Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/21
Sana15.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1268689
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
3-Mavzu boyicha maruza (3)

12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG 
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI 
lakatlari rahbarlarining Potsdam konferensiyasida qabul qilingan 
sanoat korxonalari uskunalarini demontaj qilinishi ham katta ta’sir 
ko‘rsatdi. Ushbu qaror ko‘rsatilgan zararni kompensatsiyalash va 
mamlakatni ikkiga ajratilishi munosabati bilan qabul qilingan edi. 
1948 yilda L.Erxardning

bevosita ishtirokida pul va iqtisodiy islo-
hotlar amalga oshirildi. 
Puxta tayyorlangan iqtisodiy islohot bir vaqtning o‘zida pul is-
lohoti, narxlar islohoti, markaziy boshqaruvni qayta qurish bilan 
birgalikda amalga oshirildi. Avvalgi tizim asta-sekin emas bird-
aniga buzib tashlandi. Narxlarning o‘sishi taxminan yarim yildan 
so‘ng to‘xtadi. Islohotlarning muvaffaqiyati o‘z vaqtida korrek-
tirovkalar kiritish bilan ham belgilandi (masalan, milliy valyuta 
almashuv kursini qayta ko‘rib chiqilishi) va kuchli va nufuzli hu-
kumatning mavjudligi bilan ham ta’minlandi. L.Erxard neoliberal 
bo‘lib maqsadga erishish yo‘lida davlat vositalaridan unumli foy-
dalangandir. Pul islohotlaridan so‘ng resurslarni ma’muriy taqsim-
lanishi va ularni nazorati bekor qilindi. 
1948 yilda ishlab chiqarish hajmi 1936 yilga nisbatan 57%ni 
tashkil etgan bo‘lsa, 1949 yil o‘rtalariga kelib – 85%, 1950 yil 
o‘rtalarida – 107%, 1951 yil iyulida 127%ni tashkil etdi. 
1951 yilda Erxard o‘z ma’ruzalarining birida Germaniyada Yev-
ropa mamlakatlari ichida ish haqi indeksi eng katta ko‘rsatkichni 
tashkil etishini ta’kidlab o‘tdi: GFR-123%, Buyuk Britaniya -109%, 
Italiya – 113%, Belgiya – 109%, Gollandiya – 111%, Shvetsiya – 
101%. 
Erxard islohotlari tez orada ijobiy natijalarini berdi. 1949 yil 
oxiriga kelib sanoat 1936 yil holatiga tenglashdi, 1950 yil oxiriga 
kelib esa 1936 yil ko‘rsatkichini 14,4%ga oshib o‘tdi. 
XX asrning 60-yillaridan boshlaridan boshlab iqtisodiy o‘sish 
sur’atlari sekinlasha boshladi, natijada xalqaro sanoat ishlab chiqa-
rishida GFRning ulushi kamayib bordi. Kapitalistik ishlab chiqarish-
ning ichki qarama-qarshiliklari to‘planib borib 1966-1967 yy.dagi 
siklik inqirozda o‘z salbiy jihatlarini namoyon qildi. GFR tarixida 
eng chuqur 1974-1975 yy.dagi ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi 
iqtisodiyotni barcha tarmoqlarini qamrab olib yalpi milliy mahsu-
lotni 5%ga, sanoat ishlab chiqarishini – 12,3%ga, asosiy kapitalga 

Lyudvig Erxard – iqtisodchi, davlat arbobi (avval iqtisodiyot vaziri, so‘ng GFR 
kansleri), G‘arbiy Germaniyaning iqtisodiy tiklanishi siyosatining arxitektori. 
145



ichki xususiy investitsiyalarni – 18,6%ga qisqarishiga olib keldi. 
Bankrotlik sonlari keskin oshdi, inflyasiya ko‘rsatkichlari ko‘tarildi. 
Ishlab chiqarishdagi siklik inqiroz xalqaro xarakterdagi energetik 
inqiroz va sanoat tarmoqlaridagi tarkibiy inqiroz bilan birgalikda 
yuz berdi. 1980-1982 yy.da GFR iqtisodiyotida uchinchi ortiqcha 
ishlab chiqarish siklik inqirozi yuz berdi. 
Inqiroz 1982 yil kuzida GFR hukumati tepasiga konservator-
lar kelishiga sababchi bo‘ldi. 1982 yilda xristian demokrat Gelmut 
Kol GFR kansleri bo‘ldi, u iqtisodiyotni tartibga solishda keyn-
sian metodlaridan voz kechdi. G‘arbiy Germaniya neokonserva-
tizmining xususiyatlari yirik kapitalni foyda olishini ta’minlashga 
yo‘naltirilgan konservativ siyosatning “yumshatilgan” varianti 
qo‘llanilganligidadir. 1983 yildan GFRda iqtisodiy o‘sish bosh-
landi. 
1990 yilning 3 oktyabrida Germaniyaning birlashuvi yuz berdi. 
Mamlakat hududi 1/3 qismga oshdi, aholisi 64 mln.dan 80 mln. 
gacha oshdi. Beshta yangi yerlarda bozor islohotlari boshlanib, 
katta kapital qo‘yilmalarni talab etdi, natijada, budjet defitsiti yu-
zaga keldi, davlat qarzi va ishsizlik oshishiga olib keldi. 
Mamlakat birlashgandan so‘ng salbiy holatlar yuzaga kelgan 
bo‘lsa ham GFR YIning yetakchi mamlakatlaridan biri bo‘lib qo-
laverdi. GFR iqtisodiy rivojlanishining asosiy sabablari: 
1) iste’mol talabining yuqori darajasi; 
2) bandlik va ish haqini oshishi; 
3) nemis ichki bozorini yangi besh federal yerlar hisobiga ken-
gaytirish; 
4) ilmiy-texnika progressini jadal o‘sishi; 
5) eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarni ustuvor rivojlantirish. 
◄ Yapon rivojlanish modeli tahlili. 
Yaponiyaning urushdan keyingi rivojlanishi shunisi bilan 
qiziqarliki, urushdan vayron bo‘lgan mamlakatda qisqa mud-
datda iqtisodiy jihatdan qudratli mamlakatga aylanishni strate-
gik rejasi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirildi. 
Yaponiyaning urushdan keyingi birinchi bosh vaziri Iosida Sigeru 
va undan keyingi barcha liberal-demokratik partiyalari o‘z dok-
trinalarida asosiy urg‘uni harbiy bo’lmagan omillarga qaratib shu 
orqali Yaponiyani jahon hamjamiyatini yetakchi rolida mustah-
146


12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG 
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI 
kamlanishiga e’tibor qaratdilar (ya’ni, harbiy yo‘l bilan erishol-
magan yutuqlarga). 
Yaponiyada iqtisodiyotni barqarorlashtirish dasturi Dodj rahbar-
ligida ishlab chiqildi, u ittifoqdosh kuchlar Oliy qo‘mondonligining 
moliyaviy maslahatchisi edi. Ushbu dasturning asosini quyidagilar 
tashkil etardi: budjet muvozanatini o‘rnatish, soliqlarni oshirish, 
ish haqi va bank krediti berishni cheklash, hamda yenani deval-
vatsiyalash. 1948 yildan boshlab amalga oshirilayotgan ushbu 
dastur Yaponiya iqtisodiy tiklanishida muhim rol o‘ynadi. U “Dodj 
tizimi” nomini oldi. 
Rivojlanishning yapon modeli o‘zida faqatgina iqtisodiy emas, 
balki siyosiy, etnomadaniy va sotsiopsixologik omillarni o‘zida 
mujassamlashtirgan edi. Yapon modelining iqtisodiy jihatlarini 
quyidagi uch xususiyat bo‘yicha ta’riflash mumkin: son – iqtisodiy-
statistik xarakteristikalar; sifat – iqtisodiy modelni samaradorligini 
baholash; prognozli – uni istiqbolda rivojlanishini baholash. 1950 
yildan 1990 yilgacha mamlakat jadal sur’atlar bilan rivojlandi: aho-
li jon boshiga real daromadlar (1990 yil narxlarida) 1230 doll.dan 
23970 doll.gacha oshdi, ya’ni o‘sish sur’atlari yiliga 7,7%ni tash-
kil etdi. Shu davrning o‘zida AQSh daromadlarni o‘sishida yiliga 
bor yo‘g‘i 1,9% o‘sishga erishdi xolos. Yaponiya aholi jon boshiga 
YaMM bo‘yicha 1991 yilda AQShdan o‘zib ketdi va jahonda Sh-
veysariyadan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi. 
Jahon xo‘jaligi tizimida Yaponiyaning pozitsiyalari kuchaydi. 
Unga jahon YaMMsining 10% to‘g‘ri kelardi. Yaponiyaning xorijd-
agi aktivlarining umumiy summasi 1988 yilda 1 trln.doll.ni tashkil 
etdi va Amerikaning darajasiga etdi. 
Yaponiya iqtisodiyotining sifat jihatdan o‘sishi quyidagi omil-
lar hisobiga ta’minlandi: sanoatda fan sig‘imi yuqori bo‘lgan tar-
moqlar ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish, resurs va en-
ergiya tejovchi texnologiyalar qo‘llash hisobiga ishlab chiqarish 
bazasini yangilash, elektronikani rivojlantirish va uni barcha ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish jarayonlariga (iqtisodiyotni elek-
tronlashtirish va kompyuterlashtirish) joriy etish, kommunikatsion 
tizimlarda inqilobiy o‘zgarishlar va axborot jamiyati modeliga 
o‘tish orqali yirik tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va iqti-
sodiy o‘sishni intensiv modelini shakllantirish. 
Ushbu vazifalarning barchasi ITI yutuqlaridan faol foydala-
nish, xorij tajribasi va o‘z ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik 
147



ishlanmalari(ITTKI-NIOKR)ni jadallashtirish asosida amalga oshi-
rilar edi. ITTKIga xarajatlar bo‘yicha jahonda Yaponiya AQShdan 
keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. 1988 yilda fundamental fanga 
xarajatlar ulushi AQShda 12,2%ni Yaponiyada 12,9%ni tashkil et-
gan. 
Yaponiya iqtisodiyotini eng umumiy “sintezlashgan” sifat 
xarakteristikasi orqali ta’riflaganda uni o‘zgaruvchan ichki va ay-
niqsa, tashqi sharoitlarga moslashuvchanligini ta’kidlash zarur. 
Yaponiya iqtisodiyotining yuqori sifati energiya iste’molining 
solishtirma ma’lumotlari misolidan ko‘rishimiz mumkin. 1985 yil-
da Yaponiyada aholi jon boshiga 2,6 tonna shartli yoqilg‘i iste’mol 
qilinar edi, AQShda esa – 6,7 t., ya’ni 2,6 marotaba ko‘p, bunda 
Yaponiyada aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaMM AQShni-
kidan yuqori ekanligini hisobga olish kerak. Yaponiyada yangi 
energetik madaniyat konsepsiyasi ishlab chiqildi, uning mazmuni 
– tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, tugamas va ekologik sof 
energiya manbalariga ega bo‘lish maqsadida energiyaning muqo-
bil manbalarini rivojlantirish hisobiga mamlakatning energetik 
ehtiyojlarini ta’minlash. 
XX asrning 90-yillarda Yaponiya bir ishchiga to‘g‘riga keladi-
gan robotlar soni bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni egalladi. Ja-
honda mavjud 610 mingta ishlab chiqarish funksiyalarini bajaru-
vchi uskunalardan 385 mingtasi Yaponiyada ishlab chiqilgan edi. 
Yaponiya narxlar barqarorligi va ish haqi darajasi bo‘yicha 
rivojlangan mamlakatlar ichida birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling