Mamlakatimizda mavjud bo‘lgan zahira va qazilma boyliklarimizdan unumli foydalanish ahamiyatga molik masalalardan biridir. Bu haqida prezidentimiz I. A


Download 0.71 Mb.
bet9/25
Sana09.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#264466
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
Organik moddalarni tozalash

Fraktsiyalarga bo’lib haydash

Aralashmani haydab turli temperaturada qaynaydigan suyuqliklarni ayrim-ayrim idishlarga yig’ib olish usuli fraktsion yoki maydalab haydash usuli deb ataladi.

Qayta fraktsiyalab haydash yo’li bilan aralashma tarkibiy qismlarga ajratiladi.

Aralashmadagi suyuqliklarni bir-biridan ajratish yoki aralashmalardan biror komponentni ajratib olish uchun laboratoriya va sanoatda haydash usulidan keng foydalaniladi.

Aralashma holda bo’lgan suyuqliklarni bir necha fraktsiyalarga ajratishda hamda fraktsiyalarni qaytadan kondensatlashda deflegmator, deflegmatorli kolbalardan va rektifikatsion kolonkalardan foydalaniladi.

Laboratoriyada har xil deflegmatorlar ishlatiladi (5-rasm a, b, v).Ulardan birining qanday ishlashini ko’rib chiqamiz.Bu deflegmator (6-rasm a) bir necha sharsimon qismlardan iborat.Termometr bilan jihozlangan deflegmator probka vositasida kolba og’ziga o’rnatilib, uning yuqori qismidan chiqarilgan naycha (1) sovitkichga ulanadi. Agar kolbadagi suyuqliklar aralashmasi qaynatilsa, bug’ deflegmatordan nay (7) ga va undan sovitkichga o’tadi. Bug’ nay (2) dan deflegmatorning keng qismi (3)ga o’tganda anchagina issiqligini yo’qotib, bug’ining bir qismi kondensatlanadi. Deflegmatorda nay (2) bilan sharsimon qism (3) orasida shisha sharcha bo’lganligi uchun kondensat tezda kolbaga oqib tushmaydi; bu shisha sharcha bug’ning bosimi ta`sirida ko’tarilganda bug’ nay (2) dan sharsimon qism (3) ga o’tadi. Shuning uchun deflegmatorning keng qismi (3) da hamma vaqt ozgina kondensat bo’ladi.Bu kondensat nay (2) orqali chiqayotgan bug’ ta`sirida hamma vaqt qaynab turadi.Lekin sharsimon qism (3) dagi kondensatning qaynash temperaturasi kolbadagi suyuqlikning kaynash temperaturasidan past bo’ladi. Deflegmatorning yuqorisidagi qolgan keng qismlar (nay 5 va6) da ham xuddi sharsimon qism (3) dagi protsess sodir bo’ladi.

SHuni ham aytib o’tish kerakki, deflegmatorda suyuqlik yuqori ko’tarilgan sari, uning keng qismlaridagi suyuqlikning qaynash temperaturasi pasayib boradi.Demak, deflegmatorning har qaysi keng qismini suyuqlik haydalayotgan kolba deb qarash mumkin.SHuning uchun deflegmatorda keng qismchalarning soni qanchalik ko’p bo’lsa, sovitkichga boradigan bug’ tarkibida qaynash temperaturasi yuqori bo’lgan suyuqlik shunchalik kam bo’ladi. SHunday qilib, laboratoriyada qaynash temperaturasi bir-biridan 7-10°S farq qiladigan aralashma holda bo’lgan suyuqliklarni deflegmator yordamida ajratib olinadi.

Sanoatda suyuqliklar aralashmasini ajratib olish uchun rektifikatsion kolonkalardan foydalaniladi.

Azeotrop aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratishda ko’pincha kimiyoviy usullardan foydalaniladi. Masalan, xloroform va atsetondan hosil bo’lgan azeotrop aralashmani komponentlarga ajratish atseton bilan natriy bisul’fit orasidagi reaktsiyaga asoslangan. Reaktsiya natijasida atsetonning bisul’fitli birikmasi hosil bo’ladi. Bu kristall modda filtrlab olinadi va soda yoki ishqor bilan ishlanib, atseton ajratib olinadi. Bisulfit eritmasida bo’lgan xloroformni ajratib olib haydaladi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling