O'zaro hamjihatlik prinsipi. Amal qilish shart- sharoitlaridan qat'iy nazar, har qanday pedagogik holat o'zicha, o'z qobig'iga o'ralgan holatda emas, balki faqat o'rab turgan borliqdagi boshqa jarayonlar bilan o'zaro hamjihatlik asosidagina mavjud bo'ladi. Hamjihatlik har qanday tuzilma elementlari aloqasining usuli, uning o'zgaruvchanligi va barqarorligining asosi hisoblanadi, shu sababli u yoki bu obyektning mohiyatiga kirib borish zarurati uni pedagogik faoliyatning boshqa holatlari bilan turli munosabatlar orqali ko'rib chiqishni taqozo etadi. U yoki bu obyektlar o'zaro hamjihatligining vositalarini bila turib, ularning istalgan paytdagi holatini prognoz (bashorat) qilish mumkin.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirish doirasida o'zaro hamjihatlik prinsipi quyidagilarni nazarda tutishi kerak:
ta'lim jarayoni holati, uning natijalari va ularni keltirib chiqargan tashqi va ichki omillar o'rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini aniqlash va shundan kelib chiqqan holda, ularning kelgusi o'zgarishlarini bashorat qilish; maktabgacha ta'lim jarayoni sifatini loyihalashtirishning asosi sifatida tahlil va bashorat qilish natijalaridan foydalanish;
maktabgacha ta'lim jarayoni sifatini xususiyatlarning yig'indisi (integral va oddiy) sifatida ko'rib chiqish, ularning o'zaro hamjihatligining mexanizmini ochib berish;
sifatni takomillashtirishni uning protsessual va natijadorlik qismlarining o'zaro bog'liqligida tadqiq qilish;
sifatni boshqarish jarayonining tuzilmaviy-funksional qismlari o'rtasida zarur aloqalarni o'rnatish;
boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini chiziqli-funksional va asosiy tuzilmaviy birliklarni uyg'unlashtirish prinsiplarida qurish; pedagogik faoliyatni amalga oshirishda xodimlar o'rtasida o'zaro aloqalarni o'rnatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |