Mamlakatimizda mavjud bo‘lgan zahira va qazilma boyliklarimizdan unumli foydalanish ahamiyatga molik masalalardan biridir. Bu haqida prezidentimiz I. A
Download 0.71 Mb.
|
Organik moddalarni tozalash
Oddiy sharoitda haydash
Oddiy sharoitda haydash yon tomonida qiyaroq naychasi bo’lgan yumaloq tubli kolba-Vyurts kolbasida olib boriladi. Past temperaturada haydaladigan suyuqliklar uchun naychasi yuqoriroqda o’rnatilgan kolba, yuqori temperaturada qaynaydigan suyuqliklar uchun esa naychasi pastroqda bo’lgan kolbalar ishlatiladi.Termometr kolbaga probka yordamida, undagi simobning yuzasi kolbadan chiqarilgan naycha og’zidan bir oz pastroq qilib o’rnatiladi.Bunda termometrning simobli qismi haydalayotgan modda bug’larining o’rtasida bo’lishi lozim.Shuni ham eslatib o’tish kerakki, kolbada haydalayotgan suyuqlikning miqdori kolba hajmining yarmidan to uchdan ikkiqismigacha bo’lishi kerak. Kolbadagi suyuqlik bir me`yorda qaynashi uchun unga bir uchi kavsharlangan kapillyar shisha naychalar yoki mayda g’ovak qaynatgich materiallar (chinni, sopol bo’lakchalari) solinadi. Kapillyardagi havo bug’ hosil bo’lishini osonlashtirib, suyuqlikni ortiqcha qizib va otilib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Bunda naychalarning kavsharlangan qismi suyuqlik yuzasidan chiqib turishi kerak. Agar haydash uzoq vaqt davom etsa yoki to’xtatib davom ettiriladigan bo’lsa, unda kolbaga yana yangi naychalar yoki qaynatgichlar suyuqlikni bir oz sovitib turib solinadi, aks holda shiddatli qaynash yuz berib suyuqlikning bir qismi otilib ketishi va yong’in chiqishi mumkin. Biror suyuqlikni oddiy sharoitda haydash uchun, termometr bilan jihozlangan Vyurts kolbasini shtativga o’rnatib, probka yordamida sovitkichga ulanadi. Past temperaturada qaynaydigan suyuqliklarni haydash uchun Libix sovitkichi ishlatiladi.Bunda kolbaning naychasi sovitkichning ichiga 4-5 sm kirib turishi kerak. Haydalayotgan moddaning qaynash temperaturasiga qarab katta yoki kichik sovitkich olinadi.Sovitkichda kondensatlangan suyuqlik yig’gichga forshtos (alonj) orqali tushiriladi. Yuqori temperaturada oson kristallanadigan moddalarni haydash uchun naychasi yo’g’onroq bo’lgan Vyurts kolbasi ishlatiladi.Modda haydab bo’lingandan so’ng, Vyurts kolbasining naychasida qotib qolgan moddani osonlikcha eritib olish mumkin. Haydalayotgan suyuqlikning qaynash temperaturasiga qarab suv hammomida (agar modda 80°C gacha qaynasa), asbest setkasida gaz alangasida yoki elektr plitkalarida (80°C dan yuqori temperaturada qaynaydigan moddalar) qizdiriladi. Ba`zan yuqori temperaturada qaynaydigan moddalar qum yoki moy hammomi yordamida ham haydaladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling