Mamlakatimizda mavjud bo‘lgan zahira va qazilma boyliklarimizdan unumli foydalanish ahamiyatga molik masalalardan biridir. Bu haqida prezidentimiz I. A
Download 0.71 Mb.
|
Organik moddalarni tozalash
Vakumda haydash
Olinayotgan organik moddalarning ichida shunday birikmalar bo’ladiki, ularni o’zlarining qaynash temperaturalariga qadar qizdirilganda ham parchalanib ketadilar.Bunday moddalarni oddiy sharoitda yuqori temperaturada haydab olish qiyin bo’ladi. Ma`lumki, moddalarning qaynash temperaturasi atmosfera bosimiga bog’liq. Ba`zi moddalarning qaynash temperaturasini bosimga bog’liqligi quyidagi (8-rasm) grafikdan ko’rish mumkin: Demak, moddalar kamaytirilgan bosim-vakumda oddiy sharoitga qaraganda ancha past temperaturada qaynaydi. Masalan, o’zining qaynash temperaturasida parchalanib ketuvchi moddalarni vakum yordamida o’zgarishsiz oson haydab olish mumkin. Bundan tashqari, vakumda haydash moddalarning uchuvchanligini orttiradi, moddalarda azeotrop aralashmalar hosil bo’lishini kamaytiradi va shu bilan birga aralashmalarning bo’linishini ham osonlashtiradi. Moddalarni vakuumda haydash uchun 8-rasmda ko’rsatilganidek asbob yig’iladi. Modda vakumda haydalayotganda bosim qanchalik kam bo’lsa, u shunchalik past temperaturada qaynaydi. Masalan, bosim 760 mm dan 10-25 mm simob ustunigacha kamaytirilganda (bunday vakuum, ko’pincha suv nasoslari yordamida hosil qilinadi) moddalarning qaynash temperaturasi taxminan 100°S ga, bosim, 1-2 mm simob ustunigacha kamaytirilganda (bunday kuchli vakum moy nasoslari yordamida hosil qilinadi) qaynash temperaturasi 200°S ga pasayadi. Moy nasosi bilan ishlayotganda uni organik erituvchilarning bug’laridan, suv va kislotalardan saqlash kerak, chunki organik erituvchilarning bug’lari moyga tortilib uni ifloslantiradi va kuchli vakuum hosil qilishni qiyinlashtiradi. Suv bug’lari ham nasosda kondensatlanib, moy bilan emul’siya hosil qilib nasosni ishdan chiqaradi. Nasosdagi moyni ifloslantiruvchi bug’lardan saqlash uchun, nasos natron ohagi va aktivlantirilgan ko’mir solingan trubkaga ulanadi. Nasosdagi moy vaqt-vaqti bilan ish sharoitiga qarab 1-2 oyda almashtirib turiladi. Vakuumda haydash uchun faqat yumaloq tubli va deflegmatorli kolbalar ishlatiladi. Suyuqlikni bir tekisda qaynashi uchun bir uchi cho’zib ingichkalashtirilgan ingichka naycha-kapillyar kolbaning tagiga tegmaydigan qilib tushirib qo’yiladi (9-rasm).Bu naycha kapillyardan har doim havoning mayda pufakchalari o’tib turadi.Agar modda kislorod ta`sirida tez oksidlanadigan bo’lsa, u holda havo o’rniga vodorod, azot yoki karbonat angidrid gazlaridan foydalaniladi. Kapillyarning havo yo’li butunlay berkilib qolmasligi uchun yuqori qismi rezina trubkaga ulanib, uning orasiga ingichka sim qo’yiladi va u vintli qisqich bilan qisib qo’yiladi. Moddani vakuumda haydab olishda yig’gich sifatida yumaloq tubli kolbalar: Vyurts kolbasi, Bunzen kolbasi va maxsus alonjlardan foydalaniladi. Agar suyuqlikni fraktsiyalarga bo’lib haydash kerak bulsa, u holda haydashni to’xtatmaslik uchun maxsus o’rgimchaksimon nasadkalar-pauklardan foydalaniladi. Vakumda haydash uchun yig’ilgan asbobni to’g’ri tuzilganligiga qanoat hosil qilingach, haydashga kirishiladi. Buning uchun oldin nasos ishga tushirilib, asbobda kerakli bosim hosil qilinadi va so’ngra kolba qizdirila boshlanadi. Suyuqlikni bir me`yorda qaynab turishi uchun o’tayotgan havo qisqich orqali tartibga solib turiladi. Haydash tamom bo’lgach, qizdirish to’xtatilib hammom olib qo’yiladi, manometrning jo’mragi berkitilib, asta-sekin qisqich ochiladi va asbob vakuum-nasosdan ajratiladi, so’ngra manometrning jo’mragi ohistalik bilan ochiladi. Vakumda haydashning yana bir turi molekulyar haydashdir. Yuqori temperaturaga chidamsiz bo’lgan va yuqorida aytib o’tilgan haydash, kristallantirish metodlarini qo’llab bo’lmaydigan katta molekulali birikmalarni tozalash va ajratishda molekulyar haydash usulidan foydalaniladi. Bunday haydash 0,001 mm simob ustunidan ham past bosimda olib boriladi.Bu metod bilan moddalarning haydalish temperaturasini 200-300°S gacha pasaytirish mumkin bo’lib, bunda moddani parchalanib ketishdan saqlanadi. Molekulyar haydashda bug’langan moddaning molekulalari orqasiga qaytmaydigan va bug’ning o’z yo’lida havo molekulasi bilan uchrashtirmaydigan maxsus asbob ishlatiladi. Bu metod, ko’pincha, tabiiy birikmalarni ajratib olishda, ayniqsa, yog’da eruvchi vitaminlar (vitanii A, D, E), steroidlar va ba`zi neft’ mahsulotlari (apiezonlar)ni olishda ishlatiladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling