Ma‘mun-universiteti


Tajriba (eksperiment) metodi


Download 0.61 Mb.
bet23/91
Sana14.05.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1460612
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91
Bog'liq
Asosiy Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Tajriba (eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi va kasbdagi odamlar (chaqaloq, bola, o’spirin, balog’atga yetgan va qarilar)ning psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun’iy tushun-chalarning shakllanishi, nutqning o’sishi, favqulodda holatdan chi-qish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuy-g’ulari, xarakteri vatipologik xususiyatlari o’rganiladi. Inson psi-xikasining nozik ichki bog’lanishlari, munosabatlari, murakkab mexanizmlari tekshiriladi. Buning uchun eksperiment materialini tekshiruvchi sinchkovlik bilan tanlashi, obyekt tarzda har xil holat va vaziyatlarni yaratishi, bunda sinaluvchining yoshi, aql-idroki, xa-rakter xususiyati, his-tuyg’usi, qiziqishi va saviyasiga, turmush taj-ribasiga, ko’nikma va malakalariga e’tibor berishi lozim.
Eksperiment metodi o’z navbatida tabiiy va laboratoriya metodla-riga ajratiladi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni xal qilishda qo’llanadi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda rus psixologi A.F. Lazurskiy ta’riflagan. Tabiiy metoddan foy-dalanishda ishlab chiqarish jamoalari a’zolarining, ilmiy muassa-salar xodimlarining, o’qituvchilar, keksaygan kishilarning psixo-logik o’zgarishlari, o’zaro munosabatlari, ishchanlik qobiliyatlari, mutaxassislikka yarokdiligi muammolarini hal qilish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitlarda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilar (bog’cha bolalari, maktab o’quvchilari, ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, biznesmenlar, fermerlar, ilmiy xodimlar va hokazolar)-ning o’zlari bexabar bo’lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadi muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazish (interaksiya) kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim.
Laboratoriya (klinika) metodi ko’pincha individual (goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-yo’rikdar, tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasidagi o’zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari (displeylar), qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o’lchashda qo’llanadi. Ko’pincha detektor-lar, elektron va radio o’lchagichlar, sekundomer, refleksometr, xro-norefleksometr, lyuksmetr, anomatoskop, taxistoskop, audiometr, esteziometr, elektromnogramma, elektroensefalogramma kabilardan foydalaniladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling