Mamlakat iqtisodida avtomobillarning o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda
Suyuq oziq-ovqat tashuvchi sisternalar
Download 129.05 Kb.
|
2-bob Jalush
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Sochiluvchan yuklarni tashuvchi sisternalar.
4. Suyuq oziq-ovqat tashuvchi sisternalar.
Suyuq oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi sisternalari rezervuarlari kimyoviy neytral materiallardan (alyuminiy, zanglamaydigan po‘lat, plastmassa) tayyorlanadi. 6-rasm. Sut tashuvchi sisternaning texnologik sxemasi. 1-dvigatelni kiritish quvuri; 2,8,16-kranlar; 3,5,12-klapanlar; 4-ko‘pik ushlagich; 6-manometr; 7,15-quvurlar; 9-signalizator; 10-rezervuar; 11-termoizolyatsiya; 13-bo‘g‘iz; 14-qalqovichlar. To‘ldirish va to‘kish uchun dvigatelni kiritish kollektoridagi siyraklanishdan foydalaniluvchi vakuum qurilmalari yoki avtonom, statsionar nasoslardan foydalaniladi. Yuqorida sut tashuvchi sisternaning texnologik sxemasi keltirilgan (6-rasm) 1-dvigatelni kiritish kollektori; 2-kran; 3-teskari klapan; 4-ko‘pik ushlagich; 5-manovakuummetr; 6-vakuum truboprovodi; 7-elektr tovush signali; 8-sut rezervuarlari; 9-penoplast; 10-bo‘g‘izlar; 11-qalqovich; 12-to‘ldirish va to‘kish truboprovodi; 13-nafas olish klapani; 14-saqlagich klapan. Sisterna umumiy tashqi po‘lat qobiq ichiga o‘rnatilgan va penoplastdan issiqdan izolyatsiya qilingan ikkita alohida alyuminiy rezervuarlardan iborat. Bu sutni tashishda tashqi harorat 300 S bo‘lganda 10 soat mobaynida ichki harorat 20 S dan oshmasligini ta’minlaydi. Rezervuarlarni to‘ldirish navbatma-navbat vakuum truboprovodi yordamida amalga oshriladi. Ko‘pik ushlagich dvigatelga sut o‘tib ketmasligini ta’minlaydi. Teskari klapan rezervuarga benzin bug‘lari o‘tishligini bartaraf qiladi. Saqlagich klapan oshiqcha siyraklanish natijasida (s.ust.350mm.) rezervuarni deformatsiyalanishidan himoya qiladi. To‘ldirish jarayonida sut me’yoriy sathga yetganda qalqovich yonilg‘i uzatilishini to‘xtatadi va signalizatsiyani ishga tushiradi. Sut o‘z oqimi bilan idishlarga to‘kiladi. 5. Sochiluvchan yuklarni tashuvchi sisternalar. Sochiluvchan yuklarga quyidagilar kiradi: qurilish (sement, gips, ohak); oziq-ovqat (tuz, un, kakao, shakar, don va h.k.); kimyoviy (soda, grafit va h.k.). Sement tashuvchi sisterna, odatda kesimi silindrik shaklda bo‘lib, tortuvchi avtomobilga biroz orqaga gorizontal qiyalikda o‘rnatiladi (7- 90 burchak ostida). Sisterna sement bilan bunkerdan shlang yordamida qopqoq 14 orqali to‘ldiriladi (TS- 4). Sementni tushirish pnevmatik usulda amalga oshiriladi. Pnevmatik tizim qismlarini joylashtirish hamma yarim tirkama sisternalarda bir xildir. Kompressor 1 tortuvchi avtomobil kabinasining orqasiga o‘rnatilgan. U avtomobil dvigatelidan quvvat olish qutisi, kardanli va ponasimon tasmali uzatmalar orqali yuritma oladi. Kompressor yarimtirkama rezervuari bilan rezinalangan matoli shlang bilan ulangan. Yarim tirkama-sisternani og‘irligini kamaytirish maqsadida rama ko‘zda tutilmagan. O‘zini og‘irligidan, yuk og‘irligidan bo‘lgan yuklanma hamda tormoz va itaruvchi kuchlar sisterna rezervuarining po‘lat korpusi bilan qabul qilinadi. Osmalar, tayanch ustunlari va egarli – ilashtirish qurilmasi bilan birlashtiriluvchi joylari kuchaytirilgan. Sement to‘kish uchun siqilgan havo kompressordan 1 nam moy ajratgichda 2 tozalanib, havotaqsimlagichga 6 yuboriladi. Havo taqsimlagich manometr 8 va 0,25 MPa bosimga rostlangan saqlagich klapan 7 bilan taminlangan. Havo taqsimlagichdan havo quvurlar 3,11 orqali aerotubga 10 va to‘kish patrubkasiga 12 taqsimlanadi. Bunda havo aerotubga teskari klapan 5, to‘kish patrubkasiga esa teskari klapan 9 orqali yuboriladi. Teskari klapanlar havoni faqat bir yo‘nalishda uzatadi va quvurlarga sement tiqilib qolishidan saqlaydi. Aerotub bir necha qavat g‘ovak matodan 15 iborat va ular metallik setka 16 ustiga joylashtirilgan. Havo aerotub orqali yuqoriga o‘tib sementni quyi qatlamini to‘yintiradi. Sementni bu qatlami oquvchanlikka ega bo‘lib, to‘kish patrubkasiga 12 tushadi. To‘kish patrubkasidagi sement siqilgan havo yordamida forsunka 13 orqali to‘kish shlangiga yuboriladi. Quvurda 3 va to‘kish patrubkasida ventillar 4 o‘rnatilgan. Bular yordamida to‘kish jarayoni boshqariladi. Quyida sement tashuvchi yarim tirkama – sisternalarning qisqacha texnikaviy xarakteristikasi keltirilgan
Download 129.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling