Mamlakat iqtisodida avtomobillarning o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda
Download 129.05 Kb.
|
2-bob Jalush
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashiladigan yuk massasi, t
- Sementni maksimal uzatish masofasi, m
- Tortuvchi avtomobil
- Un tashuvchi
Sement tashuvchi sisterna texnologik sxemasi 7-rasmda keltirilgan. 7-rasm. Sement tashuvchi sisternaning texnologik sxemasi. 1-kompressor; 2-nam moy ajratgich; 3,11-quvurlar; 4-ventil; 5,7,9-klapanlar; 6-havotaqsimlagich; 8-manometr; 10-aerotub; 12-patrubka; 13-forsunka; 14-qopqoq; 15-mato; 16-setka. Un tashuvchi sisterna, boshqa sisternalardan konstruktiv farq qiladi, chunki unni oquvchanligi juda past (zichligi 0,55t/m3). Shuning uchun unni to‘kishda o‘zini og‘irligidan va siqilgan havodan foydalaniladi. Rasmda ko‘rsatilgan (8-rasm) K-1040E rusumli un tashuvchi avtopoezd yarim tirkamasida 2 ikkita silindr-konussimon rezervuar 3 va tashqi elektr tarmoqdan iste’mol qiluvchi elektr dvigatelidan yuritma oluvchi kompressor o‘rnatilgan. Rezervuarlarni un bilan to‘ldirish tuynuklar 5 orqali amalga oshiriladi. Tuynuklarga o‘tish uchun narvon va gorizontal supacha 4 mavjud. Diametri 400 mm bo‘lgan tuynuk 25-35 minut davomida un bilan to‘ldirish va rezervuarni ichki yuzasini tozalash imkonini beradi. Unni to‘kishda siqilgan havo kompressordan, ikkita moynam ajratgich va mayin filtr orqali rezervuarga uchta kanaldan kiradi: rezervuarni yuqori sferik qismiga; aeroqurilma 7 ostiga (rezervuar tubidagi g‘ovak to‘siqcha); to‘kish uchligiga. Un havo bosimi va o‘zini og‘irligi tasirida quvurning 6 konusiga 8 kiradi, so‘ngra puflash yordamida to‘kish shlangiga va istemolchiga yetkaziladi. Ikkala rezervuar hajmi 12,8m3 tashkil qiladi. Tizimdagi ish bosimi 0,15 MPa; kompressor elektrdvigatelining quvvati 22kVt; tushirish vaqti 25-35min; tushirishda un uzatish masofasi 30m, vertikal yo‘nalishda 15m. 8-rasm. Un tashuvchi sisternaning texnologik sxemasi. A-kompanovka sxemasi; b-rezervuar; 1-tortuvchi avtomobil; 2-yarim tirkama; 3-rezervuar; 4-supacha; 5-qopqoqli tuynuk; 6-quvur; 7-aeroqurilma; 8-konus. TS-21,2 rusumli un tashuvchi sisterna KamAZ-54115 tortuvchi avtomobiliga mo‘ljallangan. Sisterna hajmi 24,4 m3; to‘kish 0,36 t/min; uzatish masofasi 50 m; kompressor BSM-01. Download 129.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling