Mamarajabova ozoda


Download 1.61 Mb.
bet12/13
Sana23.02.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1226097
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

VI. UYGA VAZIFA:
Qayta hikoya qilishga tayyorgarlik ko`rish
2.4 Bob bo`yicha xulosa.
Boshlang‘ich sinflarda masal o‘qitish metodikasi. Masal haqida gap ketar ekan ko‘z oldimizga Gulxaniy,Maxmur, Alisher Navoiy masallari keladi. Masallar boshlang‘ich sinf darsliklarida ko‘p berilmagan. Shunday bo‘lsada darslikda berilgan masallar orqali o‘quvchilarni rostg‘oylikka, mehnatkashlikka, qo‘lidan kelmagan ishga urunmaslikka o‘rgatadi. Masallarni o‘qitishda o‘qituvchidan pedagogik mahorat talab etiladi. Masalning asosiy g‘oyasi insonlardagi turli illatlarni tanqid qilish va qoralashdir. Inson qiyofasi hayvonlar, hasharotlar, qushlar, o‘simliklar yordamida yorotib berilgani asarning yosh o‘quvchiga ta‘sirini oshiradi. O‘qituvchi majoziy ma‘noda kelgan qahramonlarni o‘quvchiga to‘g‘ri tushuntirib berishi lozim bo‘ladi.
Ma’lumki, tarbiya ko’proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg’usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo’ladi va bu
orqali o’quvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g’urur, matonat, mehr-oqibat, do’stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo’ladi.
Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo’pollik, qo’rslik,yolg’onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. Lekin amaldagi boshlang’ich sinf “O’qish kitobi” darsliklarida masal janriga kam o’rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o’rni beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o’quvchi matndagi e’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o’qib o’tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o’rinni, bo’shliqni to’ldiradi.


UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
Barchamizga ma’lumki, insonni boshqa jonzotlardan ustun sanalishiga asosiy sabab aql, ilm, tafakkur va nutqdir. Shuning uchun ham inson hayotning oliy xilqati sanaladi. Biroq inson o'z vazifalarini bekamu-koʻst amalga oshirishi uchun maʼlum eʼtiqodga ega boʻlishi, oʻz umrining asl mohiyatni anglashi lozim boʻladi. Buning uchun esa insonga yaxshi taʼlim va ma’naviy tarbiya olish zarur sanaladi. Xo’sh, maʼnaviy tarbiya nima? Inson tarbiyasida maʼnaviy tarbiya juda muhim. Ayniqsa, hozirgi shiddatli davrda insonning maʼnaviy tarbiyasi juda koʻp narsani belgilaydi. Maʼnaviy tarbiyaning asosida qalb tozaligi yotadi. Shuning uchun ham yosh avlodga maʼnaviy tarbiya zarur. Inson qaysi jamiyatda yashashidan, qaysi kasb bilan shug’ullanishidan qatʼi nazar, u o’z insoniy burchi sifatida oilasini moddiy jihatdan to’kis etib ta’minlashi uchun dunyoviy ishlar bilan shugʻullanishga majbur. Chunki, insonning moddiy ehtiyojlari doimiy ravishda o’sib boradi. Ota-bobolarimiz bolalarini halol-pokiza turmush kechirishlari uchun ularga yoshlikdan kasb va hunar sirlarini o’rgatish bilan birga ularga odob va tarbiya berishgan. Chunki insonning iymon va maʼnaviyati mukammal boʻlsa, u nopok yo’lga yurmaydi. Shu bilan birga topilgan mablag’ va molu dunyosi halol boʻladi. Birovning haqqiga xiyonat qilmaydi. O‘quvchida mana shunday xislatlarni tarbiyalashda ertak va masallarning o‘rnini unutmaslik lozim. O‘quvchilarni ertak va masal mutoalasiga qiziqtirib borish lozim.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling