Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Mavzu boyicha maruza (3)
12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI kin savdo assotsiyasiyasi (YESA) tashkil topdi. YESA YI dan farqli ravishda davlatdan yuqori turuvchi funksiyalarga va davlatlararo muvofiqlashtiruvchi institutlarga ega emas. 80-yillarda YESA a’zo- davlatlar soni 7 ta bo‘lib, 90-yillar o‘rtasida yana 4ta davlat - Buyuk Britaniya, Islandiya, Lixtenshteyn, Shveysariya a’zo bo‘lib kirgan edi. Ushbu a’zo-davlatlar uchinchi davlatlar bilan u yoki bu savdo-iqti- sodiy kelishuvlarga erkin qo‘shilishlari va bu davlatlarga nisbatan xohlagan bojxona tariflarini o‘rnatishlari mumkin edi. YESAga a’zo- davlatlar o‘rtasidagi savdoda erkin, bojsiz savdo rejimi faqat sanoat tovarlariga nisbatan qo‘llaniladi. Chunki YESA konvensiyasining faoliyati qishloq xo‘jalik mahsulotlariga ta’sir o‘tkazmaydi. 1972 yilda YESA ga a’zo bo‘lgan har bir davlat YIH-YI bilan o‘zaro kelishuvlarni imzoladi. Unga muvofiq sanoat tovarlariga boj va son jihatdan cheklashlar asta-sekin kamaytirildi. Bu davlatlar o‘rtasidagi bojsiz savdo murakkab qoidalar tizimiga asoslanadi. Yagona bojxo- na tarifi yo‘qligi sababli YESA ichida bojsiz savdo erkinligi faqat a’zo-davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi. YESA ga kiruvchi davlatlarning va ular o‘rtasidagi iqtisodiy alo- qalarning yuqori darajada rivojlanganligiga qaramasdan, YESA to‘laqonli integratsion guruhga aylanmadi. Amalda u YIH - YI uc- hun “farmklub”, ya’ni, yangi a’zolar yetkazib beruvchi tashkilot bo‘lib qoldi. Hozirgi kunda YESAning ko‘pgina a’zolari uni Sharqiy va G‘arbiy Yevropa davlatlari o‘rtasidagi istiqbolli erkin savdo zo- nasi sifatida qaramoqdalar. Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi. AQSh bilan Kanada o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan iqtisodiy integratsiya va ularning G‘arbiy Yevropadagi davlatlar bilan olib borayotgan hamkorligi AQShni qoniqtirmay qo‘ydi. Natijada 1994 yilning 1 yanvarida kuchga kir- gan Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi (NAFTA) haqidagi shart- noma imzolandi. NAFTAga AQSh va Kanadadan tashqari Meksika ham qo‘shildi. Shunday qilib ushbu blok hududi 370 mln.dan ortiq aholiga, kuchli iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan hududni qamrab oldi. NAFTA davlatlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xiz- matlar taxminan 7 trln. AQSh dollarini tashkil qilib, ushbu davlat- lar ulushiga umumiy jahon savdo hajmining 18-20%i yaqini to‘g‘ri kelmoqda. NAFTA davlatlari tomonidan imzolangan shartnomaning asosiy holatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – AQSh, Kanada va Meksika davlatlari o‘zaro savdo qiladigan tovarlarga nisbatan bojlarni bekor qilish; 153 – Shimoliy Amerika bozorlarni Meksika orqali AQShga kirib kelayotgan tovarlar uchun bojlarni to‘lamaslikka harakat qiluvchi Osiyo va Yevropa kompaniyalari ekspansiyasidan himoya qilish; – Meksikada bank va sug‘urta kompaniyalarning ishida Amer- ika va Kanada kompaniyalari kapital qo‘yilmalari va raqobatlariga bo‘lgan taqiqlarni olib tashlandi; – Atrof-muhitni himoyalash bilan bog‘liq muammolarni hal qil- ish uchun uch tomonlama guruhlar tashkil qilish va boshqalar. Shartnomaga ko‘ra 2000 yilgacha AQSh Meksikadan import qilinadigan mahsulotlar turining 2/3 qismi uchun import tariflari- ni bekor qilgan edi. Imzolangan kelishuvlardan eng ko‘p foydani savdo bloki iste’molchilari olgan, chunki raqobatning kuchayishi va tariflarning pasayishi natijasida keng tovarlar doirasiga nisbatan narxlar ham pasaya boradi. Amerika sanoatchilari foyda olishadi, chunki arzon ishchi kuchi oqimi kuchayadi. Kafolatlangan daro- madning o‘sishi Amerika iqtisodiyotining elektronika va kompyut- er ta’minotida, qurilish materiallarida, avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish va boshqa sohalarida kuzatilmoqda. Ayni bir pay- tda, shakar, sitrus mevalari, qishki sabzavotlar yetishtiruvchi Ameri- ka fermerlari katta zarar ko‘radi. Meksika esa NAFTA davlatlari yor- damida o‘z iqtisodiy o‘sishi sur’atlarini oshirib (taxminan YaIMning yilik o‘sish darajasi 1,6%-2,6% atrofida), iqtisodiyotini isloh qilish va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilish muddatini yarim asrdan 10-15 yilga qisqartirishi mumkin. NAFTAdan eng kam foydani Kanada oladi. Uning iqtisodiyoti AQShniki bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsada, Meksika iqtisodiyoti bilan aloqalari unchalik rivojlanmagan. Ammo, NAFTA rivojlanib borishi bilan Kanada ham integratsion jarayonga yanada ko‘proq tortiladi va kengayotgan bozordan dividendlar oladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling