Mamasoli jumaboyev
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Bo‘ri meni yeyarmish.
Qorni to‘yib ketarmish. Òulki: (Bo‘riga) Qopga sig‘dim deysanmi? Cholni endi yeysanmi? Bo‘ri: Ha, sig‘dim, cholni yeyman! Òulki: Gaping yolg‘ondir deyman! Bo‘ri: Rost. Òulki: Rost bo‘lsa, hoziroq, Qani, qopga kirib boq! Ko‘ray, ishonay. Keyin — Mayli, cholni sen yegin! Bo‘ri: Chol, qopni och, kirayin! Òulki: Sig‘ganini ko‘rayin! (Bo‘ri qopga kiradi) 183 Òulki: Bobo, qop og‘zin bog‘lang, Bo‘rining bag‘rin dog‘lang. (Chol qopning og‘zini bog‘lay boshlaydi) Bo‘ri: Voy-dod! Bobo, rahm aylang! Òulki: Qop og‘zini mahkam bog‘lang! Chol: (Bo‘riga) Dushmanga bo‘lmas ayov. Doim firib berar yov. (Chol bo‘rini, Òulki o‘tinni orqalaydi) Òulki va Chol: (Quvnashib ashula aytadilar) Biz dushmandan oldik o‘ch, Endi, Bo‘ri, bo‘lma o‘ch! Biz ikkovmiz, bizda kuch, Do‘stmiz qadrdon. Chol: Òulkibek, rahmat senga, Yov xavf sololmas bizga. Òulki: Bobojon, rahmat sizga. Birga: Yasha, qadrdon! (Chiqib ketadilar) P a r d a 184 Hakim Nazir o‘zbek bolalar nasrining otaxon ijodkor- laridan biri, kichkintoylarning sevimli adibidir. U bolalar uchun o‘ndan ziyod qissa, roman, pyesa va qator hikoyalar yaratdi. „So‘nmas chaqmoqlar“, „Yonar daryo“, „Kenjatoy“ qissalari, „Lochin qanotlari“ romani va o‘nlab hikoyalari ko‘pgina xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellarda ham o‘z o‘quvchisini topdi. Zahmatkash adib 1915- yilda Òoshkent shahrida maxsido‘z- kosib oilasida dunyoga keldi. Onasi Malika otin qo‘lida boshlang‘ich ma’lumotni olgandan keyin poyabzal fabrikasiga ishga kirib, kasb egallash bilan birga, kechki ishchilar dorilfununi (industrial texnikum)da o‘qishni davom ettirdi. Hakim Nazir bolaligidan kitobga mehr qo‘yib, gazeta va jurnallarda bosilgan materiallarni chanqoqlik bilan o‘qib chiqardi. Bu qiziqish uni sobiq „Lenin uchquni“ („Òong yulduzi“) gazetasi tahririyatiga boshlab keldi. 1934—1935- yillarda havaskor adibning dastlabki hikoya, ocherklari gazetada, „Yosh kuch“ jurnalida bosilib chiqdi. U jiddiyroq asar yozish uchun hayot taassurotlaridan tashqari, chuqur nazariy ma’lumot ham zarur ekanligini angladi. Kunduzi tahririyatlarda ishlab turib, Òoshkent Davlat pedagogika institutining til-adabiyot fakultetini muvaffaqiyatli bitirib chiqdi. Biroz vaqt o‘qituvchilik ham qildi. Ammo adabiy ishga astoydil berilgan yozuvchi 1942-yildan boshlab, o‘n bir yil davomida O‘zbekiston radiosida bo‘lim boshlig‘i, bosh muharrir bo‘lib ishladi. So‘ng badiiy adabiyot nashriyotida bosh muharrir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib, adabiy maslahatchi vazifalarida faoliyat ko‘rsatdi. Mazkur vazifalarni yozuvchi ijodiy ish bilan birga qo‘shib olib bordi. Hakim Nazir (1915—2008) 185 Qunt, chidam bilan o‘z ustida ishlashi, tinimsiz izlanishi tufayli Hakim Nazir bolalar yozuvchisi sifatida kitobxonlarga tanildi. 1940-yilda „Kenja“ (yangi nomi „Quyosh qachon tutiladi?“), 1946-yilda „Salim ota“ nomli hikoyalari respublika tanlovlarida sovrindor bo‘ldi. 1951- yilda esa Moskvada rus tilida chiqqan „Maëü÷èêè èç êèøëàêà“ hikoyalar to‘plami sobiq Ittifoq tanlovida mukofot oldi. Sevimli yozuvchimizning dastlabki ijodiy izlanishlari hi- koyachilikdan boshlangan. Uning „Qishloqdagi jiyanlarim“ nomli birinchi kitobi ham hikoyalardan jamlangan. Hikoya janri yozuvchi bilan yosh kitobxonlar olamini bog‘lashda muhim vosita bo‘ldi. Shu vosita orqali Hakim Nazir bolalarning boy, go‘zal, quvnoq, ajoyibotlarga to‘la dunyosiga kirib bordi. Buning natijasi o‘laroq, bir-biridan o‘qimishli, bolalarcha quvnoq hikoyalari dunyo yuzini ko‘rdi. Bularda kichkintoylarning quvonchga to‘la his-tuyg‘ulari, o‘qishi, xulq-odobi, kattalarga hurmati, mehnatga munosabati, milliy qadriyatlar o‘z badiiy ifodasini topdi. Yozuvchining kichkintoylar yoshi, saviyasi, ruhiyatini ko‘rsatishga alohida e’tibori diqqatga sazovordir. „Qishloqdagi jiyanlarim“ (1948), „Besh baho“ (1955), „Cho‘l havosi“ (1958), „Yaxshi ism“ (1962), „Meni taniysizmi?“ (1963), „Bolajonlarim“ (1964) nomli hikoyalar to‘plamlari birin-ketin nashr etilib, bolalar va o‘smirlarning ma’naviy mulkiga aylandi. Hakim Nazirning bir qator hikoyalari bog‘cha yoshidagi yoki endigina maktabga qadam qo‘ygan bolalar hayotini aks ettirishga bag‘ishlangan. Buni adibning „Bir og‘iz so‘z“, „Rasmli kitobcha“, „Davronning qushchasi“, „Qaysargina ukam“, „Yaxshi ism“, „Ikki o‘rtoq“, „Bulbul“, „Qanddon“, „Igna“, „Bir tup g‘o‘za“ kabi hikoyalari misolida ko‘rish mumkin. Bunday hikoyalarda bolalar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik, axloq-odob, a’lo o‘qish, jamoat ishlarida faollik ko‘rsatish, kattalarning yumushlariga ko‘maklashish, qushlar va jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilish, orzu-umidlar qanotida yashash yetakchi g‘oyalar hisoblanadi. Bolalarda orzu-umid, yaxshilik sari intilish kattalarga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. „Yaxshi ism“ nomli hikoyasida adib xuddi shu haqda so‘z yuritadi. Shoira endigina birinchi sinfga qadam qo‘ygan. U hali maktab qonun-qoidalarini yaxshi bilmaydi. Shuning uchun o‘qituvchisi Zuhra yulduziga raketa 186 uchirilganligi to‘g‘risidagi axborotni gazetadan o‘qib berganida qizcha: — Òopdim! Òopdim! Òopdim!!! — deya ovozining boricha baqirib yuboradi. Ayon bo‘lishicha, kuni kecha Shoira singilchalik bo‘lib, chaqaloqqa nima deb ism qo‘yish muammo bo‘lib turgan ekan. Shoirada orzu-havas, niyat kuchli. Unga raketa va ayniqsa, Zuhra yulduzi yoqib qoladi. Shu onda singilchasiga Zuhra deb ism berish fikri tug‘iladi va bu haqda u butun sinfga so‘zlab beradi. Bolalarga har tomonlama to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berish, tushuntirish, o‘rgatish, ularda turli ko‘nikmalar hosil qilish ko‘p jihatdan kattalarga bog‘liq. Kichkintoylarning otaxon adibi „Bulbul“ hikoyasida bu masalaga katta e’tibor beradi. Ona tabiatga, qushlarga g‘amxo‘rlik qilish g‘oyasi bu asarning asosini tashkil etadi. Adibning maktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlab yozgan juda ko‘p hikoyalari kitobxonni ota-onani e’zozlashga, ona yurtni sevishga, mehnatkash bo‘lishga, ma’lum bir kasb-hunar egasi bo‘lishga chorlaydi. „Bir tup g‘o‘za“ nomli hikoyasida yosh qahramonlarning xalq boyligiga bo‘lgan munosabatlari g‘oyat hayotiy detallar, jonli, qiziqarli voqealar asosida ifoda etiladi. Bolalarning o‘yinqaroqligi tufayli Karimning sigiri bo‘shalib, bir tup g‘o‘zani payhon qilishi hammani tashvishga soladi. Yozuvchi shu voqea vositasida yoshlarning xalq mulkiga bo‘lgan muno- sabatlarini tasvirlaydi. Hakim Nazirning umuminsoniy va milliy qadriyatlariga bag‘ishlangan 50 dan ortiq asarlarini aytish mumkin. Shulardan 7 tasi bolalar va o‘smirlar uchun yozilgan qissalar bo‘lib, muallifning birinchi qissasi „Ko‘korol chiroqlari“ (1954) qishloq hayotida yuz bergan qiyinchiliklarni yengishda ota-onalarga ko‘mak ko‘rsatgan bolalar haqida. Asarda ularning mehnatda pishib-chiniqishlari, oralaridagi do‘stlikning toblanishi aks ettiriladi. Bu qissani muallif kitobxonlar talabi asosida qayta ishlab, 1957-yilda „So‘nmas chaqmoqlar“ nomi bilan nashr ettirdi. Hakim Nazirning „Yonar daryo“ (1966) qissasi o‘zbek bolalar adabiyotining o‘sha yillardagi katta yutug‘idir. Gazchilar hayoti manzaralarini yorqin bo‘yoqlarda gavdalantirgan bu 187 asarda Qizilqum sahrosida mehnat qilgan kishilarning jasorati, romantik hayoti, qahramonligi hamda bir-biriga mehribonligi badiiy ifodasini topgan. Asarda voqea o‘n ikki yoshli o‘quvchi Damir tilidan hikoya qilinadi. Oilada bola tarbiyasi, bunda ota- onaning tutgan roli ko‘rsatiladi. Yozuvchining „Kenjatoy“ (1976) qissasida hunar maktabi o‘quvchilari hayotining qiziqarli va jozibador aks ettirilishi o‘smirlarda ishchi kasbidan faxrlanish tuyg‘usini tarbiyalashga xizmat qiladi. „Òohir-Zuhra“ (1985) qissasidagi bosh g‘oya hayotga endigina qadam qo‘yayotgan balog‘at yoshidagi o‘spirin bilan qizaloqning yosh qalblarida tug‘ilmish ilk sevgi kechinmalariga qaratilgan, ularning yoniq iztiroblari tasviriga keng o‘rin berilgan. „Dadamni topib beringlar“ (1991) qissasida esa bir dehqon oilasi boshiga tushgan nohaqlik fojiasi kichkintoy nazari orqali tasvirlanib, ularning ongi va ruhiyatiga yetkazilgan salbiy ta’sir badiiy tahlil etilganini ko‘ramiz va yosh qahramonlar bilan birga iztirobga tushamiz. Hakim Nazirning „Oq fotiha“ xotira-qissasi esa bolalik sarguzashtlariga bag‘ishlangan. Muallif ushbu kitobda bezov- talik, g‘ulg‘ula, hayajonlarga to‘la bolalik chog‘larida ko‘rgan- kechirganlarini jonli lavhalarda hikoya qiladi, kichikligida ota- onasidan olgan ilk insoniy saboqlari uchun ularga minnat- dorchilik izhor etadi. Yozuvchining dramatik asarlaridan „Chiranma g‘oz — hunaring oz“ nomli pyesasi uzoq yillar yosh tomoshabinlar teatri sahnasida qo‘yilib, bolalar ko‘nglini xushnud etdi. YONAR DARYO (Qissadan parcha) „Kengashli to‘y tarqamas“ Nonushtaga hamma o‘tirdi-yu, oyim o‘tirmadi. Har kungidek uzoq soch tarash, ko‘ylak dazmollash bugun esiga ham kelmadi. Bir piyola choy ham ichmasdan ishga jo‘nadi. Nega undoq qildi, a? Shoshganidanmi yo bir narsaga zarda qilganidanmi? Buvim uning ketidan: — Hoy, bolam, och-nahor qayoqqa ketyapsan? — de- ganicha achinib qoldi. 188 Kuniga biz bilan chaqchaqlashib choy ichadigan Sulton amaki bo‘lsa indamay o‘tiribdi. Chakkasi tirishib, ko‘zi qizarib ketibdi. Nima bo‘ldi? Bosh og‘rig‘i tutib, uxlamay chiqdi- mikan? So‘ray desam, tilim bormadi. Negadir birdan ishtaham bo‘g‘ildi. Buvim pishirib kelgan quymoqning yarim likopchasini zo‘rg‘a yedim-da, turib ketdim. Sulton amaki soatiga qaradi. — Yur, Popuk, vaqting bo‘lib qolibdi, — deb, singlimni bog‘chasiga yetaklab ketdi. Boshqa kunlari Popukni bog‘chasiga qo‘yganidan so‘ng to‘g‘ri uyga qaytardi. Bugun shu ketgancha allaqayoqlarda yurib, kechqurun Popukni ko‘tarib kirib keldi. Men maktabdan allaqachon kelib, nima qilishimni bilmay o‘tiruvdim. Sulton amaki kelsa, bir tennis o‘ynaylik degan edim. U charchab kelgan ekanmi, to‘g‘ri mening karavotimga borib cho‘zildi. Men hech narsa deyolmadim. Keyin fotoap- paratimni olib, ko‘chaga chiqib ketdim. Bugun uyimizda suv quyganday jim-jitlik bo‘ldi. Ertasiga oyim bilan Sulton amaki o‘rtasida tag‘in „g‘idi-bidi“ qo‘zg‘aldi. Bu gal oyim buvimni bahona qildi. — Oyimlarga gapingizni aytgan edim, dillari og‘ridi: „Sultonboydan umidim shumidi? O‘g‘lim o‘rnida o‘g‘lim degandim! Nahotki, yuzimga oyoq qo‘yib ketsa!“ dedilar... Sulton amakining dami ichiga tushdi. U indamay allaqa- yoqqa chiqib ketganda, oyim meni oldiga chaqirib: — O‘tir, maslahat bor, — dedi. Qo‘rqa-pisa o‘tirdim, yuziga baqraydim: oyim hech qachon men bilan hech narsani maslahat qilmasdi-ku? Qaytaga hamma narsani mendan berkitardi, biron ishi bo‘lsa, o‘zi o‘ylab olgandan keyingina menga aytardi, to‘g‘risi, faqat buyurardi. Hozir menda birdan faxrlanish tuyg‘usi paydo bo‘ldi. Òomog‘im qichimasa ham qirib qo‘ydim. Zo‘rakilik bilan aftimni jiddiy tutishga tirishdim. Oyim menga e’tibor qilmadi va ovozi qaltirab ketdi: — Bizni tashlab ketmoqchi, adang... Xuddi elektr toki urganday, miyamda bir nima shang‘illab ketdi. „Adang!“ Òug‘ilganimdan boshlab qulog‘imga o‘rnashgan so‘z. Bu so‘zni o‘zim ham, oyim ham ishlatmay qo‘yganimizga ikki yilcha bo‘lgan edi. Hozir qulog‘imga g‘alati kirdi. „Òashlab ketmoqchi!“ Bunisi yana g‘alatiroq. Òunov kuni o‘z qulog‘im 189 bilan eshitib olgan gaplar orasida bunaqasi yo‘q edi, shekilli. Ana, bordi-yu, shundoq degan bo‘lsin. Unda nima bo‘pti? Oyimning o‘zi o‘sha kuni „Bilganingizni qiling“, dema- ganmidi? Nega bugun vahima qilyapti? Bundan chiqdi, Sulton amakining butunlay ketib qolishiga oyim rozimas, ha, ro- zimas! Men tavakkal qilib aytib yubordim: — Cho‘lga olib ketaman, desalar, o‘zingiz ko‘nmadingiz-ku? — Ha, mug‘ambir! — dedi oyim barmog‘ini o‘qtalib, — buni ham eshitib oluvdingmi? Kattalarning gapiga quloq sol- magin, deb aytmabmidim? Baloga qoldim. Sekin qo‘zg‘almoqchi bo‘lgan edim, oyim: — O‘tir, hali maslahat bitgani yo‘q! — deb qo‘limdan tortdi. Endi yarasi bitib kelayotgan qo‘lim sanchib ketdi. Aftimni burishtirib oluvdim, oyim achchig‘idan tushdi, — Aqlingni yig‘, o‘g‘lim. Gapimga diqqat bilan quloq sol. Agar bordi-yu, adang cho‘ldan gap ochib, „Hammangni olib ketaman“ desa, sen nima deysan? Nima deyman-a?! „Yo‘q, bormaymiz!“ desam, u xafa bo‘ladi. Albatta, xafa bo‘ladi. Aslida-ku, o‘sha yoqqa ko‘nglim chopib turibdi-ya. O‘sha Sulton amakilar ishlaydigan sahroni, Sulton amaki bajaradigan hunarni bir ko‘rib qo‘ysam yomon bo‘lmasdi-ya. Lekin „Mayli, boramiz“, deyishga oyimdan hayiqaman-da. Aqlim ishlamay qoldi. Yelkamni qisib, baqrayib turaverganimdan so‘ng oyimning o‘zi o‘rgatdi: — Bo‘lmasa u qulog‘ing-u bu qulog‘ing bilan eshitib ol: „Cho‘lingizga bormaymiz“, deb turib olasan. „O‘zingizni ham yubormaymiz“ deb etagiga yopishasan. Popukka ham shundoq deb o‘rgatasan. Ikkoving oyoq tirab turib olsanglar, shaxtidan qaytar. Òushundingmi, o‘g‘lim? Òushunganim bilan bu oson ishmi? Men artistmanmiki, birov o‘rgatganni xuddi o‘shandoq qilib bajarsam? Oyimga miq etmay, qarab turibman. Javob kutyapti-ku. Òo „xo‘p“, demagunimcha qutulmaydiganga o‘xshayman. Qulog‘imni cho‘zib bo‘lsa ham „xo‘p“ dediradi. Bu tashvishdan quloqni cho‘zdirmay qutula qolay dedim-da, „xo‘p“ devordim. Oyim azbaroyi xursand bo‘lganidan: — Barakalla, o‘g‘lim! — deb yelkamga qoqib qo‘ydi. Necha kungacha oyimning o‘rgatganlarini ichimda takrorlab yurdim. „Cho‘lingizga bormayman!“ O‘zi ikki og‘iz so‘z-u, uni 190 ovoz chiqarib aytmoqchi bo‘lsam, hech tilim aylanmaydi. Sulton amakining o‘zi ham bu to‘g‘rida menga gap ochmasdi. Balki u ketish fikridan qaytgandir? Doktorlar: „Senga cho‘l havosi to‘g‘ri kelmaydi“, deb qoldirganmikan? Doktorlarga maslahat solib o‘tirarmidi u? Aytganidan qaytmaydigan kishiga o‘xshaydi. O‘ylaganimcha bo‘ldi. Bugun u juda erta turdi. Har kuni kiyadigan oppoq kiyimlarini qalinroq odmi kiyimlarga almashtirdi. Uydan brezent jildlik chamadonini olib chiqdi. Oyim bilan ozgina, buvim bilan uzoqroq gaplashdi. Popukni osmonga ko‘tarib, peshanasidan ikki marta, menikidan bir marta o‘pdi. Keyin xayrlashdi. Popuk: — Menam boyaman, menam, — deb ergashgan edi, Sulton amaki: — Borasan, borasan. Keyin olib ketaman, — dedi. — Mayajniy-chi, mayajniy obeyasizmi? — Morojniy ham oberaman, — deb kuldi-da, qo‘l silkit- ganicha chiqib ketdi... ... Bir hafta deganda xat keldi. Sulton amaki cho‘lga eson- omon borib, ishga tushganini yozibdi. Lekin qayerda, qanaqa ishligini aniq ko‘rsatmabdi. Qisqa qilib, „Yonar daryo quryapmiz“, debdi-qo‘yibdi. „Yonar daryo“si nima ekan, deb biz hayron bo‘lamiz. Muncha qisqa yozmasa-ya! Vaqti bo‘lmagandir-da. Yanagi xatida aniqroq yozar, deb kutgan edim, yozmadi. Ancha kun o‘tdi. U ketgan vaqtda ertapishar o‘rigimiz dovuchchasi qindan chiqqan edi. Hozir danak qotirdi. Òokimiz kurtak yozayotgan edi, bugun tok oshi yedik. Buvim osh yeb turib, esladi: „Esizgina, Sultonboy o‘g‘lim palovxonto‘rani yaxshi ko‘- rardi. Bo‘lganda, tok oshini maqtab-maqtab yerdi-da“. Kuniga ovqat mahalida shunaqa eslaydi: „Òirikchiligi qanday ke- chayotgan ekan-a, bolamning. Qarovsiz qiynalib qolayotgandir“. Buvim uh tortadi-da, oyimdan so‘raydi: — Hoy, Anorxon, xat keldimi? Nega uzoqlab ketdi-ya? O‘zing javob yozdingmi?.. Hali ham-a? Hafsalangga balli-ye. Naq sho‘rlikning ko‘zi to‘rt bo‘lib javobingni kutayotgandir! Shundan so‘ng tushunaman: Sulton amaki o‘sha xatida, „uy ichi, bolalar to‘g‘risida xat kutaman“, degan edi. Oyim javob yozmabdi. Shuni kutib Sulton amaki boshqa yozolma- gandir. Yo ishi ko‘payib, qo‘li tegmay qoldimikan? Òo‘rt og‘iz 191 xat yozishga ham qo‘li tegmas ekanmi? Yo bizni eslamay qo‘ydimikan, a? Yo‘g‘-e. Nimalar degandi xayrlashayotganida? „Borasizlar, keyin olib ketaman“, demaganmidi? Shu va’da esimga tushib turadi. Har esimga tushganda, yuragim orqamga tortib ketadi. Ochig‘i, ko‘rgim keladi. Uning qiziq-qiziq o‘yinlari ko‘z oldimdan ketmaydi. Men-ku sog‘in- ganimni hech kimga bildirmayman-a, ammo Popukning xarxashasi o‘tib tushadi. Ertalab o‘rnidan tura solib: — Adamga qachon boyamiz? — deb g‘ingshiydi. Unga sari buvim uh tortadi: — Shunaqa qilib kecha-yu kunduz tashvishda yashagandan ko‘ra, bora qolsang bo‘lmasmikan-a, qizim? Xohla bolalarni olib ket, xohla menga qoldir, — deydi oyimga. — Bo‘lmaydi-da, — deb oyim, nima uchun bo‘lmasligini ochiq aytdi. — Bolalarni tashlab ketsam, sizga javr bo‘ladi. Olib ketsam, enka-tinkamni quritadi. Ana, kelib-kelib ayb yana bizga tushyapti. Nima qilish kerak? Oyimning borgisi kelayotgan bo‘lsa-yu, biz uning yo‘lini to‘samizmi? O‘zimning hozir borishga ko‘zim yetmasa ham: — Oyijon, bizdan xavfsiramay qo‘ya qoling, — dedim. — Aytganingizni qilamiz, sizni qiynamaymiz. Oyim ko‘nmadi. Mening aytganimga ko‘nib bo‘pti! Shun- dan keyin buvim gap boshladi: — Bolalarni menga ishonib ketaver bo‘lmasa, qizim. Binoyiday olib o‘tiraman. Vaqtida xat-xabar yuborib tursang bo‘ldi. Yoz chiqsa, bir gap bo‘lar. Sultonni yolg‘iz qo‘yma, jonginam. Xo‘p, de so‘zimga. Kengashli to‘y tarqamas, dey- dilar. Menga bu maslahat yoqdi. Oyim boraversin. Biz hozir emas, yozda borsak, o‘ynab kelamiz. Xursand bo‘lganimdan Popukka: — Rosa aqlli-da akangning buvisi, a? — deb yuboribman. Koshki Popuk tushunsa bu gaplarga. O‘z o‘yini bilan ovora u: Laykaga bo‘yinbog‘imni „jilov“ solibdi-da, chuv-chuv deb minib yuribdi. — Òentak-ey, Sulton amakining „ot-otakam“ o‘yini xumor qilibdi-da. Darrov Laykani sirtmoqdan ozod qildim. Sal bo‘lmasa Popuk u bechoraning bel-melini sindirib qo‘yardi-ya! 192 Buvim hali ham oyimdan javob kutardi. Oyim o‘ylab-o‘ylab olgandan so‘ng, menga eshittirib gapirdi: — Damiringiz beshinchini eson-omon bitirib olsin-chi, keyin ko‘ramiz... Buni eshitdim-u birov tarsaki urganday, cho‘chib tushdim: — Ha, oyijon, beshinchini bitirmaydi, deb qo‘rqyap- sizmi hali? — Qo‘rqayotganim yo‘q, o‘g‘lim. Lekin bitirishniyam bitirishi bor-da. Ha, tuzuk bitirib olishimga ko‘zi yetmayapti. Sulton ama- kining oldiga ketolmayotganiga sababning bir chekkasi shumi- kin? Hamma gap menga, mening o‘qishimga bog‘liqmikin? Nahotki, Sulton amaki bilan oyimning xafalashib qolishlariga men sabab bo‘lsam?.. Yo‘q, yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin- mas, hech mumkinmas! Òashvish ustiga tashvish Har nima bo‘lsayam harakatingni qilaver, Damirjon. Beshinchini bitirgandayam „a’lo“ bilan bitirishga intil! Òo‘g‘risi, bu aytishga oson. Axir, beshinchida qanaqa darslar bor o‘zi? E-he, bitta arifmetikani oling. Qancha masala, qancha qoida. Qo‘shish, ayirish, bo‘lish, ko‘pay- tirishlarni-ku bilib oldim. Agar mendan: „Bugun necha qadam yo‘l bosding?“ deb so‘rasangiz, o‘ylamasdanoq aytib bero- laman: maktabga tor ko‘chamizning o‘ng tarafidan chiqib bordim — masofa 350 qadam (bir marta sanab ko‘rganman). Qaytishda bo‘lsa o‘rtoqlarim bilan chillak o‘ynagancha, guzardan morojniy olib, chap tarafdan keldim. Bu yog‘i o‘ng tarafdagi masofaga ikki baravar keladi. Hammasi bo‘lib bugun necha qadam bosganimni bilish uchun 350 ni ikkiga ko‘paytirish, chiqqan songa 350 ni qo‘shish kerak, xolos. Ha, aytmoqchi, nechta morojniy olding-u, necha pul to‘lading, deb ham so‘rarsiz. 30 tiyin to‘lab, ikkita morojniy oldim. 30 tiyinni ikkiga bo‘lsak 15 tiyin. Endi bu pulni qayerdan olding, desangiz, bu yog‘ini ham ayta qolay. Kuniga sut-qatiqmi, mevami olib kelish uchun buvim meni bozorga chiqaradi. Uyimizdan bozorgacha borish uchun avtobusda ikki bekat yuriladi. Xarajat puliga oyim o‘n tiyin qo‘shib beradi. Piyoda borib kelaman-da, bu pulni yig‘aman. Uch kunda 193 qarabsizki, o‘ttiz tiyin — o‘zim bilan Popukka morojniy tayyor. Ana, pul hisobi-yu, yo‘l hisobi desangiz, hammasini bilib oldim, bo‘ldi-da. Yo‘q, bo‘lmas emish. Yana erinmaganlar „kasr“ degan narsani o‘ylab topishibdi. Butun sonlarning bo‘laklari yoki ulushlari emish bu: yarim, uchdan bir, chorak, beshdan bir, o‘ndan bir... Kunim shularga qoldimi? Nima qilaman-a bunaqa mayda-chuyda hisoblarni: maktabimizda doim ko‘zoynak taqib, cho‘t solib o‘tiradigan kishiga o‘xshab buxgalter bo‘larmidim. Ishqilib, xohlasang-xohlamasang, bir-biridan battar qiyin topshiriqlarni yuklayverishadi. Bu chalkash masalalarni qanaqa odam o‘ylab chiqargan ekan, miyasi aynib qolmaganiga hayronman. Birov o‘ylab chiqaradigan, sen bosh qotiradigan. Bosh qotira-qotira „4“ baho olsang, tag‘in bu kammish. Keyingi vaqtda kuniga ikki mahal dars tayyorlash ham ozlik qilib, kechalariyam o‘tiradigan bo‘ldim. Ko‘chaga chiqib futbol o‘ynash-u o‘rtog‘ing bilan tennisda musobaqalashish, suratchilik qilishga vaqt qani. Buning ustiga masalani yecholmay qolganingda yo‘l ko‘rsatib yuboradigan odam yo‘q. Sulton amaki esimga tushib ketadi. Uning jilmayib qarashlari, „Ahvol qalay, o‘rtoq o‘quvchi?“ deb darslarimni surishtirishi, bo‘sh vaqtida bola- larday qiziqib, tennisda men bilan olishishlar... Ha, „Jo‘jalar“, deb hazillashishlari-chi? Oldiniga bu hazili menga uncha yoqmaganidi, bora-bora Popuk qatori menga ham o‘rganish bo‘lib ketgandi. Hammadan ham, bir kuni men hovuzcha bo‘yidagi karavotda o‘zimni uyquga solib yotganimda, oyoq uchida oldimga kelib o‘tirgani, pashsha talamasin deb ustimga sekingina oq choyshabni yopib qo‘ygani-chi! Shularni eslasam, Sulton amakini hoziroq ko‘rgim kelib ketadi. Juda qadri o‘tayapti. Bir kelib keta qolsa bo‘lmasmidi, deyman. Mening darsimga yordam bermasa ham, Popukni o‘ynatmasa ham, o‘zi bir ko‘rinib ketsa bo‘lgani edi. Bordi-yu hozir kelib-ketishi qiyin bo‘lsa, qisqagina xat yozib buvim bilan oyimni tinchitib tursa bo‘lgani edi. Esidan chiqardimi, bizdan yo kechib yubordimi-a? O‘z xayolimdan cho‘chib tushaman. Xuddi yaqindagina topib olgan qimmatli narsamni yana yo‘qotib Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling