Mamatqulova yulduz
QADIMGI VA YANGI BOBIL SHOHLIGI
Download 0.71 Mb.
|
1 2
Bog'liqBOBILDAVLATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
QADIMGI VA YANGI BOBIL SHOHLIGI
Gerodot taxminan er.avv. 485-yilda Kichik Osiyodagi Galikarnas shahrida tug`iladi. Uning otasi anchagina badavlat odam bo`lgan. Gerodot o`z vatanining siyosiy hayotida faol qatnashadi, keyinchalik qanday sabab bilandir, ona yurtini umrbod tark etib, hayotining ko`p qismini sayohatda o`tkazadi: Misrni, Eronni, Bobilni, Finikiyani, Qora dengizning shimoliy qirg`og`idagi Yunon koloniyalarini, Skifiyani, Yunon tuprog`idagi boshqa shaharlarni kezadi. Perikl hamda Sofokl bilan yaqin munosabatda bo`ladi. Er. avv. 444 – yili Italiyaning janubidagi Yunon kolniyasi Furiyada ko`chib ketadi va 425 – yilda shu yerda vafot etadi.Gerodot o`z asarini “Tarix” ya`ni “tadqiqot” deb atagan. Keyinchalik, Iskandariya olimlari bu asarni to`qqiz bobga bo`lib, har birini yunon mifologiyasidagi to`qqizta muzaning nomi bilan ataganlar. Uning kitobida Mesopotamiya to`g`risida boy ma’lumotlar mavjud.Er. avv. XIX asrda Bobil[1] shahri kuchayib ketdi. U savdo yo`llari kesishgan Frot daryosini chap qirg`og`ida joylashgan. Bobil podsholari qulay geografik o`rindan foydalanib, Mesopotamiyani Amoriylar podsho xonadoni hokimiyati ostida birlashtirdilar. Mesopotamiyani birlashtirisher. avv. XVIII asr o`rtalarida podsho Hammurapi davrida tugallandi. Amoriy sulolasining oltinchi podshosi Hammurapi mohir diplomat, kuchli siyosatchi bo`lib qo`shni shahar davlatlarning o`zaro to`qnashuv va kelishmovchiliklaridan foydalanib ularni bo`ysundirdi. Uning davrida qonunlar to`plami ishlab chiqilib, hayotga joriy qilindi195 … Bobilliklarda kiyim mana bunday, (badaniga) bobillik oyog`igacha kanop xiton (ko`ylak) kiyadi. Keyin uning ustiga yana yupqa oq xilamida Bobil (Vavilon) — Mesopotamiyaning janubiy qismi miloddan avvalgi 2-ming yillikning boshidan miloddan avvalgi 538 yilgacha mavjud boʻlgan qad. davlat. Markaziy shahri Bobil nomidan olingan. Miloddan avvalgi 3-ming yillikda Mesopotamiyada shahar-davlatlar paydo boʻlgan edi. Bobil shahri vujudga kelmasdan oldin Dajla va Furot daryolari orasida — Shumer va Akkad davlatlari mavjud boʻlgan. Miloddan avvalgi 21-asr oxirida koʻchmanchi semit (somiy) qabilalaridan biri amoriylar Akkadning katta bir qismini bosib olgach, qudratli davlat barpo etib, Bobil shahrini markaz qilganlar. Shu davrda elamliklar ham Shumerda oʻrnashib olgan. Mesopotamiyada hukmron boʻlish uchun amoriylar bilan elam qabilalari oʻrtasidagi kurashda amoriylar gʻolib chiqqan. Qadimiy Bobil podsholigida amoriylar sulolasi (miloddan avvalgi 1894—1518) mustahkamlanib olgan. Bu sulola podsholaridan Hammurapi (miloddan avvalgi 1792—1750) Shumerni ham oʻz davlatiga qoʻshib olgan Qandaydir bir kasallikdan azob chekadiganni ular bozorga ko`tarib chiqadilar, (chunki ularda tabib yo`q). o`tkinchilar kasalga uning kasalligi to`g`risida maslahat beradilar (agar ulardan kimdir yoki o`zi shunday dard bilan og`rigan bo`lsa, yoki uni boshqada ko`rgan bo`lsa) kasal odamni oldidan jim o`tish ularda taqiqlangan: uning kasali nima deb har kim so`rashi lozim.200 … Bobilliklarda shundat odat bor. Ularning ichida yemishi faqat baliq bo`lgan uch qabila bor. Tutilgan baliqni ular quyoshda qoqlaydilar va keyin shunday qiladilar: baliqni hovonchaga tashlaydilar va og`ir dasta bilan maydalaydilar, keyin esa dokadan qilingan g`alvirdan o`tkazadilar. Keyin bu xamirdan istasalar ho`l xamir qoradilar yoki non yopadilar. Pastdan daryo bo`yicha Bobilga suzadigan kemalar mutlaqo dumaloq va to`laligicha teridan qilingan. Osuriyadan yuqorida yetgan Armanistonda bobilliklar kemani osti uchun toldan xivich kesadilar, [polni] tashqi tomoni kemani [aylana] tagiga o`xshatib qalin terilar bilan tortadilar. Ular kemani burun qismini kengaytirmaydi va burnini o`tkir qilmaydi, lekin kemani qalqon kabi dumaloq qiladi. Keyin kemani somon bilan to`ldiradilar va yuk ortib oqim bo`yicha suzishga qo`yib yuboradilar. Ular pastdan daryo bo`yicha asosan Finikiya vinosi bilan loy xumlarni tashiydilar. Kemani ikki boshqaruv eshkakchi yordami bilan turib eshkak eshadigan ikki kishi boshqaradi. Ulardan biri kemani eshkak bilan o`ziga tortadi, boshqasi itaradi. Bunday kemalarni katta va kichikroq hajmda quradilar. Eng kattalariga 5000 talant[3] yuk sig`diradilar. Har bir kemada tirik eshak, kattalarida bir necha [eshak] turadi. Bobilga kelishi bilan savdogarlar o`z tovarlarini sotadilar, keyin esa ommaviy bozorda kemani [to`qilgan] tagi va somonning hammasini sotadilar. Keyin esa terilarni eshaklarga ortib Armanistonga qaytadilar. Daryoni yuqorisi bo`yicha oqimni tezligi sababli suzish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun kema yog`ochdan emas, terilardan quriladi.podsho Xammurapi qonunlariXammurapi (er. avv. 1792 – 1750 yillar) amoriylar sulolasining oltinchi podshosi. Uning qonunlari 1901- yilda fransuz arxeologlari tomonidan Elamning poytaxti Suzada topilgan. Parijdagi Luvr muzeyida saqlanadi. Qonunlar qora ba`zalt toshiga o`yib yozilgan va Bobildan elamlilar tomonidan o`lja qilib, er. avv. XII asrda Suzaga olib ketilgan. Qonunlar to`plami 287 moddadan iborat, lekin ustunda 247 modda saqlanib qolgan, 35 modda ko`rinishidan Elam podshosi buyrug`i bilan yo`q qilingan.Keyinchalik yetishmaydigan moddalar Suzada topilgan parcha dublikatlar asosida Nineviyada Osuriya podshosi Ashshurbanipa kutubxonasida topilgan, Mixxat matn uch qism: kirish, qonunlarni o`zi va xulosadan iborat. Birinchi va oxirgi qismlarda Amoriy va Akkad davlatlari bir-birlari bilan shafqatsiz urushlar olib bordilar. Er. avv. 1800-yillar atrofida Mesopotamiya janubini Larsa podsholigi, markazni Bobil shahri va Eshnunna, Yuqori Mesopotamiyani va Mari podsholigini er. avv. XIX asrd oxirida amoriy hukmdor Shamshi-Add (1824-1870-yillar atrofida) davlati egallab olgan edi.Bu davlatlar o`rtasida uzoqqa cho`zilgan urushlar bo`lib o`tdi. Bu kurashlar davomida sekin-asta Bobil (Bab-ili «xudo darvozasi») shahri yuksala boshlaydi. Bu shaharda I-Bobil yoki amoriylar sulolasi hukmronlik qilib uning boshqaruvi tarixda qadimgi Bobil (er. avv. 1894-1595 yillar) davri deb nom oldi. Bu vaqtda Janubiy Mesopotamiyada akkadlar shumerlarni to`la assimilyatsiya qildilar. Amoriylar sulolasi asoschisi yo’lboshchhi Sumuabum edi. Unga xavfli raqib bo’lgan Elamni er. avv. 1764-yilda Hammurapi 10 yillik urushda Mari podshosi Zimrilim bilan birlashib yanchib tashladi.O’zaro urushlar shahar, davlatlarni zaiflashtirdi. Larsa shahrini Elam bosib oladi. Elam hokimi Rimsin (er. avv. 1822-1763-yillar) kanallar, ibodatxonalar barpo qiladi. Ko’pgina shaharlar Uruk, Nippur, Issin va Larsa unga qaram bo’ladi. Shunday bir sharoitda Bobil shahrining yangi markaz sifatida roli kuchayadi. Shaharning ikki daryo oralig`ining qoq o’rtasida joylashuvi barcha sun'iy sug`orish inshootlarining va Old Osiyoning quruqlik va daryo yo`llarini tutashgan joyda o`rnashgani Bobilning siyosiy, iqtisodiy markaz bo’lishiga qulay omillar bo’ladi. Bobilni gullab-yashnashi I-Bobil sulolasining oltinchi podshosi Hammurapi (er.avv. 1792-1750 yillar) davriga to’g`ri keladi. Hammurapi dono, uzoqni ko’ra oladigan davlat arbobi, ayyor diplomat, yirik strateg, adolatli qonunshunos va mohir tashkilotchi edi. Moriylar davrida Bobilning iqtisodiyoti, ijtimoiy-siyosiy tuzumi, Hammurapining qonunlar to`plami, uning noib va amaldorlar bilan yozishmalari, xususiy hujjatlar orqali ma'lum.Qonunlar to`plamining tuzilishi Hammurapining jiddiy siyosiy tadbiri edi, chunki bu to`plam Bobilnng ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta'minlashga qaratilgan edi. Qonunlar to`plami kirish, qonunlar va xulosani tashkil qilgan uch qismdan iborat edi. Hammurapi davrida Bobil iqtisodiyoti sun'iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik, bog`dorchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdodan iborat bo`lgan. Qadimgi Bobilda bu davrda ekin yerlari ko`payadi, bog`dorchilikda xurmo yetishtirish gullab-yashnaydi, g`alla ekinlaridan, moyli o`simliklardan yuqori hosil olinadi. Bunday yutuqlar faqat sun'iy sug`orish tizimini butun mamlakat miqyosida kengaytirish asosida amalga oshiriladi. Maxsus amaldorlar katta-kichik kanallarni ko`rish va ta'minlashni nazorat qilib turganlar. Mari arxivi hujjatlariga ko`ra aholining barcha mehnatga qobiliyatli qismi erkin kishilardan tortib qullargacha sug`orish inshootlarini ko`rish va ta'minlash majburiyatini o’tagan, undan bosh tortganlarga o`lim jazosigacha berilgan. Hammurapi qonunlarida maxsus to’rt modda dehqon jamoasining o’z yerida, sug`orish inshootlariga befarq qarashiga qarshi qaratilgan, agar dehqonning yeridan qo’shnilar yeriga suv toshib ketsa, u keltirilgan zararni to’lashga majbur bo’lgan, agar puli bo’lmasa o’zi va mol-mulki qo’shniga keltirgan zararni qoplash uchun sotilgan.. Bobil insoniyat tarixidagi eng qadimiy, eng yirik shaharlardan biridir. Uning tarixini kuzatarkanmiz, urbanistik markazlarning uzluksizligini va davomiyligini ko‘ramiz. Bobil va uning atrofida juda qadimdan katta-kichik shaharlar vujudga kelgan. Bobil inqirozga uchraganidan so‘ng ham uning yaqinida yirik shaharlar vujudga kelavergan. Buni har xil tushuntirishadi. Birinchi nuqtai nazar: shaharlar qulay geografik hududda joylashgani bois yangi shaharlar ham uning atrofida vujudga kelaveradi. Ikkinchi nuqtai nazar: keyingi xalqlar oldingi xalqlar yaratib ketgan tayyor infrastrukturani o‘zlashtirib, davom etadi. Vallestrayn aytganiday, imperiyalar dunyo-iqtisodiyotlar – bir-biri bilan iqtisodiy jihatdan bog‘liq viloyatlar va davlatlardan iborat kichik “dunyo”lar yaratadi; imperiyalar yo‘q bo‘lsa ham bu dunyolar uzoq vaqt saqlanadi – yillar, asrlar davomida bir-biri bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lgan xalqlar bu aloqalarni davom ettiradi. Bu yaqinlikdan foydalangan holda mana shu hududda yangi imperiyalar yaratish mumkin. Yangi imperiyalar yaratilmasa, bu yaqinlik sekin-asta yo‘qolib boradi. Bu jihatdan Ahamoniylar davlati ham, undan keyingi davlatlar ham Bobilning davomidir, ya’ni Bobil saltanatining infrastrukturasi, an’anasi, merosi Ahamoniylar tomonidan o‘zlashtirilgan va davom ettirilgan: davlat tuzumi, byurokratiya, yozuv, hatto til. Bobil atrofida ko‘p siyosiy voqealar ro‘y bergan; Bobil - Mesopotamiyada bir necha shahar davlatlaridan biri bo'lgan Bobil poytaxti. Shaharimiz uchun zamonaviy nomimiz qadimgi Akkad nomining bir versiyasidir: Bab Ilani yoki "Xudolar darvozasi". Bobilning xarobalari hozirgi Iroqda, zamonaviy Hilla shahri va Furot daryosining sharqiy qirg'og'ida joylashgan. Xronologiya
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling