«mamlakatning barqaror riojlanishida davlat budjetining ahamiyati» mavzusida yozgan kurs ishi «himoyaga ruxsat etildi»


O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tuzilmasi16


Download 380.93 Kb.
bet4/18
Sana08.01.2022
Hajmi380.93 Kb.
#254765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Документ Microsoft Word

O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tuzilmasi16





Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi.

Viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi.

Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi17.

Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko’rinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish (shakllantirish) va ulardan

foydalanish borasidagi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmuiga Davlat byudjeti deyiladi18.

Davlat byudjeti ijtimoiy va ishlab chiqarish munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot yoki milliy daromadning bir qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalari, jumladan iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va mudofaaning rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan taqsimlash vositasidir.

Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsada, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi.

Turli ma’muriy-hududiy byudjetlarning ko’pligiga qaramasdan ularning barchasi quyi bo’g’inlarning yuqori bo’linmalarga bo’ysunishiga ketma-ket rioya qilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi.

Bir vaqtning o’zida byudjet resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda demokratizm ham ta’minlanadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari o’zlarining byudjet mablag’lariga ega bo’lib, bu borada ular o’zlariga tegishli bo’lgan byudjet huquqlaridan foydalanadilar.

Yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning moliyaviy instrumenti

(vositasi) sifatida Davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega. Agar moliya yordamida taqsimlash qiymatning shakllari o’zgargan sharoitda va ko’plab oldi- sotdilar natijasida amalga oshirilsa, yalpi ichki (milliy) mahsulotning Davlat byudjeti orqali taqsimlanishi, ma’lum darajada, har doim almashuvdan ajralgan holda sodir bo’ladi. Qiymatning Davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat



Davlat byudjetidan tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda yana taqsimlash va almashuv operatsiyalarining qo’shilib ketishi sodir bo’ladi19.

Davlat byudjeti orqali yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning bu uch bosqichlari bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsada, bu narsa ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi.

Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan pul mablag’larining bir qismini davlatning qo’lida jamlash sodir bo’ladi. Ana shu asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag’larni to’lovchilar o’rtasida moliyaviy munosabatlar vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlari-ning xarakterli xususiyati shundan iboratki, byudjetga tushuvchi mablag’lar alohidalashgan bo’lib, hali ular qat’iy aniq cheklanmagan. Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga - umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga - yo’naltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda bar-ham beriladi.

Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’psonli fondlarning shakllanishi yuz beradi, ya’ni umumdavlat pul fondini bo’lishning murakkab taqsimlanish jarayoni amalga oshiriladi. Tashqi tomondan u barcha ijtimoiy bo’linmalardan ajralgan ichki byudjet jarayonidek ko’rinadi. Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarini qamrab oladi. Bu bosqichda jamiyatdagi barcha sub’ektlarning manfaatlari o’zaro to’qnash keladi. Mamlakatdagi har bi r ma’muriy-hududiy birlik o’z byudjetiga ega bo’lganligi uchun bu bosqichda ana shu byudjetlarning umumiy hajmini to’g’ri aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. U yoki bu byudjetning xarajatlari joylarda olingan daromadlarning hajmi bilan mos kelmasligi oqibatida ularni qo’shimcha mablag’lar bilan ta’minlash zaruriyati vujudga keladi, barcha quyi byudjetlarni balanslash-tirish zarurdir. Shunday qilib, murakkab taqsimlash jarayoni sodir bo’ladiki, unda mamlakat ma’muriy-hududiy

bo’linmalarining barchasi ishtirok etib, ularning ayrimlari o’z mablag’larini berishsa, boshqalari esa byudjet mexanizmi orqali bu mablag’larni oladi.

Uchinchi bosqichda byudjet fondlari hududlar va maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha xarajat qilinadi, ya’ni ko’pchilik hollarda, bir mulkchilik shakli doirasida byudjet mablag’larini qaytarilmaslik tarzida berish sodir bo’ladi. Ularning haqiqatda sarflanishi esa byudjetli taqsimlash jarayonining oxirgi bosqichida byudjet mablag’larini olganlar tomonidan amalga oshiriladi.

O’zbekiston respublikasi byudjet tizimining o’ziga xos xususiyati shundaki, moliyaviy muassasalar byudjetni boshqarish tizimining yagona moliya organi sharoitida amal qiladi.

Har qaysi byudjetning bo’ginlari o’ziga xos daromad vakolati va xarajat majburiyatlariga ega bo’lib ular bir butun davlat byudjeti vazifalarini bajarishga asoslanadi.

Keyingi yillarda davlat byudjeti tarkibida mahalliy byudjetlarning islohotlarni amalga oshirishdagi ahamiyatini oshib borish tendentsiyasini kuzatishimiz mumkin. Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimining asosiy kismi sifatida o’zida 14 ta mustaqil byudjetni mujassamlashtiradi.

Moliyaviy resurslarni byudjet orqali birlashtirish davlat moliya siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi. Byudjet orqali markazlashgan pul resurslarini to’plash va davlat organlari tomonidan belgilangan maqsadlarga xarajatlar amalga oshiriladi. Bu byudjet orqali daromadning ma’lum qismini to’plash va uni qayta taqsimlashni bildiradi. Shuning bilan moliya tizimining taqsimlash funktsiyasi amalga oshiriladi.

Respublika va mahalliy davlat organlari byudjet munosabatlari orqali taqsimlangan daromadni o’z ixtiyorga oladi va aniq belgilangan maqsadlarga yo’naltiradi.

Byudjet moliya resurslarini kerakli soha va byudjet moliya resurslarini kerakli soha va yo’nalishlarda jamlab davlatni iqtisodiyotni boshqarish va ijtimoiy

siyosatni amalga oshirishga imkoniyat beradi.

10

Bunda byudjet resurslarining daromad qismi bo’yicha shakllanishi, undan samarali foydalanish nazorat qilinadi. Taqsimlash va nazorat funktsiyalari orqali byudjetning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati yuzaga chiqadi. Shu yul bilan byudjet davlat daromadlari va xarajatlarini rejalashtiruvchi moliyaviy munosabatlarni bildiradi.

Byudjet-soliq siyosatini oqilona yo’nalish ishlab chiqish va uning samarali ijrosini ta’minlash, eng avvalo, byudjet daromadlarini aniq va sifatli rejalashtirish bilan bog’liq. Byudjet daromadlarini rejalashtirishning ahamiyati to’g’risida kengroq to’xtaladigan bo’lsak, quyidagilarni ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq20: S XX asrning yetuk iqtisodchilaridan biri D. Keyns nazariyasiga muvofiq, iqtisodiyotda davlatning rejalashtirilgan xarajatlari mamlakat yalpi ichki mahsulotini oshirishdagi asosiy manbalardan biridir. Davlat xarajatlarining rejasi esa byudjet daromadlarini rejalashtirish bilan chambarchas bog’liq;

S soliq va bojxona siyosati yo’nalishlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularni asoslash byudjet daromadlarini rejalashtirish orqali amalga oshiriladi;

S davlatning uzoq muddatli xarajatlarini (jumladan, investitsiyalarni) samarali va oqilona amalga oshirish davlat ixtiyoriga moliyaviy mablag’larning barqaror ravishda kelib tushishini talab etadi. Bu esa o’z navbatida byudjet daromadlarini rejalashtirishga alohida e’tibor qaratishni talab etadi;

S byudjet daromadlarini rejalashtirish rivojlanayotgan mamlakatlarda soliq ma’murchiligini yaxshilashdagi asosiy vositalardan biri hisoblanadip.

Bu boradagi adabiyotlar sharhi shuni ko’rsatadiki, xorijiy olimlar va mutaxassislar ham byudjet daromadlarini rejalashtirish moliyaviy siyosat yuritishda asosiy omillardan biri ekanligini ta’kidlab o’tishgan. Xususan, Xalqaro valyuta jamg’armasi mutaxassislari Stefan Danninger, Marko Kangiano va Annette Kyobelarning qayd etishicha, byudjet daromadlari rejasini qayta ko’rib chiqish byudjet xarajatlari va boshqaruvda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi, moliyaviy siyosatga ishonchni yo’qotadi. Shuningdek, S.G. Ayupova iqtisodiyotni samarali boshqarishda byudjet daromadlari rejasining roli katta ekanligi to’g’risida xulosaga kelgan.Umuman olganda, iqtisodiy adabiyotlar mazkur masalaga bag’ishlangan ko’plab ilmiy ishlar va maqolalar mavjud bo’lib, ularda byudjet daromadlarini rejalashtirish atroflicha o’rganilgan va muhim ahamiyatga ekanligiga baho berilgan. Joriy yilda byudjet daromadlari to’g’ri rejalashtirilmaganligi oqibatida Bolgariyada va Ukrainada tasdiqlangan byudjet qayta ko’rib chiqilayotganligi va bu bilan bog’liq qator muammolar yuzaga kelayotganligi ushbu fikrimizning yana bir tasdig’idir21.

Byudjet daromadlarini rejalashtirishni nazariy jihatdan iqtisodiy modellashtirish deb atash mumkin. Taniqli iqtisodchi olim N.G. Menkyu tomonidan tayyorlangan iqtisodiy modelning umumiy ko’rinishi asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan 2-rasm orqali byudjet daromadlarini rejalashtirish modelining umumiy ko’rinishini kuzatishimiz mumkin.




Download 380.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling