Mamlakatimizda mavjud bo‘lgan zahira va qazilma boyliklarimizdan unumli foydalanish ahamiyatga molik masalalardan biridir. Bu haqida prezidentimiz I. A


I.2.Organik moddalarni tozalashning kimyoviy usullari


Download 0.71 Mb.
bet7/25
Sana09.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#264466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
Organik moddalarni tozalash

I.2.Organik moddalarni tozalashning kimyoviy usullari

Haydash

Organik moddalarni tozalashda va ajratib olishda haydash usulidan keng foydalaniladi. Haydash ko’pincha suyuq moddalarni ular bilan aralashgan moddalardan tozalash yoki har xil qaynash temperaturasiga ega bo’lgan suyuq moddalar aralashmalarini bir-biridan ajratish uchun ishlatiladi.Har bir modda o’zining ma`lum qaynash temperaturasiga ega bo’lganligi uchun ularni shu temperaturada haydalishiga qarab ham qanchalik toza ekanligini bilish mumkin.

Moddalarni haydashdan oldin ular yuqorida ko’rsatilgan quritgichlarda quritilishi, ya`ni ulardagi namlik yo’qotilishi lozim.

Haydalayotgan modda qarorli bo’lib, u qaynash temperaturasigacha parchalanmasa, bunday hollarda haydash oddiy sharoitda (5-rasm a,b ) olib boriladi. Masalan, oson uchuvchan moddalar-uglevodorodlar, spirtlar, oddiy va murakkab efirlar kichik molekulali kislotalar hamda shunga o’xshashlar atmosfera bosimida haydaladi.



Har qanday moddalarni ham oddiy sharoitda haydab bo’lmaydi.Ba`zi moddalar yuqori temperaturada parchalanib ketishi mumkin.Shuning uchun bunday hollarda, temperaturani pasaytirish maqsadida, vakuumdan foydalaniladi.Yuqori temperaturada qaynaydigan moddalar ko’pincha vakumda haydaladi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling