Mamarajabova ozoda
Download 1.61 Mb.
|
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t
- Bu sahifa navigatsiya:
- I . BOB. ERTAKNI O’QITISH METODIKASI
- Boshlang`ich sinflarda ertakni o’qitish metodikasi.
- II. BOB. MASALNI O’QITISH METODIKASI
- 2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini lug’at ustida ishlashga o’rgatish.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI BOSHLANGICH TA`LIM VA STI YO`NALISHI 4-KURS 405-GURUH TALABASI MAMARAJABOVA OZODANING KURS ISHI Mavzu: SAVOD O’RGATISH DARSLARIDA LUG’ATDAN FOYDALANISH Bajardi : MAMARAJABOVA OZODA Ilmiy rahbar:
Kirish Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonning kelajagi ko’p jihatdan barkamol va intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalashga bog’liq. Bu muhim vazifani amalga oshirish uchun o’z Vataniga, xalqiga, istiqlol g’oyalariga sadoqatli, erkin va mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni komil insonlar sifatida voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Rеspublikamiz Prеzidеnti Sh.M.Mirziyoyev “Farzandlarimizning qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar yetishib chiqadi. Men bunga ishonaman. Biz xalqimizning farovon hayotini, farzandlarimizning yorug‘ kelajagini ta’minlash uchun bundan buyon ham bir tanu bir jon bo‘lib, bor salohiyat, bilim va tajribamizni safarbar etishimiz lozim”, - dеgan edi. Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo’lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o’qib o’rganiladi. O’qish darsliklariga, asosan, ertak, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o’qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularning o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni ertak matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikni taqqoslash orqali o’zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini dunyoqarashini kengaytirishda ertak va masal asosiy janr hisoblanadi, bunday asarlar o`quvchining yoshiga va uning psixologik hususiyatlariga mos bo`lganligi uchun o`qubchilar juda qiziqib o`qiydilar. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling