Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning “Yoshlarni qay usulda o’ditish, ularni tarbiyalash, mustaqil mamlakatning yetuk mutaxassislari bo’lishiga qayg’urush har birimizning muqaddas burchimiz


Download 94.24 Kb.
bet1/2
Sana23.02.2023
Hajmi94.24 Kb.
#1224231
  1   2
Bog'liq
natural sonlarni qoshish va ayirish 5 sinf www.sadikov.uz


www.sadikov.uz

Matematika 5-sinf
MAVZU: Natural sonlarni qo’shish va uning xossalari.

DARSNING TA’LIMIY MAQSADI: O’quvchilarni ko’p xonali natural sonlarni qo’shish va qo’shish qonunlari bilan tanishtirish.


DARSNING TARVIYAVIY MAQSADI: O’quvchilarni matematika faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish. Buyuk allomalarga o’xshash ezgu niyatli insonlar qilib tarbiyalash.


DARSNING RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI: O’quvchilarga ko’p xonali natural sonlarni qo’shishni erkin bajara olish, qo’shish qonunlaridanmisollar yechishjarayonida foydalana olish ko’nikmalarinihosil qilish, mustaql fikrlarga o’rgatish,




Tayanch kompetensiyalar:
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay oladi;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi;
Fanga oid kompetensiyalar:
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;

DARSNING TURI: Noan’anaviy dars.


DARSNING USLUBI: Musobaqa, o’yin.


DARSNING JIHOZI: Matematik abok,tarqatmali materiallar, “ Klasster “, Ko’p xonali sonlar yozilgan plakatlar.




DARSNING BORISHI: 1. Tashkiliy qism.


O’qituvchi:
Sozlarning eng shirini
Ochiq aytay sirini.
Odob bo’lgin sharbatin
Qalb gavharin qimmatin.
Qo’l berib shu so’z bilan,
Dillar qulfin ochamiz
Aql nurin sochamiz.
Qaysi shirin soz ekan?


O’quvchilar: Assalomu – alaykum!


O’qituvchi:
Bir haftada yeti kun,
Yetti kun-u, yeti tun.
To’gri ayting bolalar
Ayting bu kun – qaysi kun?
O’quvchilar: Juma


O’qituvchi:
Qani bolajonlarim
Mehri qaynoq, buloqlarim
Bugun hamma sog’lommi?
Darsga hamma tayyormi?



Download 94.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling