarni bajarishga qarab aniqlanadi. O'quvchi berilgan dasturni qanchalik tez o'zlashtirsa. shunchalik tez o'qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Dasturni o'zlashtira olmasa unga mustaqil ishlab, o'qishni davom ettirishga imkoniyat beriladi. Masofadan o'qitish tashkiliy iqtisodiy afzalliklarga ham ega. Masofadan o'qitish uchun talabalarga auditoriyalar, yotokxonalar zarur emas. Masofadan o'qitishda moliyaviy harajatlar, asosan, o'quv uslubiy materiallar tayyorlash uchun maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu xarajatlaming asosiy qismi masofadan o'qitish jarayonini tashkil etish bosqichida sarflanadi. Shuning uchun talabalar son in ing oshishi bilan o'qish nar\i ham pasayadi. Masofadan c'qitishda asosiy e'tibor o'quv-uslubiy materiallarai tayyoiiashga qaratiladi. Chunki o'quv-uslubiy materiallarning sifati masofadan o'qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir. O'quv uslubiy material qanchalik tushunarii va batafsil bo'lsa, shunchalik u o'quvchiga foydali bo'ladi.

Masofadan o'qitish uslubiy materiallari quyidagilardir:

• darslik;

audio va video darsliklar;

• on-layn darslar (internet sahifa);

• elektron kutubxonalar;

• testlar;

• multimedia-elektron darsliklar.

Hozirgi kunda respublikamizda ham masofadan o'qitish uslubiy materiallari

elektron kutubxonalar, elektron darsliklar, on-layn darsliklardan ayrim faularni

o'qitishda foydalanilmoqda. Multimedia darslik o'zida ko'pgina ma'iumotlarni mujassamlash bilan birga, bu ma'iumotlarni ekranda namoish etadi, hamda ovoz yordamida izohlaydi. Multimedia darslikning xususiyati u voqea va ma'iumotlarni yaqqol aks ettiradi. Ya'ni multimedia voqea va ma'iumotlarni hayotiylashtiradi. Bu matn, videotasvir, multiplikatsiya, ovoz va musiqa yordamida amalga oshiriladi. Masofadan o'qitishda venual kutubxonalar, sputnik orqali videokonferentsiyalar, darslar, internet yordamida muloqot va informatsiya olish imkoniyatlari paydo bo'ladi. Bu esa o'quvchi uchun maxsus o'qish doirasini beradi. O'quvchining fanni o'zlashtirish tezligi va sifati keskin yaxshilanadi. Masofadan o'gilish iste'molchilari quvidagilardan iborat:

• o'quvchi va talabalar;

• ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o"qishni davom ettiruvchilar:

• boshqa o'quv yurtlarining o'qituvchilari:

• mustaqil malakaoshiruvchilar.

Masofadan o'qitish moddiy bazasi quyidagilarni o'z ichiga oladi:

• axborot saqlash markazlari;

• o'quv muassasaiarining kompyuter sinflari:

• fovdalamivchilarning uy kompyuterlari:

• aloqa vositalari;

• uskuna va xizmat ko'rsatuvchilar joylashtirilgan maxsus binolar;

• multimediani tayyorlash vositalari (vidcomagnitafon, videokamera, skaner va

hokazo).


Masofadan о 'qitish mualliflari:

• masofadan o'qitish material larini tayyorlovchi professional dasturchi

(programmist)lar;

• multimedia vositalarini tayyorlovchi mutaxassislar;

• fan o'qituvchilari:

• laboratoriya ishlari bo'yicha mutaxassislar;

• matematika. chizmachilik va boshqa kompyuter tarmoqlari bo'yicha

professional dasturchilar;

• masofadan o'qitish bo'yicha uslubchilar, huquqshunoslar va boshqa

mulaxassislar.

Masofadan о 'qitish metod va shakllari elektron darsliklar va ma'ruza matnlari, laboratoriya ishlari;

masofadan bajariladigan testlar va boshqa nazorat topshiriqlari;

elektron ma'lumotnomalar bazasi; • ekskursiya vaamaliyotlar;

• video va foto materiallar;

• diplom ishi, kurs ishi himoyalari, konferentsiyalarning video ko'rinishlari;

• masofadan mutaxassis konsultatsiyalari.

Masofadan o'qitish - o'qitishning sirtqi shakliga o'xshab ketsa-da, undan bir

muncha farq qiladi. Masofadan o'qitish shakli sirtqi ta'lim singari o'quvchi va

o'qituvchi o'rtasidagi bevosita uchrashuvning yo'qligi bilan tavsiflansa-da, ta'lim muassasa va o'quvchi orasidagi aloqa va teskari aloqa vositalari va metodlari bilan sirtqi ta'limdan farq qiladi.

Sirtqi ta'lim biroraniq mutaxassislikni ma'Ium o'quv rejasi orqali olishni taklif

qiladi. Masofadan o'qitishda o'quvchi birorta mutavassislikni olishni maqsad qiiib olmay, birorta kurs yoki kurslar tizimini tanlab olishi ham mumkin.

Sirtdan o'qilishda umumlashgan ma'ruzalarni tinglash, laboratoriya amaiiy

mashg'ulotlarini bajarish, yakuniy nazoratlami topshirish uchun sessiyaga

o'quvchilami yig'ish rejalashtiriladi. Masofadan o'qitishda bunday sessiyalar

rejalashtirilmasligi mumkin. Ayrim hollardagina yakuniy nazoratlar topshirishda o'quvchilar o'qituvchilari bilan uchrashishadi. Ba'zi fanlar bo'yicha masofadan o'qitishni to'liq qo'llab bo'lmaydi. Masalan, klinikada ishlamasdan vrach bo'Iish, qazish ishlarida qatnashmasdan turib arxeolog bo'lish mumkin emas. Birorta texnik qurilmalarning konstruktsion tuzilishini ularning tabiiy ob'ektiari yoki maketlarida ma'Ium o'quv ishlarini bajarmasdan turib o'rganib bo'lmaydi. Masofadan o'qitishda ta'lim muassasasi va o'quvchi orasida kompyuterlararo aloqaning yoki telekommunikatsion aloqaning mavjudligi katta rol o'ynaydi. Bu masofadan o'qitishning sifatini yana ham oshiradi. Kompterlar va telekommunikatsiya vositalarining birgalikda qo'llanishi adabiyotlarda kompterli telekommunikatsion texnologiyalar deb atashadi. Masofadan o'qitishning muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilishi uchun quyidagilar ta'minlanishi shart:

С o'quv ma'lumotlarining o'quvchilarga o'z vaqtida etkazilishi;

D o'qituvchi bilan teskari aloqaning mavjudligi;

TI masofadan turib jamoa bo'lib ishlash imkoniyatining mavjudligi.

Hozirgi qo'llanilib kelayotgan masofadan o'qitish amaiiyoti. asosan, 6 ta modeldan foydalanishga asosiangan (Baxromov A.):

1. Eksternet shaklida o'qitish. Bunda qandaydir sabablarga ko'ra o'quv muassasasiga qatnay olmaydigan o'quvchilarning bilimini imtihon yoki sinov taiablari darajasida sinab ko'rish nazardatutiladi.

2. Bitta o'quv rnuassasasi nesiizida o'qitish. Bunda o'qitish yangi axborot texnologiyalarini qo'llagan holda sirtqi shaklda yoki masofadan turib amalga oshiriladi. Ta"lim muassasasi o'quvchilarga bosma tarzdagi manbalardan tashqari maxsus tayyorlangan audio va video mahsulotlarini. shuningdek, kompyuterlarda jamlangan ma'lumotlarni ham taqdim ctadi.

3. Bir qancha ta'lim muassasalari hamkorligida o'qitish. Bunda masofadan

o’qitish uchun o'quv mahsulotlarini bir nechta o'quv muassasalari hamkortikda tayyorlaydilar. Bu esa, o'z navbatida. ularning sifatli va kam xarajatli bo'lishini ta'minlaydi.

4. Ta'limning alohida muassasalari yordamida o'qitish. Bunda masofadan

o'qitishning maqsadlarini ko'zlagan holda maxsus multimedia kurslarini yaratish bilan shug'ullanuvchi o'quv muassasasi nazarda tutiladi. Mazkur turdagi o'quv muassasalari nafaqat o'qitish. balki o'quvchilar bilimini baholash va shahodatlash vazifalarini ham bajaradilar.

5. Alohida o'qitish tizimlari. Bunday o'qitish tizimlari o'quv muassasasiga

bog'liq bo'lmay. televidenie. radio yoki qo'shimcha bosma materiallar yordamida oqitishni amalga oshiradi. Masofadan o'qitishning bunday modeliga Amerika va mamlakat teievideniyalarining birgalikda amalga oshirayotgan loyihasi misol bo'la oladi.

6. Norasmiv, multimedia dasturlari asosida o'qitish. Bunday o'qitish, asosan,

katta yoshdagilarning savodini chiqarish uchun xizmat qiladi va u qandaydir boshqa rasmiy o'qitish dasturi doirasida amalga oshirilishi mumkin.

Bugungi kunda masofadan o'qitishning quyidagi uchta ko'rinishi keng

tarqalmoqda: [ interfaol televideniyaga asosiangan masofadan o'qitish;

kompyuterli teiekommunikatsiya (mahalliy va global) tarmoqlarga asosiangan

masofadan o'qitish;

D multimedia ma'lumotiaridan va kompyuterli vidcokonferentsivalardan

foydalanuvchi teiekommunikatsion, interfaol tarmoqlarga asosiangan masofadan o'qitish. Masofadan o'qitishning samaradorligi uni tashkil etuvchi to'rtta element sifatiga bog'liq:

• o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi munosabatlarning samaradorligiga:

• bunda foydalanilayotgan pedagogik texnologiyalarga;

• o'quv mahsulotlarining sifati va ularni o'quvchilarga etkazish vositalariga;

• teskari aloqaning samaradorligiga;

Shunday qilib, ta'lim jarayonida masofadan o'qitishdan foydalanish natijasida

ta'lim tizimida nofaol o'qitishdan faol o'qitishga; o'quv materialini statistik taqdim etishdan video va animatsiyalardan dinamik foydalanishga; real ob'ektlardan virtual ob'ektlarga; o'quv materialini umumiy tarzda taqdim etishdan individual ishga; o'quv materialini bir yo'nalishda taqdim etishdan hamkordikda (interfaol) taqdim etishga o'tiladi.
4-§. Ta’lim jarayonoida zamonaviy pedagogik metodlar.

Pedagogik mahorat – ta’lim beruvchining ustoz – murabbiylik fazilatlari,

o‘qituvchilik kasbining sirlarini chuqur egallaganligi, insoniylik va iste’dodi hamda intellektual salohiyati va shu kabilar asosida undagi kasbiy ta’lim, tushuncha, ko‘nikma va malakalarning mukammal shakllangan kasbiy faoliyati.

Pedagogik mahoratdan ko‘zlangan maqsad darsning sifati va samaradorligini

oshirishdan iborat bo‘lib, u ta’lim beruvchining kasbiy – ijodiy faoliyatidir. Bunda

ta’lim beruvchining mahorati ta’lim oluvchilar ichida kimga nimadir tushunarsiz bo‘lganligini tezda (o‘z vaqtida) ilg‘ay olish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik mahoratlik o‘qituvchida kamida quyidagi qobiliyatlar

mujassam bo‘lmog‘i lozim:

-o‘qituvchi dars materialini aniq va ravshan bayon qila olishi kerak;

- o‘qituvchi o‘z ta’lim oluvchilarini iloji boricha o‘rganilayotgan mavzu

bo‘yicha bir xil fikrga keltira olishi kerak;

- o‘qituvchi mavzu mohiyatini to‘liq ochib bera olishi kerak va kerak

bo‘lganda ularga bu mavzuning o‘z kasbiy faoliyatidagi o‘rni va roli haqida

tushuncha bera olishi kerak;

- dars davomida befarq holda qatnashayotgan ta’lim oluvchini tezda dars

mazmunini o‘rganishga jalb qila olishi kerak;

- o‘qituvchining darsni yana davom ettirishini xohlovchi ta’lim oluvchilar soni

auditoriyadagi jami ta’lim oluvchilarning qancha qismini tashkil etishini baholab berish va bu orqali o‘z dars o‘tish texnologiyasini takomillashtirib borish imkoniyatiga ega bo‘lish;

- o‘qituvchining dars maqsadiga erishganligini baholay bilishi va xulosalash

qobiliyati va shu kabilar.

O‘qituvchining pedagogik mahorati tajribasida va uning natijasida ta’lim

metodlari samaradorligi oshishi yo‘llari asosiy e’tiborda bo‘ladi va ular ta’lim jarayoniga nisbatan turli usul, tamoyil, yondashuv va qarorlar hamda pedagogik qobiliyatlari yordamida amalga oshiriladi.

Pedagogik metodlar

1. Talabalarga ajralib turuvchi xusuchsiiyatlarni egallashda aniqlik kiritish uchun sharoit yarating. Bu ularning ko‘pchiligiga kerak.

2. O‘zgalarni ularga qanday e’tibor berishlari xaqida ya’ni, buni qanday sezganliklari va o‘sha jarayonda o‘zlarini qanday tutganliklarini yozib berishlarini

so‘rang. Masalan: boshqalarning e’tiboriga nisbatan qiziqishlarini yashiradilarmi?

Nega unday qilganliklarini taxlil qilishlarini so‘rang.

3. Talabalardan boshqalardan nega ajralib tkrishni xoxlaganliklari

xaqida yozib berishni so‘rang.Balki bkni boshqalarni qo‘llash uchun qilgandirlar.

4. Talabalardan yozganlarini bir necha guruhlarga ajratishlarini

so‘rang.

5. Butun guh bilan munozaraei uyushtirib bog‘liqliktomonlarini

ko‘rsating. Bu ularni o‘z xissiyotlarini taxlil qilish imkonidir. O‘z navbatida yaxshi

tomonlarni ajratib olishlariga imkon yaratadi9.

Ta’limning muammoni qidiruv usuli – ta’lim oluvchilarning bilimini

mustaqil ravishda izlab topishga yo‘naltirilgan ta’limiy faoliyat yo‘li.

Ushbu usulda o‘qituvchilarning pedagogik mahoratining asosiy mazmunini

ta’lim oluvchilarga berishni so‘z orqali ifodalash, ko‘rgazmali va amaliy usullar yordamida amalga oshirishlar tashkil etadi. SHuningdek, o‘qituvchining pedagogik mahorati oshishi va uning natijaviyligini ta’minlashdan muammoli ma’ruza ifodasi (izohi) orqali mulohaza yuritish, isbotlash, umumlashtirish, dalillarni tahlil qilish va rejaga mos tizimlashtirish, ta’lim oluvchini ushbu mavzudagi ma’lumotlarni o‘zlashtirishi bo‘yicha o‘z ortidan ergashtirish bilan birga uni faolroq qilish kabi usullardan foydalanishlar ko‘zda tutiladi;

- Ta’limning namoyish qilish usullari – bu ta’limning dars mashg‘ulotlari

jarayonida o‘quv va ko‘rgazmali vositalardan foydalanish yo‘llaridan iborat bo‘lib,

uning asosiy maqsadi dars samaradorligini oshirishdan iboratdir.

Mazkur usuldan foydalanishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular

so‘z bilan ifodalash usuli bilan u yoki bu darajada uyg‘unlashib ketadi va ushbu jarayonda ta’lim beruvchining pedagogik mahorati muhim rol o‘ynaydi. Bu muhim rol esa pedagogning ta’lim vositalari bilan oldindan tanishligi orqali yanada yuksaladi. Mazkur usul bo‘yicha ta’lim berishdagi o‘qituvchi pedagogik mahoratining natijaviyligini ta’minlashdan og‘zaki va ko‘rgazmali usullari aloqadorligining xilma – xil shakllari mavjudligi va kerakli joylarda ularning har biridan samarali foydalanishi e’tiborga olinadi. Bunga sabab ta’limda mavzuning mazmuni, mavjud ko‘rgazmali vositalarning xarakteri va ta’lim oluvchilar tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib, har bir ta’lim jarayonning holatiga mos ular uyg‘unligidan oqilona foydalanish dars samaradorligini ta’minlashga imkoniyat yaratadi:

- Ta’lim tamoyillari. Bu o‘qish va o‘qitish jarayonida obektiv mavjud bo‘lgan

va uni bir butun qilib turgan qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqlikdan kelib chiqib,

odamlar tomonidan ishlab chiqilgan va ta’lim jarayonida amal qilishlikka tavsiya etilgan harakatlar tarkibidir.

Demak, ta’lim tamoyillari – bu o‘qituvchining faoliyatini va ta’lim oluvchining

bilish faoliyatini xususiyatini belgilovchi asosdir. U ta’lim beruvchi va ta’lim

oluvchi faoliyatining muhim ichki tomonlarini aks ettiradi hamda turli normada, turli mazmunda va har xil yo‘sinda tashkil etiladigan ta’limning samaradorligini belgilaydi. Ana shuning uchun ham mazkur jarayonda o‘qituvchining pedagogik mahorati juda zarur va unda ta’lim berishning muhim ob’ktiv qonuniyatlarini ta’lim tamoyillari o‘zida aks ettiradi.

Pedagogikada o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga imkon beruvchi

ko‘pgina umumiy tamoyillar mavjud. Ular: onglilik va faollik; ko‘rgazmalilik;

tizimlilik va muntazamlilik; mustahkamlik; tushunarlilik; ilmiylik; nazariya bilan amaliyot birligi; ta’lim – tarbiyaning birligi; ta’lim – tarbiya tizimi va uning uzunligi; pedagogik texnologiya tamoyillari.

- Pedagogik yondashuv bu ta’lim – tarbiyadagi o‘zaro bog‘liqlik. Tarkibiy va

tashkiliy jihatdan bir butun bo‘lgan jarayon va hodisalarni o‘rganuvchi pedagogik

faoliyatdir. Pedagogik yondashuvlar turlari ular qo‘llanilayotgan manbaga mos holda turlicha bo‘ladi. Ular ichidan pedagogik texnologiyalarning ta’lim – tarbiyada keng qo‘llanilishi bilan texnologik yondashuvga e’tibor kuchaymoqda.

- Texnologik yondashuv – bu ta’limning aniq kutilgan natijalariga ega bo‘lgan

uzluksiz jarayondir. Uning komponentlari quyidagilardan iborat: tizimli yondashuv

asosida o‘quv jarayonini loyihalash; o‘quv maqsadini mumkin qadar aniqlashtirish;

ta’lim oluvchilarni ularning hatti – harakatlari asosida o‘qitish; teskari aloqa; bilim,

- ko‘nikma va malakalarning to‘la o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan maqsadlarga

erishishini kafolatlashi; o‘qitishning samaradorligiga erishishi.

- Ta’limning mulohazalarga asoslangan qarori – bu mazkur qarorni amalga

oshirishdagi o‘qituvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi vazifalarni belgilash va taklif

-mulohazalarni hisobga olish hamda amaliyotda foydalanishga tavsiyalash ishlab chiqish natijasi. Mazkur jarayon o‘qitishga har tomonlama mos tushuvchi ta’lim texnologiyalarini yaratishda, ilg‘or axborotli ta’lim texnologiyalarini hayotga joriy etishda, qarorlarni qabul qilish bo‘yicha ta’lim oluvchilar vazifalarini belgilashda, qarorni joriy etishda, taklif va mulohazalarni yig‘ishlarda mukammal qarorlar qabul qilishga didaktik asos bo‘la oladi. Ta’limning mulohazalarga asoslangan qarori ilmiy – pedagogik, tashkiliy –

pedagogik faoliyatda va ular natijalarini nazorat qilish yo‘nalishidagi ishlarda

qo‘llanilishi samarali natijalarni beradi;

 Pedagogik qobiliyat – bu o‘qituvchining pedagogik faoliyatga xos bo‘lgan

zaruriy xususiyatlari majmuasidan iborat bo‘lib, unda shu xususiyatlar negizida pedagogik faoliyat bilan mohirona shug‘ullana olishlik layoqatining

shakllanganligining muayyan darajasidir.

Mikro darajadagi o‘qitish

- Mikro darajadagi o‘qitish - guruhlarda qaytuvchan aloqani tashkil etishga

mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qitish metodlari orasidagi o‘qitishning unumliligini

oshirishdagi xamkasblik (pedagoglar orasidagi) metodidir. Xar bir ishtirokchi

simpozium vaqtida o‘quv jarayoni xaqida qisqa ma’lumot beradi. Lekin bu holat boshqa bo‘limlar tomonidan etirozlarga sabab bo‘lgan. Ushbu holatda o‘qitish portfoliosini yaratish maqbul echim bo‘lib hisoblandi. O‘qitish porfoliosini yaratish o‘qituvchilarni shaxsiy portfoliosini tashkil etish va rivojlantirishga turtki bo‘ladi. Ishtirokchilar ta’limni samaradorligini oshiruvchi porfolioni qanday ishlatish va portfolioni tarkibiy qismlarini taxlil qilish to‘g‘risidagi asosiy tushunchalarga ega bo‘ladilar. SHular orqali ular o‘z portfoliolarini to‘ldirish tartibi rejasini tuzib chiqadilar10.Mazkur jarayonda, ayniqsa o‘qituvchining pedagogik mahorati oshishi asosidagi ta’lim metodlarining samaradorligini oshirishda quyidagi qobiliyatlari muhim asos bo‘la oladi: pedagogning bilish qobiliyati; pedagogning diqqatni taqsimlay olish qobiliyati; pedagogning istiqbolni belgilay olish qobiliyati; pedagogning kasbiy madaniyati va bilimdonligi qobiliyati; pedagogning kasbiy nazokati va kuzatuvchilik qobiliyati; pedagogning ma’naviy – ma’rifiy madaniyati va nutq qobiliyati; pedagogning obro‘ orttira olish qobiliyati; pedagogning tashkilotchilik qobiliyati; pedagogning tushuntira olish qobiliyati; pedagogning to‘g‘ri tushuntira olish qobiliyati; pedagogning to‘g‘ri muomala qilish qobiliyati va shu kabilar.


3. Xulosa.

Ma'rifatli va madaniyatli dunyonig ta’lim tajribasi shuni ko'rsatadiki, shaxsning intellektual salohiyati, dunyoqarashi, shuningdek, uning m a’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishida u mansub bo'lgan muhit hamda unda qaror topgan ijtimoiy munosabatlaming ahamiyati katta bo'ladi. Zero, shaxs mansub bo'lgan muhitda uning tafakkuri, ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish uchun zarur bo'lgan obyektiv va subyektiv omillar mavjud. Shaxs faoliyat olib borayotgan muhit doirasida oliy va o'rta maxsus ta’lim muassasalarining ham alohida o'rni bor. O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim sohasida olib borilayotgan kadrlar tayyorlash bo'yicha islohotlar mamlakat iqtisodiyotini malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga imkon beradi. Mazkur masalaning dolzarbligini ta’kidlab, 1-prezidentimiz I.A.Karimov “-O'zbekiston innovatsion rivojlanish turining hoziigi zamon modeliga o'tish uchun hamma zarur sharoitlarga ega”, degan edi. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samaraii foydalanishga, fundamental va amaliy fanning yutuqlarini, chuqur ilm talab qiladigan texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, yuqori malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko'paytirishga asoslanadi. Bu mamlakatimizning jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga kirib borishining zarur sharti va mustahkam poydevori bo'lib xizmat qiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimiz iqtisodiy qudratining oshib borishi jamiyatimiz ijtimoiy sohasining markaziy xalqasi bo'lgan ta’lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlatga olib keldi. O'quvchi va talaba yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularga berilayotgan ta’lim mazmunini kengaytirish, chuqurlashtirish va boyitish hamda ta’lim uzluksizligini ta’minlab berish uchun yangidan-yangi qonunlar va hujjatlar qabul qilinmoqda, zamonaviy pedagogik texnologiyalar yaratilmoqda. Zamonaviy pedagogik texnologiya fan asoslari bo'yicha o'quvchi-talabalarning bilish faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish va amalga oshirishni ko'zda tutadi. Yangicha yondashuv, yangicha fikrlash asosida o'qitish jarayonida bilim oluvchilarning o'quv-biluv faoliyatining samaraii shakl va uslublarini joriy etish, ularning mustaqil ishlarini samaraii tashkil

qilish kerak. O'quv-tarbiya jaryonlarini ilmiy va metodik jihatdan

mukammal tashkil etish muvaffaqiyatlar garovidir. Bunda barcha turdagi mashg'ulotlar va mustaqil topshiriqlar talabalarni o'ylashga, ijodiy mehnat qilishga, har tomonlama fikr yuritishga, berilgan topshiriqlami o'z hayotiy tajribalariga asoslanib hal etishga o'rgatadi. Mashhur ingliz adibi J.Bernard Shou topib aytganidek, “Bilimga eltuvchi yagona yo'l, bu — faoliyatdir”. Ana shunday faoliyatning o'quvchi va o'qituvchi mehnati ko'rinishidagi turlari omixtalashganida kutilganidan ziyodaroq natijaga erishish mumkin bo'ladi. O'qitishning asosiy tashkiliy shakli bo'lgan dars va darsdan tashqari ishlar, ular qanday ko'rinishda (an'anaviy yoki noan'anaviy darslar, sinfdan va maktabdan tashqari o'quv-tarbiya tadbirlari, ma’ruza yoki amaliy mashg'ulotlar) tashkil etilishidan qat’iy nazar, ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik va ma’rifiy-ma'naviy jihatdan to'laqonli bajarilganidagina yuksak pedagogik samarani berishi mumkin. Bunda, albatta, bilim oluvchilarning yosh va fiziologik xususiyatlari, qiziqishi,

bilim saviyasi, fikr yuritish doirasi hisobga oUngan holda tashkil qilinadigan mashg'ulotlar ko'zda tutiladi. Buning uchun esa ta’lim va tarbiya beruvchining mukammallik darajasidagi pedagogik mahorati va kasbiy salohiyati talab qilinadi. O't-dalani almashlab ekishni dehqonchilik madaniyatiga dunyo amaliyotida birinchi bo'lib tavsiya etgan taniqli tuproqshunos olim R.Vilyamsning “-Yomon yer yo'q, balki undan hosil undirish yo'lini bilmaydigan uquvsiz dehqonlar bor”,' degan purhikmat iborasiga pedagogik o'zgarish kiritib aytadigan

bo'lsak, “-Yomon o'quvchi (bilim oluvchi) yo'q, balki unga o'qish o'rganishning maqbul yo'lini ko'rsata olmaydigan noshud o'qituvchi (pedagog-tarbiyachi) laigina bor”. Kuchli bilim, kasbiy metodika va oddiy insoniy fazilatlardan

iborat uchta xususiyat birlashib o'qitish jarayonining pirovard natijasini belgilaydi. Bilimsizda metodik mahorat bo'lishiga ishonib bo'lmaganidek, bularning har ikkisiga ega bo'la turib, odamiylikdan bexabar shaxsning ham o'qituvchiligidan ne foyda? Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat ham yuqorida tilga olingan uchlikning tugalligisiz sxolastika botqog'iga botib turaveradi. Ta’lim va tarbiyaning sifat va samaradorligi-juda ko'p omillarga

bog'liq bo'lganligi uchun ham bu borada yagona va qudratli tavsiya yoki yo‘l-yo‘riq berib bo'lmaydi. Hattoki, zamonaviy pedagogik yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ham foydalana bilishning o'ziga xos va o'ziga mos mezonlari mavjudligini unutmaslik kerak. N oan’anaviylik, innovatsiya yoki interfaollik bayrog'ini baland ko'taruvchilar ham o'qitishning ming (balki, million) yillik an’ana va tajribalari, to'plangan ulkan tajribaviy zaxirasini inkor etmasliklari lozim. Eski va yangining o'zaro munosabati, bazis va ustqurmaning mutanosibligi, an’ana va tashabbusning kelishuvchanlik

tamoyillarini unutmaslik kerak. Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonini joriy etish quyidagi imkoniyatlarni beradi:

- Maktabda ilg`or ta’lim- tarbiya usullaridan kimlar va qanday

foydalanayotganligini ko`rsatadi, o`zini oqlamagan, samarasiz uslublardan voz

kechish imkonini beradi. O`qituvchi, o`quvchilar faoliyatini o`rganishda ilmiy asosga ega bo`lmagan, metodik, diagnostik, tasodifiy sinovlar, asosga ega bo`lmagan ishlarni qo`llashga barham beradi.

- O`qituvchi, psixolog, direktor o`rinbosari faoliyatini to`g`ri yo`naltirishni

ta'minlaydi.

- O`quvchi faoliyatini nazorat etish, ota-onalar, jamoatchilik fikrini o`rganuvchi me`yoriy asoslarni belgilaydi.



- Har bir maktabning ichki nazoratini amalga oshirish imkonini yaratadi.


Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling