Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning “Yoshlarni qay usulda o’ditish, ularni tarbiyalash, mustaqil mamlakatning yetuk mutaxassislari bo’lishiga qayg’urush har birimizning muqaddas burchimiz
Download 86.27 Kb.
|
natural sonlarni qoshish va ayirish 5 sinf www.sadikov.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch kompetensiyalar
- DARSNING BORISHI: 1. Tashkiliy qism. 2. Uyga vazifani tahlili
Matematika 5-sinf MAVZU: Natural sonlarni qo’shish va uning xossalari. DARSNING TA’LIMIY MAQSADI: O’quvchilarni ko’p xonali natural sonlarni qo’shish va qo’shish qonunlari bilan tanishtirish. DARSNING TARVIYAVIY MAQSADI: O’quvchilarni matematika faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish. Buyuk allomalarga o’xshash ezgu niyatli insonlar qilib tarbiyalash. DARSNING RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI: O’quvchilarga ko’p xonali natural sonlarni qo’shishni erkin bajara olish, qo’shish qonunlaridanmisollar yechishjarayonida foydalana olish ko’nikmalarinihosil qilish, mustaql fikrlarga o’rgatish, Tayanch kompetensiyalar: so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay oladi; fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi; Fanga oid kompetensiyalar: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi; DARSNING TURI: Noan’anaviy dars. DARSNING USLUBI: Musobaqa, o’yin. DARSNING JIHOZI: Matematik abok,tarqatmali materiallar, “ Klasster “, Ko’p xonali sonlar yozilgan plakatlar. DARSNING BORISHI: 1. Tashkiliy qism. 2. Uyga vazifani tahlili: O’tilgan mavzuni so’zlash, Uyga berilgan misollarni yechilishini tekshirish va o’quvchilar bilan birga tahlil qilish. 3. Darsning bayoni: Yangi mavzuni e’lon qilib, mavzuni yozuv taxtachasiga yozib qo’yaman. Keyin mavzuni o’quvchilarga tushuntiraman. Natural sonlarni qo’shish. Ma’lumki, biror natural songa 1 ni qo’shsak, bu sondan keyin keluvchi natural son hosil bo’ladi. Masalan; 5+1=6, 27+1=28, 999+1=1000 4 ga 3 ni qo’shish – 4 soniga 3 marta 1 ni qo’shish degani: 4+3=4+1+1+1=5+1+1=6+1=7 Bu qisqacha 4+3=7 deb yoziladi. Bir-biriga qo’shiladigan sonlar – qo’shiluvchilar, qo’shiah natijasi esa yig’indi deb ataladi. 18 + 37 + 55 1-qo’siluvchi 2-qo’shiluvchi yiug’indi Sonlarni qo’shish sonlar nurida tasvirlash mumkin. A(4) nuqtadan o’ng tomonga qarab 3 ta birlik. Kesmani yasaymiz vz B(7) nuqtani topamiz. Demak, 4+3=7 2. Natural sonlarni qo’shishning xossalari. 1. Qo’shiluvchilarning o’rnini almashtirgan bilan yig’indi o’zgarmaydi. Qo’shishning bu xossasiga qo’shishning o’rin almashtirish qonuni deb ataladi. 1-misol: 6+3=3+6 chunki 6+3=9 va 3+6=9. 2. Songa ikki son yig’indisini qo’shish uchun, bu songa oldin birinchi qo’shiluvchini, song esa ikkinchu qo’shiluvchini qo’shish mumkin. Bu xossa qo’shishning guruhlash qonuni deb ataladi. 2-misol: 5+(4+2)=(5+4)+2=11 3. Songa nolni yoki nolga sonni qo’shganda o’sha sonning o’zi hosil bo’ladi. 3-misol: 6+0=0+6=6 Odatda (4+7)+3 o’rniga 4+7+3 yoziladi. Agar yozuvda qavslar qatnashgan bo’lsa, qo’shish chapdan o’nga qarab birin-ketin bajariladi. 4. Har qanday natural sonni uning xona qo’shiluvchilari yig’indisi ko’rinishida tasvirlash mumkin. 4-misol: 78135=70000+8000+100+30+5 yoki 78135=7x10000+8x1000+1x100+3x10+5x1. Sinfdagi o’quvchilarni 3 guruhga ajrataman va darsni misobaqa dars qilib o’ykazaman. 1-guruh Epchillar 2-guruh Zukkolar 3-guruh Bilimdonlar 1-shart. Darslikda berilgan 3-misolga har guruhdan bittadan o’quvchini chiqarib bittadan misol yechtiraman. Qaysi guruh a’zosi oldi va to’g’ri ishlasa o’z guruhidan 2-o’quvchini chiqaradi . Ikkita misolni to’g’ri va oldin bajargan guruhga rag’batlantiruvchi geometric shakllarni beraman. 1-bo’lgan guruhga beshburchak, 2-bo’lgan guruhga to’rtburchak, 3-bo’lgan guruhga uchburchak. №3
b) 46756+13248=60004 d) 60275+6017=66292 e) 3485+27341=30826 f) 34500+2602=37102 g) 23953+7066=31019 2-shart. 2-misol. Har bir guruhdan 1 ta o’quvchi qatnashadi. Misollar sharning ichiga solinadi. O’quvchi chaqqonlik bilan sharni yorib misolni shartni tezroq bajarishi kerak. 712 + 455 2333 712 + 455 2333 712 + 455 2333 Shart bajarilgandankeyin o’quvchilarni rag’batlantiraman. 3-shart: Dam olish daqiqasi. Bu shartda “Klaster” usulidan foydalanaman/ Bunda 3 ta guruhning har biriga turli o’lchov birliklarini topib qo’yishi so’raladi. Masalan: Shart bajarilgandan keyin o’quvchilarni rag’batlantiraman. 4-shart: Yig’indini qo’shiluvchilarga ajratish.Bu shartda konsentrik aylanalar yasalgan ko’rgazmali quroldan foydalanaman. Bu shartda yig’indi o’rtaga qog’ozga yozib qistirib qo’yiladi. O’quvchilarga bir hil o’lchamda qirqilgan qog’ozlar tarqatiladi. Ular shu qog’ozlarga 483 ni qo’shiluvchilarini yozib magnet yordamida ko’rgazmaga ilib qo’yadilar. Har bir guruh ikkitadan misol tuzishi kerak. Bu shartni oxiridaxam o’quvchilarni rag’batlantirib, musobaqani yakunlayman. Har bir guruhni yig’gan ballarini hisoblab g’olib guruhni aniqlayman. Keyin o’quvchilarni baxolab , quyidagi misralarni keltiraman IV. Dars yakuni . Uyga vazifa 17-18 misollar. Download 86.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling