Mamlakatimizda bunyodkorlik ishlari tobora ortib borayotgan bugungi kunda qurilish materiallari iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘iga, о‘sish nuqtalaridan biriga aylanishi kerak


Download 247.54 Kb.
bet1/10
Sana09.06.2023
Hajmi247.54 Kb.
#1472453
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

KIRISH
Mamlakatimizda bunyodkorlik ishlari tobora ortib borayotgan bugungi kunda qurilish materiallari iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘iga, о‘sish nuqtalaridan biriga aylanishi kerak. Korxonalarda energiya samarador texnologiyalarni joriy etish orqali tabiiy boyliklarimizni tejash, materiallar narxini tushirish mumkin. О‘zbekiston Respublikasi Prezedentining “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qо‘shimcha, chora tadbirlar tug‘risida”gi qarorida 2019-2025 yillarda birgina sementni ishlab chiqarishni 2-barobarga kо‘paytirish kо‘rsatilib о‘tilgan. [1] Beton tarkibiga turli xil kimyoviy qо‘shimchalar ishlatish yordamida sement sarfini tejash betonning mustahkamligini oshirish hamda beton va temir-betonning tannarxini kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishish ishimizning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Qurilish sifatini oshirish, bino va inshootlarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish, uning zilzila bardoshligini oshirishda temir-beton mahsulotlari eng muhim omil hisoblanadi. Shu bois yildan-yilga quyma va temir-betonlarga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda jami 706 ta temir-beton korxonalari mavjud bo‘lib, ularning yillik quvvati 6,05 mln kub metrni tashkil etadi. Ushbu yo‘nalishda eng yirik korxonalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan.Ma’lumotlarga ko‘ra, Respublikada eng yirik ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona bu "BINOKOR TEMIR-BETON SERVIS" MCHJdir. Bu yerda yiliga 411 ming 250 kub metr quyma, 107 ming 880 kub metr temir-beton mahsulotlari tayyorlanadi. Keyingi o‘rinda Toshkent viloyatidagi "MOBILE BETON SERVICE" MCHJ hisoblanadi. Korxona yiliga 365 ming kub metr quyma beton tayyorlash imkoniyatiga ega. Poytaxtimizdagi "DURABLE BETON" MCHJ ham ushbu yo‘nalishda eng ilg‘orlardan biri sanaladi. Mazkur korxona tomonidan har yili 250 ming kub metr quyma betonlar qurilish maydonlariga yetkazib beriladi.
О‘zbekiston Respublikasining qurilish sohasini jadal rivojlantirish, qurilishda yangi texnologiyalar, resurs va energiya tejamkor materiallarni qо‘llash hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, bugungi kundagi barpo etiladigan zamonaviy turar joy jamoat sanoat binolari qurilishini beton va temir-beton konstruksiyalarisiz tasavvur etib bо‘lmaydi. Respublikamiz shaxarlariga kо‘rk bag‘ishlab ularning chiroyiga chiroy qо‘shib turgan bino yoki inshootlarni qurilishi, qayta ta’mirlash ishlarida, temir-beton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodlar, qurilish xom-ashyolarni yetkazib beruvchi korxonalarninig roli alohida hisoblanadi. О‘zbekistonning shaxar va tumanlarida qurilgan xamda bunyod etiladigan kо‘p qavatli turar joy va jamoat binolarining yuk kо‘taruvchi konstruksiyalarida quyma, yig‘ma beton va temir-beton ishlatilib kelmokda. Hozirgi kunda beton imoratlarni barpo etishdagi eng asosiy qurilish materiallaridan biri xisoblanib, sanoat, fuqaro binolarining yuk kо‘taruvchi va tо‘suvchi konstruksiyalarida keng ishlatilishi bilan bir qatorda kо‘priklar, plotinalar, atom reaktorlari, yо‘llar, elektr uzatish liniyalarining tayanchlarida va boshqa inshootlarda ham qо‘llanilmokda.
Betonning afzalliklariga uning ishonchliligi, uzoq muddatga chidamliligi, atmosfera va boshqa ta’sirlarga turg‘unligi, buyum tayyorlashning soddaligi, tayyorlanadigan buyumlarga turli shakllarni berish imkoniyatlari mavjudligi xisoblanadi. Beton va temir beton ishlarida ishlatiladigan sementga bо‘lgan talab yildan yilga oshmokda.
Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo‘lida izchil ilgarilab borishini taxlil qilar ekanmiz, o‘tgan yili prinsipial muxim isloxotlarni amalga oshirish bo‘yicha qat'iy qadamlar qo‘yildi. Bu isloxotlarning asosiy maqsadi-aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta'minlashdir. Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan siyosat bundan keyin ham so‘zsiz davom ettiriladi.


Download 247.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling