Avantyura - qo‘yilgan maqsadga erishishning real imkoniyatlarini hisobga olmagan holda ishga kirish ish , tavakkalli va xavfli boshlanish kutilmagan omadni ko'zlagan nohalol faoliyat (harakat).
Boss — korxona xo‘jayini, firma va tashkilotlar boshqaruvchisi.
Boshqaruv nazariyasi — u yoki bu boshqaruv tushunchasi, boshqaruvga yondashuvlar tizimi.
Imij (mavqe) - korxona, AJ, firma, tovar va xizmatlarning obrazi. Ularning bozordagi holati, firma markasiga sotib oluvchining ishonchini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarishni intensiv o‘stirish — tab iiy , material, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish , zamonaviy texnika -texnologiyalarni qo’llash asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirish yo'li. Ishlab chiqarishni intensiv rivojlantirish uning samaradorligini oshirish mehnat unumdorligini oshirish , fond qaytimini ta’minlash , tovarning materialga bo‘lgan talabini kam aytirish, uning sifatini oshirish ma’nosida keladi.
Komissiya — aniq savollar ishlab chiqish yoki tayyorlash yoki qandaydir funksiyani bajarishga xizm at qiladigan vazifa va organning jam oaviy tanlangan yoki tayinlangan boshqaruvchilar!.
Ma’muriyat — o 'ziga berilgan vakolat (huquq ) doirasida korxona va tashkilotning boshqaruvini amalga oshiruvchi boshqaruv organi.
Mehnat jamoasi — tashkilotda faoliyat yurituvchi xodimlar uyushmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |