0,04095=0,00004095kg
2
|
1 misqol=100 arpa doni
|
1-102
|
4,095g =0,004095 kg
|
3
|
1 qadoq =100 misqol
|
1
|
409,5 g = 0,4095 kg
|
4
|
1 kumush tosh = 250 misqol
|
2,5
|
1023,75r =1,02375 kg
|
5
|
1 oltin tosh = 500 misqol
|
5
|
2047,50 g = 2,0475 kg
|
6
|
To'rtdan bir pud 1000 misqol
|
10
|
4095,0 g =4,095 kg
|
7
|
Yarim pul =2000 misqol
|
20
|
8190,0 g = 8,190 kg
|
8
|
1 pud = 4000 misqol
|
40
|
16380,0 g = 16,38 kg
|
9
|
l kichkina botmon=8 pud
|
320
|
131040 g = 131,04 kg
|
10
|
1 botmon = 10 pud
|
400
|
163800 g =163,80 kg
|
11
|
1 katta botmon = 16 pud
|
640
|
262080 g = 262,08 kg
|
12
|
1 eng katta botmon = 20 pud (bu
ko'pincha botmon – motmon deb ham ataladi.
|
800
|
327600 g = 327,60 kg
|
Pitl – og‘irlik o‘lchov birligi, Agar 1 xorazm dirhami = 3,125g ligi hisobga olinsa, u holda 1 pitl = 330x3,125 = 1031,25g bo‘ladi. Beruniy va ibn Sino asarlarida 1 ritl = 340 gramm deb berilgan.
Misqol - og'irlik o'lchovi va o'lchov birligi mamlakatimizda, shuningdek, boshqa ba'zi mamlakatlarda qo'llanilgan.
Qadoq - og'irlik o'lchov birligi. Juda qadimdan qo'llanilib keladi. l qadoq = 409,512 g. Qiymat jixatidan 1 funtga teng bo'lgan ; 1 qadoq = l funt. Funtning qiymati ishlatilishi joyiga qarab har xil bo'lgan.
Kumush toshi - og'irlik o'lchov birligi; qiymati 250 misqolga teng. Qobul toshi bo'yicha yarim serga teng . Agar bir misqol o'rtacha 4,5 g bo'lsa, 1 kumush toshi 1125 g ga teng bo'ladi. l kumush toshi -250 misqol =1125 g =1,125 kg. Lekin 1 misqol aslida 4,09512g ekanligi hisobga olinsa, 1 kumush toshi =1023,78 g =1024 g = 1,024 kg ga, ya'ni 2,5 qadoqqa teng.
Pud-og'irlik o'lchov birligi. Qiymati 40 qadoqqa teng. 1 pud = 40 qadoq = 40x0,409512=16,38048 = 16,3805 kg.
Oltin toshi-og'irlik o'lchov birligi; qiymati 500 misqolga teng. Qobul toshi bo'yicha 1 serga teng. Agar 1 misqol o'rtacha 4,5 g deb hisoblansa, u holda 1 oltin toshi= 500 misqol = 2255 g= 2,250 kg. Bordiyu, misqolning 4,09 g li qiymatidan foydalanilsa, unda 1 oltin toshi =500x4,09=2,045 kg bo'ladi. Bu shu kungacha saqlangan 5 qadoqli toshning og‘irligiga teng.
Chaksa -og'irlik o'lchov birligi. U asosan, 1 pudning 1/3 yoki ling 1/16 bo'lagiga teng bo'lgan. Turli joyda turlicha og'irlikni bildirgan.
Qafiz - og'irlik o'lchov birligi. O‘rta Osiyoning ba'zi viloyatlarida taxminan 10- asrdan boshlab qollanila boshlagan. Og'irligi 1 jaribning o'ndan biriga teng bo'lgan. Agar jarib - 100 kg deb olinsa, u holda 1 qafiz =1/10 jarib = l/10 x l00 =10kg bo'ladi.
Botmon (o'zbekcha) - l)O'zbekistonning turli yerlarida (Xorazmdan boshqa) ikki puddan 11 pudgacha (1 pud-16,38 kg) bo'lgan og'irlik o'lchovi. 2). Xiva xonligida bir botmon 4411 misqolga barobar keluvchi og'irlik o'lchovi; 3). Taxminan 1 desyatinaga teng bo'lgan
Mann - og'irlik o'lchov birligi; juda qadimdan qo'llanilib kelgan. Dunyoning juda ko'p mamlakatlarida, shu jumladan respublikamiz hududida qo'llanilgan. Respublikamiz hududida qo'llanilgan mann, misqol yoki qadoq, boshqa davlatlardagi mann dirhamga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |