Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Mavzu boyicha maruza (3)
12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI 1948 yilda Parijda AQSh bilan iqtisodiy hamkorlik borasida kelishuv (Marshall rejasi) imzolandi. 1958 yilga kelib Fransiyaga AQSh tomonidan ko‘rsatilgan umumiy yordam 12 mlrd.doll.ni tashkil etdi. Bu summaning asosiy qismi mamlakat sanoat salohi- yatini rivojlantirishga mo‘ljallangan edi. Urushdan keyingi davrda Fransiyada ishlab chiqarish vosita- larini ishlab chiqarish, iste’mol buyumlari ishlab chiqarishdan us- tunlik qilardi. Sanoat tarkibidagi o‘zgarishlar avtomobilsozlikni jadal rivojlanishidan boshlandi. XX asrning 50-yillar oxiriga kelib mamlakatda sanoatning uch sektori shakllandi: an’anaviy tarmo- qlar (tekstil, metallurgiya, mashinasozlik, zeb-ziynat buyumlarini ishlab chiqarish), yangi tarmoqlar (avtomobilsozlik, aviasanoat, neftni qayta ishlash) va o‘ta yangi (atom energetikasi, elektronika, plastmassa buyumlar ishlab chiqarish). XX asrning 50-60-yy.dagi iqtisodiy strategiyani o‘zgarishi sanoatni yangi texnika bilan qayta jihozlanishida, sanoat va sav- doga kapital qo‘yilmalarni oshib borishida, iqtisodiyotni militari- zatsiyalashuvida, hamda xo‘jalik taraqqiyotini dasturlashtirishda namoyon bo‘ldi. Militarizatsiya – ittifoqdoshlar oldidagi majburi- yatlar bilan bog‘liq: NATO (1949 y.), SEATO (1954 y.), G‘arbiy Yev- ropa Ittifoqi (1955 y.), Vetnamdagi (1946-1954 yy.) va Jazoirdagi (1954-1962 yy.) harbiy harakatlar. Xo‘jalik taraqqiyotini dastur- lashtirish deganda – Birinchi reja (1947-1953 yy.), Ikkinchi reja (1954-1957 yy.), Uchinchi reja (1958-1961 yy.) tushuniladi. Rejalar majburiy emas edi, ular tavsiya xarakteriga ega edi. Fransiyani G‘arbiy Yevropa integratsiyasida va Ilmiy-texnika in- qilobi (ITI)da faol ishtiroki sanoat va qishloq xo‘jaligini iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. O‘n yil ichida (1958-1968 yy.) sanoat ishlab chiqarish hajmi 60%ga (har yili 5,5% o‘sgan holda), qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish 66%ga o‘sdi. 1969 yildan boshlab yangi prezident J.Pompidu saylangandan so‘ng mamlakatning moliyaviy siyosatida o‘zgarishlar yuz berdi: frank devalvatsiyasi, tashqi bozorlarda fransuz tovarlarining raqo- batbardoshligini oshirish maqsadida narxlarni chegaralash. Ettinchi reja (1976-1980 yy.) sanoatni qayta tashkil etishni naz- arda tutgan edi. Bunda mamlakat xo‘jaligi tarkibini xalqaro iqti- sodiy integratsiya sharoitlariga moslashtirish, yadro energetikasi, informatika, aviasozlik bo‘yicha davlatning tarmoq dasturlarini 143 ishlab chiqish, hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensiv metodlarini joriy etish nazarda tutilgan edi. Sanoat ishlab chiqarishi o‘sish sur’atlarini ikki barobar qisqartir- gan 70-yillardagi inqirozga, “neft falaji”ga qaramasdan Fransiyan- ing jahondagi iqtisodiy holati barqaror bo‘lib qolaverdi, mamlakat yirik besh rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallardi. 80-yy. boshlarida Fransiya iqtisodiyotiga amerikaning dollar kursini sun’iy ravishda oshirish borasidagi valyuta-moliya siyosati jiddiy zarar yetkazdi. Dollar kursini oshishi mamlakatning to‘lov balansini keskin yomonlashuviga olib keldi, chunki fransuz impor- tining 1/3 qismi amerika valyutasida to‘lanar edi. Fransuz ekspor- tini rag‘batlantirish maqsadida hukumat frankni devalvatsiya qil- ishga, ishlab chiqarish va moliya tarkibini qayta qurishga majbur bo‘ldi. 1982 yilda yirik sanoat guruhlari, tijorat va tadbirkorlik banklarini davlat mulkiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun qabul qil- indi. Moliyalashtirish va kredit sohasida davlat sektorining ulushi 95%ni tashkil etdi. Bu choralar iqtisodiyotni barqarorlashuviga olib keldi, 1984 yilda iqtisodiy o‘sish 1,75%, 1985 yilda – 2%ni tashkil etdi. 1986 yilda davlat tepasiga yangi hukumatni kelishi natijasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, soliqqa tortishni qisqartirish, xo‘jalik faoliyatining turli sohalarini tartibga solishni bekor qilish borasida islohotlar amalga oshirildi. 1987 yildan boshlab korx- onalar o‘z mahsulotlariga mustaqil narx belgilash huquqiga ega bo‘ldilar, narxlar faqatgina dori vositalariga, kitoblarga, elektr en- ergiyasi, gaz va temiryo‘l transporti tariflariga chegaralangan edi. Bu chora-tadbirlar Fransiya iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyotiga uning Yevropa Ittifoqi(YI) dagi ishtiroki juda katta ta’sir ko‘rsatmoqda. YI doirasida Fransiya kamlitraj (tejamkor) avtomobillar, ayollar liboslari, poyabzal, ichki kiyim eksportiga ixtisoslashgan. Iqtisodiy tarkibni tenglashtirilishi Fransiyani YIning teng huquqli hamkoriga aylantirdi. ◄ G‘arbiy Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti xususiyatlari. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Germaniya ikki mustaqil dav- latlarga – GFR va GDR ga bo‘lingan edi. Germaniya iqtisodiyotining og‘ir holatiga urush vayrona- garchiliklaridan tashqari 1945 yil 2 avgustda urushda g‘olib mam- 144 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling